• Muokamaga qo‘yiladigan asosiy mulohazalar
  • Tadqiqot ishining aprobatsiyasi
  • Dissertatsion ishning nashr ettirilganligi.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi va asosiyligi




    Download 194,69 Kb.
    bet4/43
    Sana15.02.2024
    Hajmi194,69 Kb.
    #157115
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
    Bog'liq
    Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi-fayllar.org

    Tadqiqot natijalarining ishonchliligi va asosiyligi sharhlashning ilmiy asosi, nazariy tasniflash usullari va nutqda qo‘llanuvchi kognitiv xususiyatga ega bo‘lgan qo‘shma so‘zlar haqidagi ilmiy asarlarda va lug’atlarda aks etgan yangi ma’lumotlarni yig’ish bilan ta’minlandi. Tadqiqot ishi davomida qo‘shma so‘zlarda o‘rganilishi kerak bo‘lgan masalalar chuqur o‘rganib chiqildi va ularga yechim bo‘la oladigan farazlar tahliliga e’tibor qaratildi.
    Muokamaga qo‘yiladigan asosiy mulohazalar:
    1) Har qanday tilning qo‘shma so‘zlari shu tilda so‘zlovchilarning madaniyati, urf-odatlari va milliy xarakterini o‘zida aks ettiradi.
    2) Ingliz va o‘zbek tilida qo‘shma so‘zlarni tasniflashda ularning semantik, stilistik va kognitiv jihatlari alohida o‘rin tutadi.
    3) Qo‘shma so‘zlarning kognitiv xususiyatlarini va ularni til va ong bog’liqligini o‘rganishda kognitiv modellar muhim rol o‘ynaydi. Ularni bunday tahlil qilishimizda semantik ma’no katta ahamiyatga egadir.
    4) Ingliz va o‘zbek tillaridagi kognitiv tahlil natijasida aniqlangan kognitiv modellarni o‘rganish natijasida, ushbu modellar yordamida qaysi semantik guruhga xos qo‘shma so‘zlar yasalishini kuzatish mumkin. Ular arxisema, integral sema va differensial semalari orqali konsept to‘liq ochib beriladi.
    5) So‘z yasalishidagi barcha boshqa usullar kabi qo‘shma so‘zlar ham nutq momentida ma’lum bir funksiya bajarib keladi va bu ularning kognitiv xususiyatlari bilan bevosita bog’liq.
    Tadqiqot ishining aprobatsiyasi dissertatsiyaning asosiy xususiyatlari nashr ettirilgan maqolalarda o‘z aksini topgan. Shuningdek, tadqiqot mavzusi yuzasidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistr-talabalar ilmiy konferensiyalarida ishtirok etildi va biriktirilgan, rus tili va adabiyoti kafedrasida yig’ilishlarida muntazam qatnashib borildi, tadqiqot mavzusi yuzasidan Far DU ingliz tili 2 fakultetida leksikologiya fanidan ma’ruzalar o‘qildi.
    Dissertatsion ishning nashr ettirilganligi. Tadqiqot ishining asosiy mulohaza va natijalari tadqiqot mavzusi bo‘yicha “kognitiv lingvistika va uning yo‘nalishlar” (Farg’ona Far DU 2022) “kognitiv tilshunoslikda eng ko‘p qo‘llaniladigan metodlar” (Far DU 2022) nomli mavzularda ilmiy maqola sifatida “Zamonaviy tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik va xorijiy tillar o‘qitishning muammolari” nomli IV ilmiy-amaliy konferensiyasi maqolalar to‘plamlarida nashr ettirilgan.

    Download 194,69 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




    Download 194,69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqot natijalarining ishonchliligi va asosiyligi

    Download 194,69 Kb.