|
Chizma 3.12. O‘zbek tilida qush nomini ifodalashdagi kognitiv modellar
|
bet | 38/43 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 194,69 Kb. | | #157115 |
Bog'liq Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi-fayllar.orgChizma 3.12. O‘zbek tilida qush nomini ifodalashdagi kognitiv modellar
Qush
nomi
Rang Hayvon
Tana qismi Hayvon
Yuqoridagi sxema bizga shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilida qush nomi arxisemasidan quyidagi integral semalar vujudga keldi:
Hayvon
Tana qismi
Rang
Rang va tana qismining umumlashmasidan Sariq tomoq burgut burgut Yashil qanotli tovus – tovus, turkumiga kiruvchi differensial semalar mavjud. Hayvon va hayvon umumlashmasidan Tuya qaldirg’och – qaldirg’och, baliqchi o‘rdak qarg’aning differensial semalar guruhi mavjud bo‘ldi.
Yuqoridagi izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, qo‘shma so‘zlarning kognitiv xususiyatini ochib berish uchun o‘simlik nomlari, inson tashqi ko‘rinishini ifodalovchi so‘zlar va qushlarning rangi, shakli va tana qismiga qarab nom berishda ishlatilayotgan so‘zlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib qolmay, ingliz va o‘zbek tillarida bunday xususiyatga ega qo‘shma so‘zlar mavjud hamdir. Bu esa o‘rginaloytgan tilni yanada chuqurroq tushunishga va lug’at boyligini oshishiga yordam beradi.
3- bob bo‘yicha xulosa.
Yuqorida kuzatganimizdek, ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma so‘zlarning kognitiv xususiyatlarini o‘rganish va tahlil qilish o‘sha til tarkibidagi lug’atni mustahkamlashga xizmat qiladi. Qo‘shma so‘zlarning bunday tahlil qilinishida til va ongning aloqasini o‘rganish katta ahamiyatga ega.
Qo‘shma so‘zlarning til va ong bilan bog’liqlik xususiyatini ochib berishda kognitiv modellar muhim ahamiyatga egadir. Ingliz va o‘zbek tillaridagi kognitiv modellarning tahlilida konsept tushunchasi eng muhim rol o‘ynaydigan hodisadir.
Qo‘shma so‘zdagi ikkita konsept bitta kognitiv asosda yotadi. Qo‘shma so‘zlarni kognitiv xususiyatlarini ochib berish uchun esa bizga bir emas, kamida ikki va undan ortiq bir modelga kiruvchi qo‘shma so‘z kerak bo‘ladi. Aks holda uning boshqa tahlillardan farqi qolmaydi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma so‘zlarning kelib chiqishining izoh lovchi ideallashgan kognitiv modellari muhim rol o ‘ynaydi, IKM - bu bilim mavjud bo‘lgan jarayonni tavsiflash uchun kognitiv tilshunoslar tomonidan berilgan nom semantiK ramka ishida ifodalanadi va u haqiqat bilan kelishuv mavjud bo ‘lmagan tajribaning konseptualizatsiyasidir. IKM eng aniq jismoniy obyektlarni , fan va til kabi eng mavhum ilmiy tishunchalarni tushunishga yordam beradi. Ideallashlgan Kognitiv Model paradigamsi bashorat , ma’nosi va tasviriylikdan iboratdir. Kognitiv model – bu ma’lum bir soha uchun tajribali va saqlangankontekstlarning yig ‘indisi. Shunday qilib, ular bashorat, ma’no, tasvir va kontekst orqali to ‘g ‘ridan –to ‘g’ ri ma’no beruvchi qo ‘shma so ‘zlarni tushunishda yordam beradi.
Ideallashgan kognitiv modelning 5 turi mavjud: taklif IKM lar: bular oddiy elementlar va ular orasidagi bog ‘lanishlarni o ‘z ichiga oaldi. Tasvir- sxematik (bular joylashuviga qarab turli tushunchalarni jismalr, uning shakli va traektoriya harakatini tasvirlaydi ). Metaforik xaritalash IKM lar ( u metafora bilan bog’liq). Metanomik (u bir tushuncha boshqasini almashtirganda qo ‘llash bilan shug ‘ullanadi). Simvolik IKM lar: (bular til haqidagi bilimni tavsiflaydi).
