|
At "Ipoteka-Bank"
|
bet | 5/12 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 84,91 Kb. | | #160160 |
Bog'liq At Ipoteka-Bank III. BANK OPЕRASIYALARI
3.1. Bank o'z faoliyatini tijorat asosida amalga oshiradi va Bankning faoliyat maqsadi
foyda olishdir.
3.2. Bank operasiyalarni bajarish va pul mablag'larini saqlash uchun Markaziy bank
muassasalarida vakillik hisobvaraqlariga ega. Bank boshqa banklarda vakillik
hisobvaraqlarini ochishi mumkin.
3.3. Bank o'z faoliyatida quyidagi bank operasiyalarini amalga oshiradi:
- jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisob-
varaqlarini ochish va yuritish, hisob varaqlar bo'yicha hisob-kitob qilish va kassa
xizmatlarini ko'rsatish;
- omonatlarni jalb etish;
- kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o'z mablag'lari
va jalb etilgan mablag'lar hisobidan o'z nomidan kreditlar berish;
- mablag' egasi yoki mablag'ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul
mablag'larini boshqarish;
- chet el valyutasini naqd pul va naqd bo'lmagan pul shakllarida yuridik hamda
jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish;
- pul mablag'lari, vekcellar, to'lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish;
- uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi
kafolatlar berish;
- uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish; qimmatli qog'ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni
saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog'ozlarni boshqarish,
qimmatli qog'ozlar bilan boshqa operasiyalarni bajarish;
- Bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmatini ko'rsatish;
- jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus
binolar yoki binolar ichidagi po'lat sandiqlarni ijaraga berish;
- xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan eksport-import va boshqa operasiyalar
bo'yicha mijozlarning to'lovlarini amalga oshirish;
- elektron plastik kartochkalarni joriy qilish va mijozlarga elektron bank
xizmatlarini ko'rsatish;
- moliyaviy lizing xizmatlari;
- moliyalashtirish va kreditlar berish bo'yicha chet el investisiyalarini va grantlarni
jalb qilish;
- xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, lisenziyada maxsus ko'rsatilgan boshqa
operasiyalarni bajarish.
3.4. Bank qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni qonunchilikda belgilab
qo'yilgan tartibda amalga oshirish huquqiga ega.
3.5. Bank bevosita ishlab chiqarish, savdo va sug'urta faoliyati bilan shug'ullanishga
haqli emaslar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
3.6. Bank yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag'larini jalb qiladi va ularni
depozit hisobvaraqlarida (talab qilib olinguncha, jamg'arma, muddatli va boshqa turdagi
depozit hisobvaraqalarda) va boshqa majburiyatli hisobvaraqalarda saqlaydi.
3.7.Bankning mijozlar va boshqa kontragentlar bilan o'zaro munosabatlari shartnoma
asosida tartibga solinadi.
3.8.Chet el valyutasidagi operasiyalar Markaziy bank tomonidan berilgan Bosh lisenziya
va Markaziy bank tomonidan belgilangan qoidalar asosida amalga oshiriladi.
|
| |