|
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi
|
bet | 33/43 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 194,69 Kb. | | #157115 |
Bog'liq Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi-fayllar.org3.6-rasm .
Flipp .B.Gouf (1984) fikroga ko‘ra, matndagi so‘zlarni aniqlashda konteks muhim rol o‘ynaydi. Pol Nation va Jeyms Kodi( (1988) tadqiqoti shuni ko‘rsatadiki kotekstda taqdim etilgan ma’lumotlarning ko‘pligi yoki boyligi o‘quvchiga noma’lum so‘zni ” oldindan o‘ylangan tushunchalar” bilan bilmasdan muvaffaqiyatli taxmin qilish imkonini berishi mumkin. Shashi Tharoor (2019), so‘z boyligi bo‘yicha, ma’no va foydalanishni tushunish uchun bitta lug‘atga murojaat qilish shart emas, balki u ishlatilgan kontekstni izlash kerak. Bu degani so‘zni kontekstga bog‘liq holda tushunish mumkin. Masalan: paper clipping, trickle, ghostingva cause playing, bu so ‘zlar no‘aniq ma’noni bildirsada, maxsus jargonni bilgan odamlar ularni tushunishi mumkin.
Bizga ma’lumki, morfologiyaning vazifasi mavjud so‘zlar to‘plamini kengaytirishdir. Qachon so‘z hosil bo‘ladi va bir nechta ona tilida so‘zlashuvchilar tomonidan ishlatiladi va turli holatlarda foydalanuvchi o‘zi oldin duch kelgan so‘zni va o‘rnatilgan so‘zni tan oladi, bu esa tilning leksik normasi yoki leksik konvensiyasi vazifasini bajaradi. So‘z o‘rnatilganda leksiklashgan deymiz. Qo‘shma so‘zlarning leksiklashuvining muhim ta’siri shundan iboratki, “ biri birikmaning elementlariining ma’nosini o‘zgartirishi mumkin. Boshqa har qanday so‘z tufayli saqlanib qolgan so‘z tufayli saqlanib qolgan so‘z leksikada qoladi va foydalanuvchi tomonidan tan olinadi. Bu ulanish qo‘shma so‘zlarning yangisini shakllanishiga turtki beradi. Ushbu so‘zlarni “ omon qolgan “ so‘z asosida tushunish mumkinligi bilish orqali leksikada allaqachon mavjuddir. Shuning uchun Ideallashgan kognitiv model (IKM) juda muhim hisoblanadi.
3.2 Ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma so‘zlarning konseptual xilma–xilligi
Qo‘shma so‘zlarning kognitiv xususiyatini ochib berishda ularni til va ong bog’liqligini o‘rganishda kognitiv modellar muhim rol o‘ynaydi. Ularni bunday tahlil qilishimizda semantik ma’no katta ahamiyatga egadir. Semantik jihatdan qo‘shma so‘zlar ma’noviy komponentlardan iborat bo‘lib, bu komponentlar uchta guruhga kiradi:
1) arxisemalar;
2) integral semalar (umulashtiruvchi);
3) differensial semalar (farq qiluvchi).
Arxisemalar – qo‘shma so‘zlarni u yoki bu semantik guruhlarga birlashishini ta’minlaydi. Masalan, yuqoridagi kognitiv modellarimizdan paydo bo‘lgan guruhlar birlashishidan yuzaga kelgan o‘simlik nomi, tashqi ko‘rinishni ifodalovchi so‘z va qushlar nomlari kabi arxisemalar shular jumlasidandir.
|
| |