Sezgi ishtirokining murakkablik darjasiga qarab, ushbu tadqiqot quyidagi qo‘shma so ‘zlarni toifaarga ajratadi Shaffof qo ‘shma so‘zlar – ma’nosi kontekstsiz vaziyatda ham shaffof va tushunarli bo‘lgan ikkita element kiradi. Shaffoflikni ko‘rsatuvchi qo‘shma so‘zlar o‘z ma’nosini o‘z elementlaridan oladi. Ular eng yuqori semantic shaffoflikka ega bo‘ladi, IKMlar asosida esa sezgi murakkablik darjasining ishtiroki juda kam bo‘ladi. Opak so ‘zi kogntiv tilshunoslar Rene Dirven va Marjolijin Verspoorlar tomonidan berilgan (1998) va bunday metaforik qo ‘shma so‘zlarni oson tahlil qilib bo‘lmasligini aytib o‘tishgan. Ular ikki elementni o‘z ichiga oaldi, ularning biri yoki hech biri bevosita ma’noga ega bo‘lmaydi. Ularning semantik shaffofligi shaffof qo‘shma so‘zlarga qaraganda past bo‘ladi. IKM asosida, darajasi sezgi ishtirokining murakkabligi esa yuqori bo‘ladi
Unadan tashqari, qo‘shma so‘zlarning bosh elementi shaffof, o‘zgartiruvchisi shaffof emas. metaforaga asoslangan qo‘shma so‘zlar, metanomiyaga asoslangan qo‘shma so‘zlar, metafora va metonomiyaga asoslangan qo‘shma so‘zlar to‘g’ri otga asoslangan qo‘shma so‘zlar ham mavjuddir.
Bizga ma’lumki, morfologiyaning vazifasi mavjud so‘zlar to‘plamini kengaytirishdir. Qachon so‘z hosil bo‘ladi va bir nechta ona tilida so‘zlashuvchilar tomonidan ishlatiladi va turli holatlarda foydalanuvchi o ‘zi oldin duch kelgan so‘zni va o‘rnatilgan so‘zni tan oladi, bu esa tilning leksik normasi yoki leksik konvensiyasi vazifasini bajaradi. So‘z o‘rnatilganda leksiklashgan deymiz. Qo‘shma so‘zlarning leksiklashuvining muhim ta’siri shundan iboratki, “ biri birikmaning elementlariining ma’nosini o‘zgartirishi mumkin. Boshqa har qanday so‘z tufayli saqlanib qolgan so‘z tufayli saqlanib qolgan so‘z leksikada qoladi va foydalanuvchi tomonidan tan olinadi. Bu ulanish qo ‘shma so ‘zlarning yangisini shakllanishiga turtki beradi. Ushbu so ‘zlarni “ omon qolgan “ so‘z asosida tushunish mumkinligi bilish orqali leksikada allaqachon mavjuddir. Shuning uchun Ideallashgan kognitiv model (IKM) juda muhim hisoblanadi.
Qo‘shma so‘zlarning kognitiv xususiyatini ochib berishda ularni til va ong bog’liqligini o‘rganishda kognitiv modellar muhim rol o‘ynaydi. Ularni bunday tahlil qilishimizda semantik ma’no katta ahamiyatga egadir.
Semantik jihatdan qo‘shma so‘zlar ma’noviy komponentlardan iborat bo‘lib, bu komponentlar uchta guruhga kiradi. Ular: arxisemalar, integral semalar (umulashtiruvchi), differensial semalar (farq qiluvchi) semalar hisoblanadi. Qo‘shma so‘zlarning bunday semalar bilan tahlil qilinishiga til va ong o‘rtasidagi bog’liqlik yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Arxismelar bu kognitiv modelning nomi hisoblansa, integral semalar o‘sha kognitiv modelning umumlashtirib turuvchi umumiy konspet nomlari hisoblanadi. Differensial semalar esa ma’no jihatdan aynan qaysi turkumga kiruvchi konspetdir. Integral semalar arxisemalar tarkibidagi umumlashtiruvchi xarakterga ega u yoki bu turlardir. Differensial semalar – yuqorida paydo bo‘lgan qo‘shma so‘zni ma’no jihatidan farqlash uchun xizmat qiladigan semalardir.
