• 1-bosqich.
  • 3-bosqich.
  • Assembler so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, yig'uvchi, jamlovchi ma'nolarini anglatadi




    Download 14,61 Kb.
    bet2/5
    Sana17.05.2024
    Hajmi14,61 Kb.
    #240675
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Assembler so\'zi ingliz tilidan olingan bo\'lib, yig\'uvchi, jamlov-fayllar.org

    Lazy Assembler - TASM ning rivojlantirilgan versiyasi, yangi buyruq protsessorini o‘zida mujassamlashtirgan;
    FASM (Flat Assembler) - MSDOS, Windows, Linux kabi operatsion tizimlarda ishlayoladigan, 16-, 32- hatto 64-razryadli protsessorlar uchun ham qulay ish muhitiga ega bo‘lgan kompilyator.
    NASM (Netwide Assembler) - bu ham LINUX/BSD asosida ishlaydi;
    TASM (Turbo Assembler) - Borland firmasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, u 16/32-bitli mikroprotsessorlar uchun yozilgan dasturlarni kompilyatsiyalashda qo‘llaniladi. Bu kompilyator bevosita MS DOS muhitida ishlaydi. Turbo Assemblerning bir vaqtda ikkita versiyasidan foydalanish mumkin - tasm.exe va tasmx.exe.
    Avvalo, Assemblerda tuziladigan dasturlarni qayta ishlash (exe-faylga aylantirish) uchun uni translyatsiya jarayoniga tayyorlash kerak. Dasturni bajariluvchi faylga translyatsiya qilish va uni protsessorning joriy holatida qadamba-qadam bajarilishini nazorat qilish hamda o‘rganish jarayoni to‘rt bosqichni o‘z ichiga oladi.
    1-bosqich. Dastlabki (boshlang‘ich) dastur matni tayyorlanadi va u biror xxxx.asm fayl ko‘rinishida tegishli katalogda (albatta TASM paketi katalogida) saqlab qo‘yiladi;
    2-bosqich. TASM translyatori orqali dastur assemblerlanadi, natijada xxxx.obj kengaytmali obyektli fayl hosil qilinadi. (Obyektli fayl - bu dasturning ikkili-kod ko‘rinishida tasvirlanishidir).
    tasm misol.asm
    Agar dastur bir nechta mustaqil fayllardan (alohida modullardan) iborat bo‘lsa, assemblerlash jarayoni bu dasturlarning har biri uchun alohida bajariladi.
    Agar dastlabki dastur matnida avvaldan xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa yoki translyatsiya qilish jarayonida biror xatolikka yo‘l qo‘yilsa, u holda assemblerlashdan keyin ekranga bu xatoliklar haqidagi xabar chiqadi.
    Xatolar bartaraf qilingan taqdirda translyatsiyani takroran amalga oshirish zarur bo‘ladi.
    3-bosqich.Dasturni yig‘ish (kompanovkalash). Bu ish Turbo Linker yig‘uvchisi (bog‘lanish muharriri) orqali amalga oshiriladi va nihoyat xxxx.exe yoki xxxx.com kengaytmali bajariluvchi fayl hosil qilinadi.

    Download 14,61 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 14,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Assembler so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, yig'uvchi, jamlovchi ma'nolarini anglatadi

    Download 14,61 Kb.