Tushunchalar
|
Mazmuni
|
Obyekt
|
|
Model
|
|
Modellashtirish
|
|
|
dasturiy muhit vositalari bilan ifodalangan matematik model
|
Matematik modellar
|
|
Verbal modellar
|
|
|
modellashtirish obyektlarining moddiy nusxalari
| 1-rasm. “Tushunchalar tahlili” metodining topshiriqlari
O‘quvchilar yakka tartibda yangi mavzu bo‘yicha yuqoridagi topshiriqlarda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar. Mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalar yoniga egallagan bilimlari asosida izoh yozadilar (berilgan tushunchalarni qanday tushungan bo‘lsalar shunday). O‘qituvchi topshiriqda berilgan tushunchalarni o‘qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to‘g`ri izohni belgilaydi va ekranda slayd orqali tanishtiriladi (2-rasm).
Tushunchalar
|
Mazmuni
|
Obyekt
|
(lot. objectum — narsa, anjom) haqiqatda mavjud bo 'lgan,
kuzatuv (o‘rganish) jarayonining va subyektning (kuzatuvchining) e’tibori qaratilgan narsa (predmet), jarayon(voqea), hodisa.
|
Model
|
(lot. modulus – o‘lchov, me’yor) – biror haqiqiyobyektyoki obyektlar tizimining obrazi yoki nusxasi bo‘lib, u izlanish olib
borilayotgan sohaning ma'lum talablariga javob berishi zarur
|
Modellashtirish
|
bilish obyektlari (fizik hodisa va jarayonlar)ni ularning modellari yordamida tadqiq qilish, mavjud predmet va hodisalar modellarini
yasash va o‘rganishdan iborat jarayon.
|
Kompyuter modeli
|
dasturiy muhit vositalari bilan ifodalangan matematik model
|
Matematik modellar
|
obyektning tuzilishi va o‘zaro bog‘lanish qonuniyatlarining matematik munosabatlari, formulalari va matematik-mantiqiy
tavsifidan iborat.
|
Verbal modellar
|
og‘zaki yoki fikr shaklidagi axborot modeli
|
Moddiy modellar
|
modellashtirish obyektlarining moddiy nusxalari
| 2-rasm. Topshiriqlar izohlari.
“Tushunchalar tahlili” metodidan bir darsning o‘zida dars boshlanishida o‘tgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash yoki yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning dastlabki bilimlari, qanday tushunchalarni egallaganliklari va shu darsning oxirida bugungi mavzudan nimalarni bilib olganliklarini aniqlash uchun ham foydalanish mumkin.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak kafolatli natijalarga erishishdir, bu talabni yuzaga keltirishda pedagogik texnologiyalar to‘la ishonchli vosita bo‘la oladi.
Umumiy holda xulosa chiqarish mumkinki, zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li - bu mashg‘ulotlarni innovatsion metodlar yordamida tashkil etish va o‘quv jarayonida foydalanishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti. 2021 yil.
Umumiy o‘rta ta`limning Milliy o‘quv dasturi. Informatika va AT. 2021 yil.
Informatika va axborot texnologiyalari. 9-sinf: O‘qituvchilar uchun o‘quv- metodik qo‘llanma. M. R. Fayziyeva, D. M. Sayfurov. – Тoshkent: Тasvir, 2020.
– 112 b.
R. Ishmuhamedov, M. Yuldashev. “Ta`lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. Talim tizimi xodimlari, metodistlar, o‘qituvchilar, tarbiyachi va murabbiylar uchun qo‘llanma. - Тoshkent: “Adabiyot uchqunlari”, 2017. - 368 b
www.iupr.ru
"Экономика и социум" №6(109)-1 2023
|