Qo‘shma so‘zlarni kognitiv tahlili ingliz va o‘zbek tilshunosligida katta ahamiyatga ega. Chunki qo‘shma so‘zlar tilning lug’at tarkibini boyitishga xizmat ko‘rsatadigan eng samarali usul hisoblanadi. Ularning til va ong bilan aloqasini o‘rganish esa qiyoslanayotgan har ikki til uchun ham muhim rol o‘ynaydi.
XULOSA.
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan 21–asr tilshunosligidagi dolzarb muammolardan biri so‘z yasalish hodisasi bo‘lib, hanuzgacha o‘z murakkabligini yo‘qotmagan bahsli munozara hisoblanadi. Chunki bugun o‘z o‘rnini ertaga bo‘shatib, tarixga aylanar ekan, qo‘shma so‘zlar ham rivojlanib va yangilanib borgani sari ba’zilari tarixiy so‘zga, ba’zilari esa yo‘qolib borish hodisasiga uchraydi.
Tilda mavjud bo‘lgan imkoniyat va materiallar asosida yangi leksik birliklarni hosil qilish so‘z yasalishining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu hodisa tildagi lug’at tarkibini doimiy ravishda boyitib borishga xizmat qiladi.
Tilshunoslik fanida salmoqli ahamiyat kasb etadigan so‘z yasalishi hodisasi deyarli barcha fanlar bilan juda yaqinlikda xususan, u leksikologiya – tilning lug’at tarkibi haqidagi fan bilan, o‘z o‘rnida fonetika va grammatika bilan yaqin, ayniqsa shakl yasash ta’limoti hamda so‘z birikmasi sintaksisi bilan ham bo‘g’liqdir. Tilshunoslikda so‘z yasalishi masalalari leksikologiya, fonetika, grammatika sohalari bilan doimo birga o‘rganilib keladi.
Ingliz tilida so‘z yasalish hodisasi produktiv va produktiv bo‘lmagan turlarga bo‘linadi. Produktiv usulga qo‘shimcha qo‘shish, konversiya, abbrivatsiya (qisqartirish), kompozitsiya (qo‘shish orqali), produktiv bo‘lmagan usulga esa tovush o‘zgarishi, urg’u o‘zgarishi, tovushga taqlid, uyg’unlashtirmoq, qayta tiklash kiritiladi.
O‘zbek tilida so‘z yasalish usullariga affiksatsiya– (asos + so‘z yasovchi qo‘shimcha) asosga so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishidan yangi so‘z yasaladi, semantik usul– bunda bir turkumga xos so‘z boshqa so‘z turkumiga ko‘chib, yangi ma’no anglatadi, semantik–leksik usul– bir vaqtlar so‘z birikmasi bo‘lgan so‘zning qo‘shma so‘zga aylanib ketshi, so‘zlarni qisqartirish usuli, kompozitsion usullari kiradi.
Qo‘shma so‘zlar bilan tarixdan hozirgacha jiddiy izlanishlar olib kelingan. Jumladan: A.I. Smirnitskiy, I.V. Arnold, T.I. Arbekova, D.A. Shepelova Marchand kabi tilshunoslarning so‘z yasalishi borasidagi ishlari sara namunalardan biri hisoblanadi. Xususan, ilk marotaba qo‘shma otlarning to‘liq asoslangan (motivation) va to‘liq asoslanmagan (non–motivation) tizimlarining ta’rifini D.A. Shepelovaningishlarida ko‘rishimiz mumkin.
