|
Metafora va metonomiyaga asoslangan qo‘shma so‘zlar
|
bet | 31/43 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 194,69 Kb. | | #157115 |
Bog'liq Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi-fayllar.orgMetafora va metonomiyaga asoslangan qo‘shma so‘zlar.
Louis Goossens ushbu qo‘shma so‘zlar uchun “metaftonimiya” so‘zini yaratdi.37 Ushbu qo ‘shma so‘zlar ma’noga ega bo‘lgan tarkibiy qismlarga ega ularning metaforik ma’nosi bilan aniqlab bo‘lmaydi, ularni kontekstda tushunishimiz mumkin. Misol uchun jellybean ( ahmoq odam ) ma’nosini bildiradi va bu qo‘shma so‘zda ham bir ijodkorlik uchun misol hisoblanadi. Ular shoir va yozuvchilar tomonidan keng qo‘llaniladi va kontekstga joylashtirilganda yaxshiroq tushuniladi. Masalan , bell bottom, muffintop. Bell- bottom ( pastki qismi juda ham keng bo ‘lgan shim), muffintop ( qattiq kiyingan shimlarning ustida osilgan yog‘li go‘sht). O‘zbek tilida bunday so‘zlarni uchratishimizmumkin. Masalan, qizilshapkacha buning ma’nosi kontekstda anqlanadi ,, Qizilshapkacha buvisiga ovqat olib bordi” bu yerda qizil rangli shapka emas qizcha haqida gap ketmoqda. Qizilishton – bu qush nomi, qizil rangli matodan tikilgan kiyim emas. Hozirgi tadqiqotlar davomida, noaniq qo‘shma so‘zlaning boshqa turlari ham bor bu proper ot asosli qo‘shma so‘zlar deyiladi va bu atama faol leksikaga kirib kelmoqda.
To‘g’ri otga asoslangan qo‘shma so‘zlar.
Bunday so ‘zlarning bosh yoki o ‘zgartiruvchisi ot hisoblanadi. O‘zgartiruvchining xususiyatlari, to‘g‘ri ot xussiyatlaridan kelib chiqib ya’ni to‘g‘ri ot haqida bilish orqali aniqlanadi. Ular odatda mashhur ismlar, taniqli va dunyoda o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan odamlar, joy yoki narsalar, odamlarning hayotini ifodalaydi.38 Ular ta’sir davom etguncha mavjud bo‘ladi. Masalan, Ingliz tilidagi Byronic hero, Trump’s filter, Lutyen’s media, grammar Nazi,Franken food, va boshqalar. O‘zbek tilidagi Akbarobod, Mirzaobod, Kumushkon, O‘zbekiston qahramoni, Prezident archasi va boshqalar.
So‘nggi paytlarda qo‘shma so‘zlarning ayrimlari yuqorida keltirilgan sinflarning har ikkisiga ham o ‘xshamaydi. Shunday qilib bunday so ‘zlarga IKM asosida yangi tasnif beriladi. Ularni sezgi bilan anglab bo‘lmaydi, bu so‘zlar qarama- qarshi so‘zlar deb ataladi.
|
| |