Madraximov Sh.Sh. assistent o‘qituvchi
Qo’qon DPI
INFORMATIKA VA AT FANINI O‘QITISHDA TUSHUNCHALAR TAHLILI METODINI QO‘LLASH HAQIDA
Annotatsiya. Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari 9-sinflarida mashg‘ulotlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish metodikasi yoritilgan.
Kalit so‘zlar: umumiy o‘rta ta’lim maktablari, interfaol metod, texnologiya, “Tushunchalar tahlili” metodi, ijodiy fikrlash, samaralilik.
Madrakhimov Sh.Sh. assistant teacher Kokand DPI
ON THE APPLICATION OF CONCEPT ANALYSIS METHOD IN TEACHING INFORMATICS AND IT SCIENCE
Аnnotation. This article discusses the conduct of lessons in the 9th grade of a comprehensive school based on modern pedagogical technologies.
Keywords: general secondary education, interactive method, technology, “Analisis of concepts” method, creative thinking, efficiency.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning asosiy maqsadi - o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan iborat va olgan bilimlarini hayotda tatbiq etishga o‘rgatishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari ta’limining asosiy vazifalari:
o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni amaliyotda qo‘llash haqida bilimlar berish;
o‘quvchilarni aqliy rivojlantirish, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlash
qobiliyatini shakllantirish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini o‘rgatib borish orqali ularda umuminsoniy qadriyatlarga rioya etishni rivojlantirishga qaratilgan va ta’lim-tarbiya olishning keyingi bosqichlarida davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. [1: -B. 24].
Informatika va AT fanini o‘qitishning konseptual asoslari sifatida shuni qayd etish joizki, informatika fanini zamonaviy talablar asosida o‘rganish: