• Mustaqil ishi Mavzu: Bog’dorchilik Topshirdi: Donayev.T Qabul qildi: Toyirov H. Urganch- 2023
  • Bog’dorchilik
  • Urganch davlat pedagogoka instituti




    Download 98.54 Kb.
    bet1/3
    Sana20.04.2024
    Hajmi98.54 Kb.
    #202253
      1   2   3
    Bog'liq
    Bog’dorchilik.
    Zoologiya (S.Dadayev, O.Mavlonov), 2 5244759494868600833, 2 5235889373790078203, attestatsiya Rep 2021 (2), Maktabgacha tarbiya yoshida bilish jarayonlarining rivojlanishi, 8-maruza, 2 5229185462416979013, Fagositoz-fayllar.org, 1. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti, psixodiagnostika, O’zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, 2 tema Qurılıs materiyallariń tiygargi ozgeshelikleri Qar, 8. Erkin Vohidov. O`zbegim, 1-mavzu Milliy iqtisodiyot va uni tavsiflovchi asosiy ko’rsatki-fayllar.org, Bet10

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    URGANCH DAVLAT PEDAGOGOKA INSTITUTI
    Pedagogika fakulteti
    Texnologik ta’lim ta’lim yo’nalishi
    223-guruh (sirtqi) 1-bosqich talabasi
    Donayev To’lqinning
    Mutaxassislikka kirish” fanidan tayyorlagan
    Bog’dorchilik__Topshirdi:_Donayev.T_Qabul_qildi:_Toyirov_H.__Urganch-_2023'>Mustaqil ishi


    Mavzu: Bog’dorchilik

    Topshirdi: Donayev.T
    Qabul qildi: Toyirov H.

    Urganch- 2023
    Reja :

    1. Bog’dorchilik.

    2. Mashinasozlik sanoati.

    3. Qishloq xo’jaligi mashinalarini konstruksiyalash.


    Bog’dorchilik, mevachilik — 1) qishloq xo’jaligi ning meva, uzum va rezavor mevalarni yetishtiradigan muhim sohasi. Aholining meva va meva mahsulotlariga, sanoatning meva xom ashyosiga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Sof B. (olma, nok, orik, gilos va boshqa yetishtirish) va ko’chatchilik (kochatzorlarda mevali daraxtlar kochatlari yetishtirish) tarmoqlariga bolinadi. Jahon bog’dorchiligida 200 dan ortiq meva, rezavor meva, yongoq meva turlari ekiladi, ulardan 100 meva turi sanoat ahamiyatiga ega. Olma, zaytun, finikiya pal’masi, banan, mango, tok eng kop ekiladigan meva turlariga kiradi. B. Xitoy, AQSH, Hindiston, Argentina, Braziliya, Yaponiya, Ispaniya, Fransiya, Italiyada rivojlangan. O’rta Osiyodagi B. haqida dastlabki ma’lumotlar miloddan avvalgi 1-ming yillikning o’rtalariga oid yunon, xitoy, rim manbalarida uchraydi. O’rta Osiyo ko’pgina meva turlarining vatani hisoblanadi. Asrlar davomida xalq seleksiyasi asosida o’rik, olma, nok, yong’oq, bodom, anor, tok va boshqalarning juda serhosil navlari yaratilgan. Ularning ko’plari sifat jihatidan dunyo kolleksiyasida o’zining takrorlanmas o’rniga ega. 20-asr boshlarida hozirgi O’zbekiston hududida taxminan 50 ming ga bog’, jumladan 22 ming ga mevazor, 37 ming ga tokzor bo’lgan. Bog’larning asosiy maydonlari Fargona vodiysi (24%), Toshkent vohasi (36%) va Zarafshon vodiysi (tokzorlarning 50%) ga to’g’ri kelar edi. Bog’larda danakli mevalar 70% ni (asosan o’rik), urug’li mevalar (olma, nok, behi) 25% maydonni egallagan edi. Shahar va qishloqlar atroflarida alohida mevazorlarda aholining bog’lari va chorbog’lari (mevazor, tokzor, poliz va sayilbog’)da mevalar, tok, turli gullarning mahalliy navlari ekib kelingan. Yetishtirilgan mevalar yangiligida iste’mol etilgan, lekin qoqi va mayiz solish asosiy o’rinda turgan. 20 yillarning 2-yarmidan ixtisoslashtirilgan mevachilik va tokchilik xo’jaliklari barpo etila boshladi, tog’ va tog’ etaklari zonalarida joylashgan jamoa xo’jaliklarida ham bu tarmoqqa katta e’tibor berildi. Mevalarning nav tarkibini yaxshilash maqsadlarida olma, nok, uzum va boshqa ning Yevropa mamlakatlarida yetishtirilgan navlari keltirib ekildi. 50- yillar oxiri — 60- yillarda 2500—3000 ga bog’ va tokzorlarga ega bo’lgan agrokombinatlar tashkil etildi.
    Respublikada meva va rezavor mevaning 20 turi ekiladi. Urug’li meva daraxtlari (olma, nok, behi va boshqalar), danakli meva daraxtlari (o’rik, shaftoli, olxo’ri, gilos, olcha, oluvoli va boshqalar), subtropik o’simliklar (anor, anjir), yong’oq mevalilar (yong’oq, pista, bodom), rezavor mevalilar (qulupnay, malina, smorodina, chakanda) asosiy o’rinni egallaydi. Olma, nok va tokning yozgi, kuzgi va kishki navlari muhim xo’jalik ahamiyatiga ega. Tokchilik qadimdan Toshkent, Samarqand viloyatlari, Farg’ona vodiysida taraqqiy etgan, xo’raki, mayizbop va konserva mahsulotlari (shinni, murabbo, sharbatlar) hamda vinochilik yo’nalishlariga ega. O’zbekistonda meva qoqilari va mayizning noyob xillari tayyorlanadi. Respublikaga tropik va subtropik mintaqalardan olib kelingan limon, apelsin, mandarin, unobi, sharq xurmosi, pekan kabi mevalar tobora ko’proq maydonlarda ekilmoqda. Andijon, Namangan, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida ko’pgina xo’jaliklarda issiqxona limonzorlari barpo qilingan. Respublika bo’yicha bunday issiqxonalar maydoni 427 ga dan ko’proq (2001). 90- yillardan boshlab paxta maydonlari qisqartirilishi munosabati bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi; Xorazm, Buxoro, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ko’plab bog’ va tokzorlar tashkil etildi. Respublikada 100 dan ortiq ixtisoslashtirilgan B. xo’jaliklari bor. Respublikada bog’larning umumiy maydoni 320 ming ga ga yetdi (meva bog’lari 199 ming ga, tokzorlar 120 ming ga), yalpi meva va uzum hosili 833 ming t dan oshdi (1999). Mevaning har bir viloyat, tumanning tuproq va iklim sharoitiga moslashtirilgan, r-nlashtirilgan navlari ekiladi. 2) B. fan sifatida mevali daraxtlarning tuzilishi, o’sishi, rivojlanishi, ko’payishi hamda hosil berish qonuniyatlarini, shuningdek ularning tashqi muhit bilan aloqadorligini o’rganadi, turli tabiiy muhitda o’sib, yaxshi hosil berishini ta’minlash uchun ilg’or agrotexnika usullarini ishlab chiqadi. B. biol., tuproqning fizik va kimyoviy xususiyatlari, o’simliklar fiziologiyasi, agrokimyo hamda umumiy dehqonchilik bilan bevosita aloqador bo’lib, B. agrotexnikasining barcha usullari shu fanlarga asoslanadi. O’zbekistonda B.ni rivojlantirishda akad. R. R. Shreder nomidagi Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik instituti va O’zbekiston O’simlikshunoslik institutitsht xizmati katta. Keyingi yillarda meva, rezavorlar va tokning 200 dan ortiq serhosil navlari yaratildi, boshqa mamlakatlardan keltirib ik,limlashtirildi va ekishga tavsiya etildi.
    Respublikadako’chatchilik ishlari ham ilmiy asosga qo’yilgan va markazlashtirilgan. R. R. Shreder nomidagi "Mevasharbat" korporatsiya va uning viloyatlardagi filial va xo’jaliklarida xo’jaliklar va bog’bon, sohibkorlarga sotish uchun har yili 10—12 mln. dona turli meva daraxtlari va tok ko’chatlari yetishtiriladi


    Download 98.54 Kb.
      1   2   3




    Download 98.54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Urganch davlat pedagogoka instituti

    Download 98.54 Kb.