Atmega328 texnik parametrlari




Download 1,66 Mb.
bet2/9
Sana19.01.2024
Hajmi1,66 Mb.
#141179
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
14 mavzu (1)

1.1-rasm. Mikroprotsessor struktur sxemasi.
1970-yillarda katta integral sxemalar ishlab chiqarilishi bilan protsessorlarni oddiy protsessorlar va mikroprotsessorlarga ajratish boshlandi.
Agarda TSPU kristalliga tezkor va doyimiy xotira (OZU, PZU), taymerlar, schetchik sanagichlar, analog-raqamli va raqamli-analog o’zgartirgichlar (ATSP, TSAP), interfeys uzellari va kirish/chiqish portlarini qo’shadigan bo’lsak mikroprotsessor mikrokontrollerga aylanadi(1.2rasm). Birinchi mikrokontroller Intel(AQSH) firmasi tomonidan 1976-yilda yaratilgan. Ilk mikrokontroller avlodi MCS-48 bo’lib, i8048 mikrosxemasi yetakchi mikrokontroller sanaladi.

1.2-rasm. Mikrokontroller struktur sxemasi.
Turli fikrlarni biriga ehtibor qilsak, mikrokontroller – bu qurilmalar interfeysi bilan tahminlangan maxsus mikroprotsessor deb qaraladi. Mikrokontroller va mikroprotsessor orasidagi asosiy farq bu – mikrokontrollerning mukammalligidir. Masalan, takt impulslari tarkibiy sixrogenerator ishlab chiqaradi, u o’z o’rnida xam avtonom xolatda, xam tashqi kvarts rezonator orqali ishlashi mumkin. Kirish/chiqish portlari o’z funktsiyalarini keng ko’lamda o’zgartirishi hamda datchiklar va ijrochi qurilmalar bilan bog’lanish imkoniga ega. Boshqaruvchi dastur tashqi xotirada emas ichki xotira(PZU)da saqlanadi. Undagi dasturni o’chirish va modifikatsiya qilish mumkin. CHunki, zamonaviy mikrokontrollerlar ko’p marttalik qayta yoziladigan FLASH xotiraga ega. Dasturlash uchun odatda mikrokontrollerni sxema panelidan ko’chirish talab etilmaydigan IS‘ (In-System-‘rogramming) interfeysi bilan tahminlangan.
Mikrokonvertor – bu Analog Devices firmasining maxsus qurilmasidir. Bu yuqori tezlikdagi analog-raqamli o’zgartirgich, mahlumotlarni qayta ishlovchi universal mantiqiy blok va ko’p razryadli raqamli-analog o’zgartirgich. Mikrokonvertor va mikrokontrollerning struktur sxemasi bir xil. Asosiy farq shundaki mikrokonvertorda ATSP–TSAP tarkibiga universal mantiqiy blok qo’shilgan bo’lsa, mikrokontrollerda raqamli xisoblash yadrosi tarkibiga ATSP– TSAP kiritiladi.
Raqamli signal protsessorlari – (ing. DSP – Digital Signal processor) xam mikrokontrollerlar turkumiga kiradi(1.3rasm). Ularning afzalligi shundaki, ular real vaqtda keng polasali signallarni qayta ishlash imkoniga ega. Bu audio/video texnikalar hamda robototexnik komplekslarni mukammal boshqaruv sistemalariga o’rinli. Belgilangan maqsadga erishish uchun ular yuqori tezkorlikdagi yadro bilan tahminlangan signal protsessori, ko’p oqimli xotira tizimi va apparat matematik kommandalarni o’z tarkibiga oladi.


1.3rasm. DS‘ struktur sxemasi.
1980-yillar boshida yaponiyaning Hitachi firmasi o’zining mikrokompyuterini taqdim etdi. Bu nom bilan ko’proq datashitlarda ―Hitachi Su‘erH mikrokompyuterlariga aytilgan.




Download 1,66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1,66 Mb.