|
Qarama – qarshi qo‘shma so‘zlar
|
bet | 32/43 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 194,69 Kb. | | #157115 |
Bog'liq Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi-fayllar.orgQarama – qarshi qo‘shma so‘zlar.
Bu so‘zlar ikkita elementdan iborat bo‘lib, ularning hech biri bevosita ma’noga ega bo‘lmaydi. Ikkala tarkibiy qismniing ma’nosini taxmin qilish, kontekstda joylashgan bo‘lsa taxmin qilish qiyin bo‘ladi.39 Misol uchun, ingliz tilidagi qo‘shma so‘zlar: smell fungus, glasscliff va boshqalar. Gaslighted misolini olsak, quyidagicha tahlil qilish mumkin.
Bu narsa gaz kabi yengil ekanligini anglatish mumkin.
Bu so‘z odam ruhi kuyganligini anglatishi mumkin.
Gaz yoqilgan
Lekin olimlar tomonidan berilgan ma’noga ko‘ra (kimdirni psixologik vositalr bilan shubha ostiga qo‘yish) deganidir. Samarali analogiya orqali intuitive ma’no bloklanadi va foydalanuvchi ma’noni taxmin qila olmaydi. Boshqa misolda, glass cliff - bu shisha jar ya’ni ma’nosi( ayol yoki ozchilik guruhi a ‘zosi muvaffaqiyatsizlik xavfi yuqori bo ‘lgan qiyin vaziyatlarda yetakchilik lavozimiga ko ‘tarilgan vaziyatga nisbatan qo ‘llaniladi). Masalan: “ biz bilmaymizki ayollar boshqa sanoatlarga qaraganda ko ‘proq dars berishda sing jarlik ( class cliff)lariga duch kelishadi”. Shunga o‘xshash yana bir misolni olsak, glasceilling bu -shisha shift emas balki ayollarni erkaklar singari boshliq lavozimga ko‘tarilishida bo‘lgan to‘siqlarni bildiradi. Smell fungus so‘zida qanday qilib haqiqiy ekanligini kuzatish mumkin.
4- rasmda ko‘rsatilgandek, ma’noni oldindan aytib bo ‘lmaydi.
Bildirilgan ma’no: yomon hid ( smelling bad ).
Haqiqiy ma’no ifodalanmagan.
Kodlangan ma’no: pessimist.
3. 5-rasm
Smelfungus – bu doimo hamma insondan shikoyoat qiladigan inson ma’nosida , ya’ni shikoyachi va ayb qidiruvchi ma’nosini bildiradi. Lekin birinchi marotaba inson tomonida eshitilganda biron bir o‘simlik yoki zaamburug‘ degan fikr paydo bo‘ladi.
O‘zbek tilida ham bunday so‘zlar uchrab turadi ,masalan ayiqtovon- bu so‘zning haqiqiy ma’nosini bilish oson bo‘lmaydi chunki bu ayiqning tovoni emas balki o‘simlik nomini bildiradi, yana boshqa misolni ko‘radigan bo‘lsak, bilakuzuk ko‘pchilik bu so‘zni eshitganida taqinchoq deb o‘ylashi mumkin, lekin bu- kaltakesakka o‘xshagan hayvon turi hisoblanadi. Bo‘tako‘z so‘zida inson bu so‘zni birinchi bor eshitganda ko‘zni yani bo‘taga o‘xshagan ko‘zni tushunadi lekin buning ma’nosi kontekstdan anglash qiyin bo‘ladi. Bo‘tako‘z – bu murakkabguldoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘simlikdir . undan tashqari, Chingiz Aytmatovning “Bo‘tako‘z” qissasini olsak bu qissani nima haqidagiligini bilish mushul kechadi. Uning o‘simlikmi , ko‘z manosidami bilmaymiz , shoir bu qissasida buloqni bo‘tako‘z deb nomlaydi. Bo‘tako‘z juda ham chiroyli degan gap berilsa , uning qaysi ma’nodaa kelayotganini bilish o‘rganuvchiga qiyinchilik olib keladi.
Haqiqiy ma’no ifodalanmagan.
Kodlanga ma’no: o ‘simlik yoki buloq
Bildirilgan ma’no: ko ‘zni bo ‘taga o ‘xshatish.
|
| |