Qiyoslanayotgan har ikkala tilda ham qo‘shma so‘zlar so‘z birikmalaridan alohida ajralib turadi. Qo‘shma so‘zning so‘z birikmasidan farqi shundaki qo‘shma so‘zning komponеntlari morfеma, so‘z birikmasining komponеntlari esa so‘z bo‘ladi. Shu sababli qo‘shma so‘zning komponеntlari yaxlitligicha bir lеksik ma’no ifodalaydi va komponеntlari o‘rtasida sintaktik aloqa bo‘lmaydi. Qo‘shma so‘z elementlari yaxlit bitta ma’no beradi, o‘zaro zich bog’lanadi va leksik munosabat bo‘ladi. So‘z birikmasi elementlari o‘z mustaqilligini saqlaydi va erkin holatda bo‘ladi. Sintaktik munosabat bo‘ladi.
Qo‘shma so‘zlar orfografik jihatdan ingliz va o‘zbek tillarida o‘xshash hisoblanadi. Bu jihatiga ko‘ra ular uchga bo‘linadi: qo‘shib yoziladigan, chiziqcha bilan yoziladigan, ajratib yoziladigan qo‘shma so‘zlar.
Nutq turkumlariga ko‘ra qo‘shma so‘zlar quyidagicha klassifikatsiyalanadi: a) vazifasi nuqtai nazaridan; b) qo‘shma so‘zlarning tarkiblari bog’lanish jihatidan; c) turli xil qo‘shilish yo‘llari nuqtai nazaridan. ega va kesimning moslashuvi, bog’lanish xususiyati, tarkiblarning mos kelishi hamda, qo‘shma so‘zlarning tarkiblarida alohida ahamiyat kasb etadi.
Endosentrik va ekzosentrik qo‘shma so‘zlarning tomonlari ham alohida e’tiborga loyiq bo‘lib, endosentrik – qo‘shma so‘z komponentlaridagi ma’nolarning yig’indisidan yangi ma’no berish bo‘lsa, ekzosentrikda – elementlar tarkibidagi ma’no o‘sha qo‘shma so‘zning ma’nosiga umuman bog’liq bo‘lmagan hisoblanadi.
Kognitiv tilshunoslik orqali qo‘shma so‘zlarni tadqiq qilish tilshunoslikdagi eng zamonaviy tahlillardan biridir. Kognitiv tilshunoslik fani 21–asrdagi tilshunoslkining eng yangi va yosh bo‘limi sifatida dunyoga keldi. Bugungi kunda bu fan zamonaviy lingvistikada mustahkam o‘rin egallayotgan tilshunoslikning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biridir.
Bu yangi yo‘nalish til va tafakkur o‘rtasidagi bog’liqlikni o‘rgangan izlanuvchilarning ishlari orqali kelib chiqdi. Kognisiya, ya’ni bilish jarayoni, ma’lumotni qabul qilish, uzatish yoki yuborish va yaratish faoliyatini o‘z ichiga oladi, bu holatlar lisoniy zahira bilan bog’liq bo‘lib shubhasiz, bu lison bilan bilvosita yoki bevosita aloqada bo‘ladi. Shu xususiyatiga ko‘ra bilish fenomeni lisoniy qobilyat bilan bog’liqdir.
Ma’lumki, inson narsa va predmet, hodisalarni bilishda, idrok qilishda qator mantiqiy–ruhiy harakatlarga ega bo‘lgan faoliyatni amalga oshiradi. Kognitiv tahlilda olamni bilish jarayonida yuzaga keladigan mantiqiy (mental) strukturalarning lisoniy ifodasini ochib beruvchi mexanizmlar qurshovidagi uslub va vositalar tadqiqi asosiy o‘ringa chiqadi.
Freym analizi, kognitiv metafora va kognitiv xarita zamonaviy kognitiv tilshunoslikdagi eng faol asosiy metodlardan hisoblanadi. Freym – tilda berilgan tushuncha bizning miyyamizda butun bir holat yoki vaziyat sifatida namoyon bo‘lishidir bu esa miyyamizda faqatgina bitta tushuncha kirib qolishini rad etadi.
