• O‘simlik nomi
  • Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi




    Download 194,69 Kb.
    bet34/43
    Sana15.02.2024
    Hajmi194,69 Kb.
    #157115
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
    Bog'liq
    Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi-fayllar.org

    Integral semalar arxisemalar tarkibidagi umumlashtiruvchi xarakterga ega u yoki bu turlardir. Masalan, o‘simlik nomi arxisemasi gul, daraxt, o‘t, bo‘ta va boshqa integral semalar tashkil etadi.
    Differensial semalar – yuqorida paydo bo‘lgan qo‘shma so‘zni ma’no jihatidan farqlash uchun xizmat qiladigan semalardir. Masalan, o‘zbek tilidagi ayiqtovon o‘simligi –gemisiklar oilasiga mansub gul integral semasiga kiruvchi differensial sema hisoblansa, ingliz tilidagi redwood– o‘simligi aynan daraxt integral semasiga kiradi. 40
    Ingliz va o‘zbek tillaridagi kognitiv tahlil natijasida aniqlangan kognitiv modellarni o‘rganish natijasida, ushbu modellar yordamida qaysi semantik guruhga
    Xos qo‘shma so‘zlar yasalishini aniqladik. Ingliz va o‘zbek tillarida qo‘shma so‘zlar asosan quyidagi arxisemalarni tashkil etadi:
    1. O‘simlik nomi – (ho‘kiz tili, bo‘ta ko‘z), (tiger’s jaw, dragonhead);
    2. Tashqi ko‘rinishni ifodalovchi so‘z – (echki soqol, qorako‘z), (goat–forehead, sheep–eyed);
    3. Qushlar nomi – (Ilon burgut, tuya qaldirg’och), (blue–winged Kookaburra, grey– head Albatross;
    4. Kasb nomi –(otboqar, molboqar), (frogman, fisherman);
    5. Xarakterni ifodalovchi so‘z – (sofko‘ngil, darveshtabiat), (free–handed, heart–whole);
    6. Joy nomi – (Toshqo‘rg’on, Oqtepa), (Newcastle, Three oaks).
    Qiyoslanayotgan har ikki tillarda yuqorida ko‘rsatilgan arxisemalardan eng produktivlariga o‘simlik nomi, tashqi ko‘rinishni ifodalovchi so‘zlar va qushlar nomi kirganligi sababli, ushbu arxisemalarni tahliliga batafsil to‘xtalamiz. Ushbu model yaratilishiga eng birinchi sabab bu ong hisoblanadi va uni tilshunoslikda bog’liqligini o‘rganayotgan hodisa bu kognitiv modeldir. Chunki bunday modellardan va ularning qaysi konsept kognitiv asos bo‘la olishini kognitiv tilshunoslik o‘rganadi.
    O‘simlik nomi – bunday turkumga kiruvchi qo‘shma so‘zlar kognitiv modelining ba’zilari ingliz va o‘zbek tillarida mavjud bo‘lsa, ba’zilari faqat bitta tilda mavjud hisoblanadi.
    Ingliz va o‘zbek tilida o‘simlik nomi kognitiv modeliga quyidagilar kirdi:
    1. Hayvon+tana qismi= o‘simlik nomi
    2. Ekin+dala//ekinzor=o‘simlik nomi.
    3. Hayvon+yeydigan narsa=o‘simlik nomi
    4. Tana qismi+o‘simlik=o‘simlik nomi
    5. Son+tana qismi=o‘simlik nomi
    6. Rang+narsa=o‘simlik nomi
    Ushbu kognitiv modellari integral semalar hisoblanadi. Chunki aynan ularning umumlashmasidan o‘simlik nomi arxisemasi paydo bo‘ldi. Ingliz tilida ularning holatini quyidagi sxemada ko‘rsak (qarang: chizma 3.7):


    Download 194,69 Kb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




    Download 194,69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi

    Download 194,69 Kb.