|
Assimmetrik shifrlar Reja
|
bet | 1/5 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 79,21 Kb. | | #257400 |
Bog'liq kompyuter injiniringi fakulteti axborot xavfsizligi kafedr
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG’ONA FILIALI
"KOMPYUTER INJINIRINGI" FAKULTETI
" AXBOROT XAVFSIZLIGI " KAFEDRASI
" KIBER XAVFSIZLIK "
FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: Saidxonov Islomxon
____________________
Qabul qildi:
FARG’ONA -2020
Reja 1.Shifrlashlar haqida tushuncha. 2.Assimmetrik shifrlash haqida tushuncha. 3.Assimetrik shifrlar
Kriptografik tizim – ochiq matnni akslantirishning T oilasini o’zida mujassamlashtiradi. Bu oila a’zolari k bilan indekslanadi yoki belgilanadi. k parametr kalit hisoblanadi. K kalitlar fazosi – bu kalitning mumkin bo’lgan qiymatlari to’plami. Odatda kalit alifbo harflari ketma-ketligidan iborat bo’ladi.
Kriptotizimlar simmetrik va ochiq kalitli tizimlarga bo’linadi.
Simmetrik kriptotizimlarda shifrlash va shifrni ochish uchun bitta va aynan shu kalitdan foydalaniladi.
Ochiq kalitli kriptotizimlarda bir-biriga matematik usullar bilan bog’langan ochiq va yopiq kalitlardan foydalaniladi. Axborot ochiq kalit yordamida shifrlanadi, ochiq kalit barchaga oshkor qilingan bo’ladi, shifrni ochish esa faqat yopiq kalit yordamida amalga oshiriladi, yopiq kalit faqat qabul qiluvchigagina ma’lum.
Kalitlarni tarqatish va kalitlarni boshqarish terminlari axborotni akslantirish tizimlari jarayoniga tegishli. Bu iboralarning mohiyati foydalanuvchilar o’rasida kalit yaratish va tarqatishdir.
Shifrlash kriptotizimining umumlashtirilgan sxemasi
Uzatiluvchi axborot matni M kriptografik o’zgartirish Yek1 yordamida shifrlanadi, natijada shifrmatn C olinadi:
Kriptotizimlarning ikkita sinfi farqlanadi:
simmetrik kriptotizim (bir kalitli);
asimmetrik kriptotizim (ikkita kalitli).
|
| |