|
Assembler tili haqida tushuncha Massiv haqida tushuncha Assembler tilida massivlar
|
bet | 1/2 | Sana | 31.12.2023 | Hajmi | 2,29 Mb. | | #129258 |
Bog'liq alimov mikro protsessor 2-mustaqil ish olimjonova
Mavzu: Assembler tilida massivlarni qayta ishlashni o'rganish
Reja:
Assembler tili haqida tushuncha
Massiv haqida tushuncha
Assembler tilida massivlar
Massivlarni qayta ishlashni o'rganish
Assembler so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, yig'uvchi/ jamlovchi ma'nolarini anglatadi. Assemblerda yoziladigan dasturlar hamma dasturlash tillarida bo'lgani kabi, oddiy matn sifatida matn muharrirlari orqali yoziladi. Aslini olganda assembler ham bir dastur bo'lib, u berilgan matndagi assembler buyruqlarini mashina buyruqlariga o'giradi. Bu til quyi darajali til deb atalishining sababl shuki, assembler tili mashina tiliga juda yaqin ko'rinishga ega. Undagi har bir vazifa, topshiriq, amal (amal deganda, arifmetik amallami bajaradigan buyruqlar ko'zda tutiladi) yoki buyruq aniq bir mashina darajasidagi buyruqqa to'g'ri keladi, ya'ni assemblerdagi har bir buyruq mos ravishda o'z yagona mashina kodiga ega. Masalan, yuqori darajali dasturlash tillaridagi ma'lum bir ¡foda yoki buyruq mashina tilidagi 10-15 ta yaqin mashina buyruqlari bilan ifodalanadi. Shuning uchun ham assembler boshqa dasturlash tillari kompilyatorlaridan soddaroqligi bilan ajralib turadi.
MASSIV so'zi dasturlash tillariga ham bog'liq.C# dasturlash tilida kompyuter xotirasiga bir o’zgaruvchi yordamida bir nechta qiymatlarda foydalanishga to’g’ri keladi. Bir o’zgaruvchi bilan bir nechta qiymat ustida amallar bajarish uchun berilgan ma’lumotlar bir turga mansub bo’lishi kerak. C# dasturlash tilida bir o’zgaruvchi yordamida bir nechta qiymatlardan foydalanish uchun massiv degan turdan foydalaniladi. Dasturlash tillarida ro’yxat yoki jadval ko’rinishidagi ma’lumotlarni massiv deb atashadi. Massiv so’zining ma’nosi o’lcham, o’lchov demakdir. Massivning barcha elementlari bitta turga mansub bo’lib, ular bitta nom bilan nomlanadi va bir-birlaridan nomerlari (indekslari) bilan farq qiladi.
Massivlar haqida tushuncha. Massiv – bu bitta nom ostida birlashtirilgan, bir xil tipdagi elementlar guruhi sifatida taqdim etilgan ma’lumotlar to‘plamidir.
Bir xil turdagi, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashda massivlardan foydalanish qulay hisoblanadi. Massiv ma’lumotlarining bitta yacheykasi massiv elementi deyiladi. Massiv elementlari har qanday turdagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin (Butun yoki haqiqiy sonlar, satrlar, sanalar va boshqalar). Massivlar bir yoki bir nechta o‘lchovlarga ega bo‘lishi mumkin, ya’ni bir o‘lchovli, ikki o‘lchovli, uch o‘lchovli va n o‘lchovli massivlarga bo‘linadi. Dasturlashda ko‘pincha bir o‘lchovli va ikki o‘lchovli massivlardan foydalaniladi. Ushbu mavzuda bir va ikki o‘lchovli massivlar bilan ishlashni ko‘rib chiqamiz.
Massivlarni tavsiflash va ulardan foydalanish. 3.9 - jadvalda 8 ta elementdan iborat bo‘lgan haqiqiy qiymatlar keltirilgan. Ushbu jadvaldagi ma’lumotlar bir o‘lchovli massivga misol bo‘ladi. Massivning ma’lum bir elementida saqlangan ma’lumotlariga massiv nomini va indeksi yordamida murojaat qilinadi.
C++ dasturlash tilida massivlar
3.9-jadval. Bir o‘lchovli massiv
Tartib raqam 0 1 2 3 4 5 6 7
qiymat 8.21 -0.52 6.71 1.09 -21.76 7.07 3.13 -15.11
Endi dasturdagi ma’lumot strukturalari bilan tanishishni boshlaymiz. Dasturda ikki asosiy tur ma’lumot strukturalari mavjuddir. Birinchisi statik, ikkinchisi dinamikdir. Statik deganimizda xotirada egallagan joyi o’zgarmas, dastur boshida beriladigan strukturalarni nazarda tutamiz. Statik massivlar elementlar soni oldindan ma’lum bo’lgan va initsializatsiyalangan (qiymat belgilangan) massivlar hisoblanadi. Dinamik ma’lumot tiplari dastur davomida o’z hajmini, egallagan xotirasini o’zgartirishi mumkin. Dinamik massivlar esa elementlari soni oldindan ma’lum bo’lishi va uni initsializatsiyalash (qiymat belgilash) shart emas. Statik massivlarning kamchiliki shundaki, agar ularning o’lchamini oldindan juda katta olinsa-yu, uning ko’p qismi keraksiz qolib ketsa, u holda xotira behuda sarflanishiga olib keladi. Shu muammoni hal qilish maqsadida massivlar C# tilida asosan dinamik tarzda e’lon qilinadi. Massivlar dasturlashda eng ko’p qo’laniladigan ma’lumot tiplaridir. Massivlar hotirada ketma-ket joylashgan, bir tipdagi o’zgaruvchilar guruhidir. Alohida bir o’zgaruvchini ko’rsatish uchun massiv nomi va kerakli o’zgaruvchi indeksini yoziladi.
Agar massivni tavsiflashda uning o‘lchami aniq berilsa, u holda massiv statik deb nomlanadi. Quyida C ++ dasturlash tilidagi bir o‘lchovli statik massivlar bilan tanishib chiqamiz.
Bir o‘lchovli massivlar. Bir o‘lchamli massivni e’lon qilish quyidagi ko‘rinishda yoziladi:
[ elementlar_soni ] = { boshlang‘ich qiymatlar };
|
| |