3.3-rasm. ―Vishay Semikonductor kompaniyasining TCND-5000 markirovkali sensori.
3.3-rasmdagi taxomerni tanlashimizning ham o’ziga yarasha sabablari bor. Ushbu uskuna juda ko’plab sinovlardan muofaqiyatli o’tgan. Ya‘ni bularga misol qilib shuni aytishimiz mumkinki nur chiqarish va uni qabul qilishda uskunaning korpusi izolyatsiyalangan, shuningdek svetodiotlari kattaroq bo’lgan tok kuchiga ham dosh bera oladi bu esa o’z navbatida uskunani uzoqroq bo’lan masofada ham o’rnatish imkonini beradi.
Bu qurilmaning ham o’ziga yarasha kamchiliklari mavjud: infra qizil nur qaytish jarayonida o’zi bilan dvigateldan chiquvchi shovqinni ham olib keladi, bundan tashqari esa unga tashqi ta‘sirlar (yorug’lik faktorlari) ta‘sir qiladi. Shuning uchun uni tashqi tasirga adaptatsiyalash va shovqin darajasini kamaytirish uchun oldindan hisoblab topilgan masofada o’rnatish tavsiya etiladi.
Quyidagi 3.4-rasmda infra qizil sensoridan chiquvchi analog signalning diagrammasi keltirilgan.
3.4-rasm. Analog signalning diagrammasi.
Bu kabi tashqi tasirlar mikrokontrollerda hisoblash ishlarini olib borishida to’sqinlik qilishi mumkin. Bu o’z navbatida M.K. ning mavjud bo’lagan komporatorlarini ishlatishga to’sqinlik qiladi, bizga esa bu qiyinchilik tug’diradi chunki biz kelayotgan signalni yana qayta ishlashimizga to’g’ri keladi.
Bu masalani yechimini toppish uchun o’rta hisobdagi intensivlikni baxolash orqali hal etishga to’g’ri keldi. Bunda maksimal va minimal tebranishlarning intensivligini olish qulay deb topildi, buning uchun o’rta intensivlikka ―gistorezis ishlatish orqali amalga oshirildi.
Gistorezis ko’plab hosil bo’lishi mumkin bo’lgan shovqin impulslarni yo’qotish uchun hizmat qiladi. Uning ishlash algoritimi 3.5-rasmda keltirilgan:
3.5-rasm. Tashqi ta‘sirlarni kompensatsiya qilish.
Yuqorida taxometrga kiruvchi tashqi tasirlarning yechimi bilan tanishib chiqdik. Endi esa taxometr bilan M.K. o’rtasidagi bogliqlikka to’xtalib o’tsak. Dvigatelning aylanishlar sonini sanash uchun M.K. ikkita ―timer ni ishlatadi,
―timer 0 ШИМ rejimiga sozlanib oladi (yorug’likni boshqarish uchun), ―timer 1 esa aylanishlar sonini sanash uchun ishlaydi.
|