|
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi
|
bet | 29/43 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 194,69 Kb. | | #157115 |
Bog'liq Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi-fayllar.orgNoaniq qo ‘shma so ‘zlar.
Noaniq so‘zi kogntiv tilshunoshlar Rene Dirven va Marjolijin Verspoorlar tomonidan berilgan (1998) va bunday metaforik qo‘shma so‘zlarni oson tahlil qilib bo‘lmasligini aytib o‘tishgan. Ular ikki elementni o‘z ichiga oaldi, ularning biri yoki hech biri bevosita ma’noga ega bo‘lmaydi. Ularning semantik shaffofligi shaffof qo‘shma so‘zlarga qaraganda past bo‘ladi. IKM asosida , darajasi sezgi ishtirokining murakkabligi esa yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ularning ma’nosini bilish uchun yuqori darajadagi sezgidan foydalanish kerak bo‘ladi. Ularni biz kelib chiqishi va o‘xshashligi bilan tushuna olamiz. Agar bitta so‘zni tushunsak , boshqa so‘zga javobni maxsus aqliy jarayonsiz topamiz. Ularni kontekstda yaxshiroq tushuniladi va semantik ma’no elementlardan tashqarida yoki elementlardan xulosa qilinadi. Masalan: greeneyed bosh so‘z- eyed, yashil so‘zi intuitiv ravishda ko‘zlarga ishora qiladi. Lekin bu so ‘zning ma’nosi ( rashq bilan to ‘lgan ko‘zlar) ma’nosini bildiradi. Kimdir buni tushunishi uchun yashil so‘z ifodalangan metaforani tushunishi kerak. Shunday qilib, u joylashtirilgan kontekstga qarab qanday ma’noni chiqarish mumkin.
Bildirilgan ma’no: yashil rangli ko ‘z
Kodlangan ma’no: rashqqa to ‘la ko ‘zlar
Greeneyed
3.3-rasm
Mavjud ikki elementning shaffofligiga qarab, ular quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) Qo‘shma so‘zlarningbosh elementi shaffof, o‘zgartiruvchisi shaffof emas. Misol uchun: gooseberry – bu reza mevalarinin bir turi lekin g‘ozning ma’nosi bevosita bog‘liq emas.
b) Qo‘shma so‘zlardagi bosh element shaffof emas , lekin o‘zgartiruvchisi shaffof bo‘ladi, Misol uchun: jailbird , jail(qamoq) qamoqxona bilan bog‘liq, lekin qush emas, mahbus nazarda tutilyapti.
c) Elementlarning hech biri shaffof emas. Masalan: honeymoon -asal oyi so‘zining ma’nosi tarixda bobolliklar qamariya oyida asalli pivo ichishgan shuning uchun qamariya oyi, asal oyi deb ham atalgan, shuning uchun ikkala qismi ham shaffof emas.
O‘zbek tilida ham shunday so‘zlarni uchratishimiz mumkin. Qorako‘l so‘zini olsak, u qora rangdagi ko‘l degan ma’no kelishi aniq lekin bu so‘z – hozirgi kunda o‘zbekistonlik seleksionerlar tomonidan yetishtirilgan, ular pidjak deb ataluvchi, yengil va ingichka qorako‘lga tayangan, unda qattiq jingalaklar quvurli rulonlarni hosil qilgan matodir, bunday so‘zni faqat kontekstdan bilib olish mumkin.
Bildirilgan ma’no : qoraranglo ko ‘l
Kodlangan ma’no : pidjak deb ataluvchi, yengil va ingichka qorako ‘lga tayangan, unda qattiq jingalaklar quvurli rulonlarni hosil qilgan matodir
Qorako ‘l
3.4-rasm
Mavjud ikki elementning shaffofligiga qarab, ular quyidagi turlarga bo‘linadi:
|
| |