|
Chizma 3.7. Ingliz tilida o‘simlik nomiga kiruvchi kognitiv modellar
|
bet | 35/43 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 194,69 Kb. | | #157115 |
Bog'liq Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi-fayllar.orgChizma 3.7. Ingliz tilida o‘simlik nomiga kiruvchi kognitiv modellar.
O‘simlik nomi
Hayvon Tana qismi
Ekin Rang
Dala/Ekinzor Narsa
Yuqoridagi sxema bizga shuni ko‘rsatadiki, ingliz tilida o‘simlik nomi arxisemasiga kiruvchi gul, daraxt kabi integral semalar o‘z ichiga rang–barang differensial semalarga ega qo‘shma so‘zlarni qamrab oladi. Differensial semalarning asosiy farqlari quyidagi komponentlar orqali yuzaga keladi:
Hayvon nomi , tana qismi , tang , narsa , ekin :
Hayvon va tana qismining umumlashmasidan tiger’s jaw – gul nomi, dragonhead–gul nomi, goatsbeard–daraxt nomi kabi integral semalariga kiruvchi qo‘shma so‘zlar shakllanadi. Ular o‘xshashlik asosida paydo bo‘lgan qo‘shma so‘zlar turlariga kiradi. Rang va narsa umumlashmasidan redwood– daraxt nomi, bluebells–gul nomi kabi qo‘shma so‘zlar guruhi mavjud bo‘ldi. Ekin va dalazor/ekinzor konseptlarining qo‘shilishidan cornfield va cornflower gul nomi ga oid differensial semalar bor. Demak yuqoridagi o‘simlik nomi arxisemasidan paydo bo‘lgan kognitiv modellar integral semalar paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan. Undan kelib chiqqan differensial semalar esa biz o‘sha o‘simlik nomini aytganimiz bilan ong ostida paydo bo‘ladigan aniq ko‘rinishdir. Masalan, tiger’s jawdeyilganda inson ongiga birinchi bo‘lib sherning og’ziga o‘xshagan gulning differensial semasi paydo bo‘lishidir.
O‘zbek tilida ham bunday qo‘shma so‘zlarning kognitiv modeli mavjud bo‘lib, ularni quyidagi sexemada ko‘ramiz (qarang: chizma 3.8):
Chizma 3.8. O‘zbek tilida o‘simlik nomiga kiruvchi kognitiv modellar
Hayvon Tana qismi
O‘simlik nomi
Tana qismi Hayvon
O ‘simlik nomi Yeydigan narsa
Raqam Tana qismi
O‘zbek tilidagi o‘simlik nomi arxisemasi doirasidagi gul va o‘t–o‘lan integral semalari quyidag komponentli differensial semalarni umumlashtiradi:
Hayvon
Tana qismi
O‘simlik nomi
Yeydigan narsa
Raqam
Hayvon bilan tana qismi konseptlarining umumlashmasidan bo‘tako‘z– gul nomi va laylaktumshuq– o‘t o‘lan integral semalariga kiruvchi qo‘shma so‘zlar shakllanadi. Hayvon va yeydigan narsa konspetlarining birikishi natijasida kanakunjut–, ilonjiyda (chilonjiyda)– o‘t o‘lan kabi farq qiluvchi semalar natijasi yaqqol namoyon bo‘ldi. Raqam va tana qismida qirquloq, ming bo‘g’im o‘tlar va tana qismi bilan o‘simlik nomi umumlashmasidan tirnoqgul, bo‘yindorgul ga o‘xshash gul nomining differensial semalar o‘z aksini topdi.
Tahlil natijasi shuni ko‘rsatadiki, ingliz va o‘zbek tillarida o‘simlik nomi arxisemasining eng dominantlaridan biri tana qismi semasi hisoblanadi. Ong osti va tilning bog’ligi natijasida paydo bo‘layotgan bunday kognitiv modellarning aynan shu xususiyati jihatidan bu biz ingliz va o‘zbek tillaridagi o‘xshashlikni kuztishimiz mumkin.
|
| |