Atmosferaga chiqadigan chiqindilarni tozalash muammolari




Download 37,82 Kb.
bet2/4
Sana16.01.2024
Hajmi37,82 Kb.
#138954
1   2   3   4
Bog'liq
Atmosfera havosini changdan tozalash usullari - Javoblar savolga

5.Atmosferaga chiqadigan chiqindilarni tozalash muammolari


oltingugurt (1V) oksid, azot (II) oksid fenol va boshqalarning havoni ifloslanishidan saqlashda kimѐviy usullardan foydalanish mumkin. Kimyoviy birikmalardan tarkib topgan filtrlovchi uskunalar yordamida zavod, fabrika va kombinatlardan chqadigan zaharli gazlar tutib qolinadi. Yoki turli katalizator yordamida saqlab turiladi. Sanoatning gaz holidagi chiqindilarini suyuqliklar yordamida absorbsiyalash zararli birikmalarning turli erituvchilarda tanlab erish xossasiga asoslangan bo‘lib, eng ishonchli usul hisoblanadi. Absorbsion tozalash usuli uzluksiz- yopiq jarayon bo‘lib, atmosferaga chiqariladigan uglerod oksidlari, azot oksidlari, xlor, oltingugurt birikmalari, sianli birikmalar, fenol kabi birikmalarni ushlab qolish uchun qo‘llaniladi. Absorbent sifatida suv, ammiakli suv, o‘yuvchi ishqorlar, etanolaminlar, kaliy permanganat, kalsiy sulfatning suspenziyasi, marganets oksidlari ishlatiladi.Absorbsion reaktorlar sifatida esa, to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilgan minoralar ѐki tarelkali reaktorlardan foydalaniladi. Sanoatning chiqindi gazlarini katalizatorlar yordamida tozalashning mohiyati shundaki, bunda barcha
zararli gazlar boshqa zararsiz birikmaga aylantiriladi va havoga chiqarib yuboriladi.
Fizik usullar guruhi havodagi zaharli gaz, qattiq va suyuq qo‘shilmalarni chang, tutun va boshqalarni tozalaydi.
Hozirgi vaqtda sanoat tarmoqlaridan atmosferada iflos gazlarni tozalab chiqarishda turli chang va mayda zarralarni tutib qoladigan oddiy filtrli uskunalardan foydalaniladi. Bu usullar gruppasi arzon energiya hisobiga havodagi juda mayda chang zarralarini quruq holda tutib turadi. Keyingi vaqtlarda iflos gaz va chang qo‘shilmalarini elektr filtrlar orqali ushlanib qolinmoqda. Kam elektr energiyasi sarflash oqibatida soatiga millionlab kub metr havo iflos qo‘shilmalardan toza bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda sanoat ob’ektlarini qayta qurish va ularga o‘rnatilaѐtgan chang gazlarni tutib qoladigan uskunalar korxona mahsulotlarini tejash bilan bir qatorda atrof-muhitni ifloslanishini oldini olmoqda.Shuning uchun ko‘pgina sanoat korxonalari shahardan tashqarida shamol yo‘nalishini puxta o‘rganilgan holda qurilmoqda va korxona atrofidagi keng maydonlarda daraxtzorlarda barpo etilmoqda.
Sanoat korxonalari atroflaridagi havoni chiqindilardan tozalash texnologiyasi murakkab va qimmatlidir. O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlati atmosferani muhofaza etishda bir qator tadbirlar ko‘rdi. Havoni tozalovchi uskunalar qurish, zavod va fabrikalarni uskunalar bilan ta’minlash havoni toza saqlash yo‘lida amalga oshirilaѐtgan ishlardan biridir.Masalan, “Qizilqumsement” ochiq hissadorlik jamiyati keyingi yillarda “ekologik toza” texnologiyalarni qo‘llash borasida bir qator tadbirlarni amalga oshirmoqda, jumladan changgaz tutgichlar ishini yaxshilash evaziga har bir tegirmondan atrof-muhitga chiqarilaѐtgan sement gardi sekundiga 123,9 