Ta’sirchanlik va badiiy bo‘yoqdorlik kognitiv metaforada muhim rol o‘ynashi bilan birgalikda, bunda ikkita asosning o‘zaro bog’liqligi va odatda shoirlar va notiqlar tomonidan ko‘pincha ishlatilishi bilan alohida ajralib turadi va odatda so‘zning ko‘chma ma’nosi sifatida qaraladi. Kognitiv metaforadagi ikkita tarmoq ya’ni nishon va manba tarmoqlari bo‘lib, odatda nishon qismi tasvirlanishi kerak bo‘lgan asos bo‘lsa, manba qismi esa metaforaga oid bo‘lgan qismi bo‘lib, nishon qismining mag’zini ochib beradi.
Kognitiv xarita– konseptning lingvistik ma’nosini ochib berishdagi xizmatidan tashqari u nomoddiy tahlil sifatida ham qaraladi. Konseptdagi ma’noni yanada chuqurroq tahlil qilishda va konseptning lingvistik ko‘rinishini ifodalashda tilshunoslar tomonidan taklif qilingan kognitiv xaritani quyidagi strukturalari bor: lug’atdagi ma’nolar va lug’atshunoslikdagi izohlar, paradigmatik bog’lovchilar, syntagmatik bog’lovchilar, yordamchi bog’lovchilar, frazeologik bo‘limlarda, tushunchaning tabiiy konseptualligi.
Agar biz IKM ni tushuntirish uchun taklif modelini olsak, bu yerda sxema – bu tugublar va bog‘lanishlar tarmog‘i sxemadagi har bir tugun konseptual kategoriyaga mos keladi. Kategoriyaning xususiyatlari uning roli sxemadagi tugun, uning boshqa tugunlar bilan aloqasi, sxema va uning orasidagi munosabat , ushbu konseptual tizimning boshqa jihatlari bilan umumiy o‘zaro ta’siri kabi ko‘plab omillarga bog‘liqdir. UlarTugundan tugunga, sxemaga tugun, Sxemadan sxemaga kani tarmoqlardan iborat.
Undan tashqari , Metafora va metonomiyaga asoslangan qo‘shma so‘zlar- ushbu qo‘shma so‘zlar uchun “metaftonimiya” so‘zini yaratdi. Ushbu qo‘shma so‘zlar ma’noga ega bo‘lgan tarkibiy qismlarga ega ularning metaforik ma’nosi bilan aniqlab bo‘lmaydi, ularni kontekstda tushunishimiz mumkin.
Qo‘shma so‘zlarning konseptual xilma xilligi ularning kognitiv modellarida yaqqol ko‘rinadi. Qo‘shma so‘zlar kognitiv xususiyatlarini ochib berishda kognitiv model muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bunday modellar paydo b Shunday qo‘shma so‘zlar tahlilida, produktiv hisoblangan ko‘pgina kognitiv modellar har ikki tilda ham mavjudligi bilan alohida ajralib tursa, ba’zi kognitiv modellar esa faqat qiyoslanayotgan tillarning bittasiga xosdir. Bunday kognitiv modelning asosiy xususiyatlari, ushbu qo‘shma so‘zlarning til va ong o‘rtasidagi to‘qnashuvda hosil bo‘lgan natijalaridir.
Qo‘shma so‘zlar semantik jihatdan ma’noviy komponentlardan iborat bo‘lib, bu komponentlar uchta guruhga kiradi. Ular: arxisemalar, integralsemalar (umulashtiruvchi), differensial semalar (farq qiluvchi) semalar hisoblanadi. Qo‘shma so‘zlarning bunday semalar bilan tahlil qilinishiga til va ong o‘rtasidagi bog’lik yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Bu kognitiv modelning nomi arxismelar hisoblansa, integralsemalar o‘sha kognitiv modelning umumlashtirib turuvchi umumiy konspet nomlari hisoblanadi. Differensial semalar esa ma’no jihatdan aynan qaysi turkumga kiruvchi konspet ekanligini farqlab berishga xizmat qiladi.
|
| |