• Razmetkali tillar.
  • Klient tomonidagi sstenariylar
  • Web-texnologiya klassifikastiyasi




    Download 1,13 Mb.
    bet7/11
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,13 Mb.
    #230610
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Web saytlar yaratishga yo\'naltirilgan dasturiy ta’minotlar

    Web-texnologiya klassifikastiyasi (10-rasm).

    (10-rasm).
    Web-tehnologiyani asosini quyidagi ikkita tushuncha tashkil qiladi:
    1. Axborotni statik tasvirlash;
    2. Interfaol o’zaro aloqa.
    Axborotni statik tasvirlash. Ma’lumotlar segmentida joylashgan ma’lumotlar statik ma’lumotlar deb ataladi. Bunga asosiy sabab, ular uchun xotira ishlash jarayoni davomida ajratib qo’yiladi. Ishlash davomida esa bu xotira o’zgarmay qoladi. To’plamdagi xotira esa ish­lash davomida to’ldirib boriladi va zarur bo’lgan paytda bu xotira bo’shatib qo’yilishi mumkin.
    Razmetkali tillar. Bu til yordamida matnlar, grafik ma’lumotlar Web-sahifa hujjatga joylashtiriladi va bu hujjatni barcha kompyuterda ko’rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar razmetkali tillar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi - Web-sahifaga “ma’lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi aloqani (gipersaloqalar) ta’minlashdan iborat.
    Web-dasturlash texnologiyalarini, dasturlarini, interfaol o’zaro aloqa qismini ham asosan ikkita qismga ajratish mumkin:
    1. klient tomonidagi dasturlarlash (client-side);
    2. server tomonidagi (server-side).
    Klient tomonidagi sstenariylar foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan ma’lumotlarni to’g’riligini serverga murojaat qilmasdan tekshiradi. Ko’p hollarda bu sstenariylar JavaScript va VBScript tillarida yoziladi.
    Server tomonida bajarilishi kerak bo’lgan sstenariylar odatda sayt papkasining ichidagi maxsus papkaga joylashtiriladi.
    Ssenariyli tillar. "Klient-server" texnologiyasi
    Hozirda Web-sahifaning rivojlanishi yanada interaktiv pog’onasiga chiqqan. Web-saytlar asta sekinlik bilan ilovalar interfeysiga o’xshab bormoqda. Bularning barchasi zamonaviy Web-dasturlash texnologiyasi yordamida amalga oshmoqda.
    Web-dasturlash texnologiyalarini, dasturlarini asosan ikkita qismga ajratish mumkin: klient tomonidagi dasturlarlash (client-side) va server tomonidagi (server-side). Ushbu texnologiyalarni tushunish uchun avvalo bevosita "klient-server" texnologiyasini tushunish kerak.
    Web-sahifaning interaktiv dasturi ssenariy deb ataladi.
    Bunday atama dasturning natijasiga bog’liq holda vujudga kelgan. Uning asosiy vazifasi Web-sahifasida foydalanuvchi holatiga, harakatiga «reaksiya» berishdir.
    Shu tariqa sstenariylar klient tomonida bajariluvchi va server tomonida bajariluvchi sstenariylarga bo’linadi. Klient tomonida bajariluvchi sstenariylar brauzer yordamida bajariladi. Server tomonida bajariluvchi sstenariylar esa Web-server yordamida bajariladi.

    Download 1,13 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1,13 Mb.