|
Assembler so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, yig'uvchi, jamlovchi ma'nolarini anglatadi
|
bet | 3/5 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 14,61 Kb. | | #240675 |
Bog'liq Assembler so\'zi ingliz tilidan olingan bo\'lib, yig\'uvchi, jamlov-fayllar.orgtlink misol.obj
4-bosqich.Tuzilgan dasturning xotira maydonida joylashgan holati, uning haqiqiy mashina kodida ifodalanishi va buyruq formatini o‘rganish uchun uni TD (Turbo Debugger) muharririda ishga tushirish.
td misol.exe
Assembler tilining dastur tarkibi
Assembler dasturlash tilining dastur tarkibi hotira blok jamlanmalardan iborat bo’ladi, shunday bloklar hotira segmenti deb nomlanadi. Dastur bitta yoki bir qancha blok-segmentlardan tashkil topishi mumkin.
Assembler tilinig qator-gapi to’rt ko’rinishida bo’lishi mumkin:
1) buyruq yoki yo’riqnoma (instruktsiya) – mashina kodining belgili ko’rinishini tasvirlaydi. Translyatsiya jarayonida assembler yo’riqnomalari mos mikroprotsessor tizim buyruqlariga o’zgartiriladi.
2) makrobuyruq (qism dastur) – dastur matni konstruktsiyaning aniq bir ko’rinishida rasmiylashtirish qaysiki dasturnu bajarish jarayonida almashtiriladi.
3) direktiva – assembler translyatoriga qandaydir amallarni bajarishni ko’rsatkichi hisoblanadi va u mashina ko’rinishida ifodalab bo’lmaydi, ya’ni analogi mavjud emas.
4) izoh qatori – har qanday belgilardan topgan majmua. Izohlar translyator tomonidan inkor qilinadi.
Assembler dasturlash tilining sintaksisi.
1.–rasm. Assembler dasturining gap-qator sintaksis diagrammasi
2.–rasm. Direktiva formati
3.–rasm. Buyruq va makrobuyruq formati
Nishon – bu identifikator, qaysi kirish dastur matni qatorining birinchi bayt hotira manzili qiymati anglatadi;
Ism – identifikator, qaysi bir hil nomli direktivalarning ushbu direktivaning farqli belgisidir;
Operatsiya kodi(OPK) va direktiva – bu mashina buyrug’ining, makrobuyrug’ining va translyator direktivasining mos mnemonik belgilanishidir;
Operand – buyruq, makrobuyruq va assembler direktivasining qismi bo’lib, ular ustuda amal bajarish ob’ektlarni anglatadi. Assembler operandlari sonli ifoda, matnli konstanta, o’zgaruvchi identifikatori, nishon yoki tilning rezervli kalit so’zlari sifatida tavsiflanadi.
Assembler tilining dastur matnini kiritish uchun quyidagi belgilardan foydalanish mumkin:
Lotin alifbosining harflardan (A–Z, a–z). Ammo kompilyatorlar uchun katta va kichik harflar farqlanmaydi.
Arab raqamlari (0,1,2,3,4,5,6,7,8,9).
Maxsus belgilar (?, @, $, _,&).
Ajratgichlar (, . ; : [ ] ( ) <> { } + / * % ! ' " ? \ = # ^).
|
| |