Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari




Download 217,5 Kb.
bet8/26
Sana13.06.2024
Hajmi217,5 Kb.
#263355
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
Soliyeva Malohat diplom ishi

Dt Bino va inshootlar Kt Тugallanmagan ishlab chiqarish

1.4.Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari


Ma’lumki, asosiy vositalarni ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat mo-baynida ishlatilishi, ularni ana shu muddat mobaynida tabiiy kuchlar ta’siri ostida jismoniy, ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida esa ma’naviy eskirishiga olib keladi. Shu nuqtai nazardan, buxgalteriya tamoyillariga muvofiq asosiy vo-sitalarning qiymati ularni ana shu taxmin qilinayotgan ishlatish muddati mo-baynida, ular foyda keltiradigan hisobot davri davomida teng ravishda taqsim-lanishi (hisobdan chiqarilishi) kerak. Bu jarayon eskirish deb ataladi.


Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning asosiy vazifasi - uzoq muddatda foydalanadigan moddiy aktivlar qiymatini taxmin qilinayotgan xizmat muddati davomida qo’llaniladigan tizimli va ratsional yozuvlar asosida taqsimlashdir. Bu erda quyidagi muhim holatlarga alohida e’tibor berish lozim:

  • barcha uzoq foydalaniladigan aktivlar (erdan tashqari) cheklangan ishlatish (xizmat) muddatiga ega bo’lib, ularning qiymati barcha ishlatilish muddati yillari davomida xarajatlarga taqsimlanishi kerak. Aktivlarning xizmat muddatini cheklanganligining asosiy sabablari ularning jismoniy va ma’na-viy eskirishidir. Asosiy vositalar ko’pincha jismoniy eskirishga ulgur-masdan, ma’naviy eskirib qoladi. Buxgalterlar odatda jismoniy va ma’naviy eskirish o’rtasida farqni ajratmaydilar, chunki ularni asosiy vositalarning foydalanish muddati qiziqtiradi;

  • buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan “eskirish” iborasida jismoniy eski-rish berilgan vaqt mobaynida ob’ektlar bozor qiymatining pasayishini emas, balki asosiy vositalarning qiymatini ularning foydali faoliyati vaqtida hisobdan chiqarish deb tushuniladi. Atama asosiy vositalarning qiymatini xarajatlarga doimiy ravishda olib borilishini aks ettirish uchun ishlatiladi;

  • eskirish qiymatni baholash jarayoni hisoblanmaydi. Buxgalteriya yozuvlari tannarxni aniqlash tamoyillariga muvofik olib boriladi va shunday qilib, ular baho darajasini hisoblash indikatori bo’lib xizmat qila olmaydi. Agarda foydali bitim va bozor kon’yukturasining o’ziga xosligi natijasida bino yoki boshqa aktivning bahosi oshganda ham shunga qaramay amortizatsiya hisoblashni davom ettirish kerak, chunki bu baholashning emas, balkim avvalgi qilingan xarajatlarni taqsimlash natijasi hisoblanadi.

Asosiy vositalarning eskirish miqdorini hisoblashga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Bular asosiy vositalarning:

  • boshlang’ich qiymati;

  • qoldiq qiymati (tugatish qiymati);

  • eskirish hisoblanadigan qiymati;

  • taxmin qilinayotgan foydalanish muddati.

Asosiy vositalarga eskirishni hisoblash turli usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Soliq Kodeksida asosiy vositalarga eskirish hisoblashning bir tekisda hisobdan chiqarish usuli tavsiya qilingan bo’lsa-da amaliyotda uning boshqa usullarini ham qo’llash mumkin. Хalqaro amaliyotda asosiy vositalarga es-kirish hisoblashning quyidagi usullari qo’llaniladi:

  • bir tekisda (chiziqli) eskirishni hisoblash usuli;

  • bajarilgan ish hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash (ishlab chiqarish) usuli;

  • tezlashtirilgan eskirishni hisoblash usullari:

    • kamayib boruvchi qoldiq usuli;

    • kumulyativ (sonlar yig’indisi ) usuli.

Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning yuqoridagi sanab o’tilgan usul-lari mazmuni bilan batafsil tanishib chiqamiz.

Download 217,5 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Download 217,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari

Download 217,5 Kb.