• Jadval 2.2. “Asaloyi” freymi Asaloyi
  • Jadval 2.1. “Honeymoon” freymi




    Download 194,69 Kb.
    bet7/43
    Sana15.02.2024
    Hajmi194,69 Kb.
    #157115
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
    Bog'liq
    Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi-fayllar.org

    Jadval 2.1. “Honeymoon” freymi
    Honeymoon


    Arrangement


    Departure


    Entertainment

    Marriage


    By plane


    Holiday

    Money

    By train


    Romantic scenes


    Packing

    By car

    Luxury hotel


    Documents


    Seeing off


    Exotics

    Ingliz tilidagi honeymoon qo‘shma so‘zi o‘zbek tilida ham qo‘shma so‘z bo‘lib, asaloyi deb tarjima qilinadi [qarang: jadv. 2.2]:
    Jadval 2.2. “Asaloyi” freymi
    Asaloyi


    Reja


    Jo‘nab ketish


    O‘yin - kulgi

    To‘y

    Poezdda

    Ta’til

    Pul

    Avtobusda


    Romantik joylar


    Hujjatlar


    Samolyotda


    Ekzotika


    Narsalarni joylash


    Xayrlashish


    Mehmonxona


    Freym tahlilidagi majburiy va nomajburiy xususiyatlarda ham freym tarkibida ma’lum «katakchalar» (slotlar) hosil qilishadi va voqelikdagi ob’ektni idrok etish jarayonida ushbu katakchalar mos keladigan misol va ma’lumotlar bilan to‘ldirilishi lozim bo‘ladi. Gorizontal yo‘nalishda turgan so‘zlar slot deb ataladi va asosiy so‘z (asal oyi, honeymoon ) eshitilgani bilan ongimizga birinchi bo‘lib shu so‘zga yaqin keladigan (reja, jo‘nab ketish…)yoki shu tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlar keladi. Shu bilan birgalikda, vertikal chiziqdagi so‘zlar sabslotlar (kichkina katakchalar) deb nomlanib, ular slotning kichigi ya’ni slotdan keyin miyyamizda paydo bo‘ladigan so‘zlar hisoblanadi.


    Navbatdagi tahlil kognitiv metafora bo‘lib uni ba’zan konseptual metafora ham deb uchratish mumkin, konseptual metafora uzoq yillardan buyon o‘rganib kelinayotgan nutqning eng muhim qismidir. Metafora grekcha so‘z bo‘lib, “meta– transfert – ko‘chirish va phora–sens – ma’no”, ya’ni so‘zning ma’nosini ko‘chirish demakdir. Metafora bir predmetni umumiy xususiyatlari asosida boshqa bir predmet nomi orqali ifodalaydi.
    Metaforani yashirin o‘xshatish, deb ataydilar. Chunki metaforada ham, o‘xshatishda ham asosan narsa yoki hodisa nimagadir o‘xshatiladi. Bu ikkita bir– biriga bog’liq bo‘lmagan narsalarni qiyoslash orqali ma’no chiqarish sifatida ishlatiladi, ammo ularning o‘ziga xos ichki o‘xshash xususiyatlari bo‘ladi. Nutqqa obrazlilik, ekspressiv bo‘yoq berish niyatida narsa va hodisalar o‘rtasida o‘xshashlikka asoslanib, so‘z yoki iboralarni ko‘chma ma’noda ishlatish metaforaning xususiyatlaridan biridir.
    Yevropa olimlarining aytishicha, metafora yashirincha o‘xshatish, bir predmetning nomini boshqa predmetning nomi bilan atash natijasida hosil bo‘ladi. Boshqa bir tilshunoslar esa, metaforani individual dunyoqarashni shakllantirish harakati deydi. U kitobxon ongiga narsa va hodisalarning subyektiv ko‘rinishi va ular o‘rtasidagi bog’liqlikni singdiradi. O‘xshatishda ikki a’zo ishtirok etadi. Metaforadan esa bir a’zo ishtirok etadi.
    Metafora bir termning mujassamlashgan taqqoslashi bo‘lib, o‘xshashlik munosabatiga asoslangandir. Metaforaning ikki turini farqlash lozim: 1) uslubiy (adabiy) metafora va 2) lingvistik metafora. Tilshunoslikning leksikologiya bo‘limi lingvistik metaforani o‘rganadi, chunki lingvistik metaforalar ishlatilishi jihatidan lug’at tarkibining bir qismini tashkil etadi. Lingvistik metafora odatda ko‘p qo‘llaniladi va tilda sezilmasdan ishlatilaveradi. Lingvistik metaforalarni ishlatganimizda, uning ongimizda tug’dirgan tasviri haqida hech qachon o‘ylamaymiz.
    Shunday qilib, bugungi kunda metafora she’rdagi shoirona go‘zallik va kundalik hayotadgi oddiy so‘zlardan ko‘ra badiiy bo‘yoqlarni oshirgan holda ta’sirchanlikni oshirish uchun ishlatilmoqda. Zamonaviy kognitiv tilshunoslikda konseptual metafora analizi juda ham foydali. Konseptual metafora atamasi ilk bora 1990–yil Jorj Lakof tomonidan “Metaphors we live by” asarida aytiladi. Ushbu asarda aytilishicha konseptual metafora bu shunchaki stilistikaning metodi bo‘libgina qolmasdan, tafakkur va o‘ylashning yo‘lidir.
    Kognitiv tilshunoslikdagi konseptual metafora atamasini yanada chuqurroq tushunish uchun oddiy metaforadan farqlanishini bilishimiz kerak. Oddiy metaforada o‘xshatilayotgan buyum yoki narsaning atigi bitta xususiyati ko‘chadi. Masalan: Zaynab tulki. Bu yerda ayol tulkiga o‘xshatilyapti. Biroq, ular umuman bir–biriga o‘xshamagan aloqasi yo‘q tushunchalardir, yashirin ya’ni ichki ma’nosi “ayyorlik” bo‘lib, tulkidagi bu xususiyatlar ayollardagi xarakter bilan qiyoslanadi. Konseptual metaforada esa o‘xshatilayotgan narsa yoki buyumning bir emas bir qancha xususiyatlari ko‘chishi kerak. Bir qancha xususiyatlar ko‘chishi uchun ong, tafakkur va o‘ylashning roli juda ham kattadir.
    Metaforaning ikki xil turi bo‘lib, hozirigina tilga olingan oddiy metafora va konseptual metafora turlari bor. Ularning bir–biridan farqlari talaygina bo‘lib, biz buni quyidagi ikkinchi jadvalda ko‘rishimiz mumkin [qarang: jadv. 2.3].

    Download 194,69 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




    Download 194,69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jadval 2.1. “Honeymoon” freymi

    Download 194,69 Kb.