|
Atmosfera havosini changdan tozalash usullari Javoblar savolga
|
bet | 3/4 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 37,82 Kb. | | #138954 |
Bog'liq Atmosfera havosini changdan tozalash usullari - Javoblar savolgaTexnologik tadbirlar:
Atmosfera havosini muhofaza qilishda texnologik tadbirlarning ahamiyati katta.Tekshirish natijalariga qarab, ob’ektlarga va atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindilar miqdorini kamaytirish yoki mutlaqo to‘xtatish mumkin bo‘ladi.Buning uchun sanoat korxonalaridagi texnologik jaraѐnlar takomillashtirilishi zarur.Shunda hatto chiqindisiz ѐki kam chiqindili mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi.Bunday jarayon berk jarayon bo‘lib, bunda chiqindilardan umuman bo‘lmaydi yoki chiqindilardan boshqa mahsulot ishlab chiqariladi.Fan va texnika yutuqlaridan chiqindisiz ishlab chiqarishda foydalanish aholi turar joylari havosini toza bo‘lishida katta ahamiyatga ega.Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan kam chiqindili hamda chiqindisiz sanoat korxonalarini tashkil qilish to‘g‘risida maxsus qaror qabul qilingan.Yana bir muhim masala zaharli moddalarni zahari kam bo‘lgan moddalarga almashtirishdir. Masalan, ko‘mir yoki mazut yoqib isitiladigan qozonlar gaz bilan isitilsa, atmosferaga chiqadigan zararli moddalar 70-90% ga kamayib ketadi. Xom ashyolar tarkibidagi zararli moddalarni yo‘qotish ham texnologik jihatdan muhim hisoblanadi. Texnologik jarayonlar biror daqiqa bo‘lsa ham to‘xtab qolmasligi kerak.Agar jarayon to‘xtab qolsa, chiqindilar to‘planib atmosfera havosining ifloslanishiga imkon tug‘dirishi mumkin. Atmosfera havosini mutloq ifloslanishdan xoli qilishning iloji bo‘lmasa ham, uni kamaytirish, oldini olish mumkin, bu muhandis va texnik xodimlardan hushѐrlikni talab qiladi.
Loyihalashga asoslangan tadbirlar o‘z ichiga bir qancha kompleks
holdagi masalalarni oladi:
Shahar hududini zonalarga bo‘lish;
Tabiiy changlarga qarshi kurashish;
Sanitariya- himoya chegaralarini tashkil qilish;
Turar- joylar loyihalarini takomillashtiish;
Turar- joylarni ko‘kalamzorlashtirish;
Loyihalashga asoslangan chora- tadbirlar asosan chiqindilarni atmosfera havosiga tushishining oldini olishga qaratilgan.Sanoat korxonalari shahar hududida to‘g‘ri joylashtirilishi, shahar bosh loyihasiga hamda sanitariya normalariga asoslangan holda qurilishi kerak.Sanoat korxonalari qurish uchun yer maydoni ajratilaѐtganda joining relefi, uning iqlim sharoiti,tumanlatning payda bo‘lib turish holatlariga ahamiyat beriladi.
Sanitariya-gigiyena tadbirlari sanoat korxonalari va avtotransport vositalaridan ajralib chiqadigan zararli chiqindilarni tozalash va bu usullarni takomillashtirishni o‘z ichiga oladi. Mazkur usulda qurilgan tozalash inshootlari mazkur sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan zararli omillarni kamaytirish yoki butunlay yo‘qotish bilan shug‘ullanadi.Tozalash inshootlari changlarni mexanik usulda filtrli apparatlar yordamida, elektrostatik filtrlar va namlaydigan apparatlar vositasida ushlab qoladi.
Sanoat korxonalari chiqindilaridan havoni tozalash uchun absorbsiya va adsorbsiya jaraѐnlarini bajaruvchi asboblar ishlatiladi. Bular skrubberlar, ko‘pik hosil qiluvchi apparatlar, barboterlarva boshqa moslamalardir.Atmosfera havosini tozalash yo‘lida olib borilaѐtgan ishlar atmosferaga tushaѐtgan iflosliklarni bir necha million tonnage kamaytirmoqda. Bu o‘z navbatida aholining salomatligini saqlashda ma’lum darajada ijobiy rol o‘ynamoqda. Atmosfera havosining tozaligini ta’minlash uchun kundalik sanitariya nazorati joriy qilingan.Sanoat korxonalarida kundalik sanitariya nazoratini amalga oshirish va atmosfera havosining ifloslanishining oldini olish maqsadida quyidagi chora- tadbirlar amalga oshiriladi:
Gigiyenik jihatdan talabga javob beradigan uskunalar ishlatilishi:
Texnologik jaraѐnlar vaqtida quvurlarni mahkam berkitish, ular orqali zaharli gazlar chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Xom ashyo va reaktiv sifatida foydalaniladigan kimyoviy moddalardan me’yorida foydalanish;
Korxonalarda ishlab chiqarilaѐtgan mahsulotlarni qadoqlash va boshqa jarayonlarni avtomatlashtirilishi zarur;
Texnologik jarayonlarni berk sistemaga o‘tkazish, iloji boricha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik zarur.
Eng zaruri tozalash inshootlarining samarali ishlashini ta’minlash hisoblanadi;
|
| |