kilogrammdan 2,19 kilogrammgacha kamaydi, buning evaziga 27 million so‘m sof foyda olindi. “Navoiyazot” hissadorlik jamiyati bir yilda atrof-muhit muhofazasi tadbirlariga 250 million so‘m sarflaydi, buning evaziga esa qo‘shimcha 200 million so‘m sof foyda olish bilan birgalikda katta miqdordagi chuchuk suvni tejashga ham erishadi. Hozirda Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatiga qarashli Markaziy kon boshqarmasining 15ta tarmoqlarida tabiat ifloslanishi oldini olish borasida keng ko‘lamdagi tadbirlar olib borilmoqda. Birgina “Muruntau” konidagi chang ushlagichlar ishini doimiy yaxshilash hisobiga har yili kondan chang ajralib chiqishi 320-340 tonnaga kamaymoqda, 2- gidrometallurgiya zavodining 1-navbatida changlarni namlab ushlab qolish natijasida har yili atmosferaga chiqadigan chang miqdori 800-815 tonnaga kamaydi. Bu olib borilgan say-harakatlar samarasi o‘laroq keyingi 10 yilda Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatiga qarashli Markaziy kon boshqarmasi ishchi-xodimlari orasida pnevmokonioz kasalligi kuzatilmagan hamda chang bilan bog‘liq bronxit kasalliklari keskin kamaygan.
Atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rmaslik uchun jinoiy jazo belgilangan bo‘lib,mansabdor shaxsning ekologiyasi ifloslangan joylarni dezaktivatsiya qilish ѐki boshqacha tarzda tiklash choralarini ko‘rishdan bo‘yin tovlashi ѐki bunday ishlarni yetarli darajada bajarmasligi odamlarning ommaviy ravsihda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar ѐki baliqlarning qirilib ketishi ѐki boshqacha og‘ir oqibatga sabab bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuzbaravarigacha miqdorda jarima ѐki besh yillikgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha qilmishlar odam o‘limiga sabab bo‘lsa, uch oydan olti oygacha qamoq ѐki muayyan huquqdan mahrum qilib besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (Jinoyat Kodeksi (J.K.) 195-moddasi).
Veterenariya va zootexnika qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik, J.K. ning 200-moddasi talablariga ko‘ra veterenariya va zootexnika qoidalarini buzish, hayvon yoki parrandalar epidemiyasi tarqalishiga, ularning yalpi qirilib ketishi ѐki boshqacha og‘ir oqibatlar keltirib chiqishiga sabab bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish huquqi bilan jazolanadi.
Butun tirik organizmlarni o‘z bag‘riga olgan tabiatda turli zararli moddalar haddan tashqari ko‘payib ketmasa, tabiiy jarayonlar ta’sirida zaharli omllar o‘z-o‘zidan zararsizlanishi mumkin. Atmosfera havosiga chiqarib tashlangan gazsimon, bug‘simon moddalar ѐki changlar oz miqdorda bo‘lsa, ular vaqt o‘tishi bilan o‘z-o‘zidan havo muhitida kuyib, zararsiz holatga o‘tib qoladi. Atmosfera havosining o‘z holicha tozalanish xususiyati juda sekinlik bilan boradi. Atmosfera havosining tozalanishida ѐg‘ingarchilik asosiy o‘rin tutadi. Havo tarkibida mavjud bo‘lgan zararli omillarni qor va yomg‘ir suvlari yuvadi.Yog‘ingarchilik qanchalik ko‘p bo‘lsa, havo tarkibi shunchalik tozalanadi.Atmosfera havosini tozalashda daraxtlar, qolaversa, o‘simliklar olamining ahamiyati katta.
Jumladan, daraxt barglari chang zarralarini, zararli gazlarni o‘ziga singdirib oladi.Havoning iflosliklardan tozalashda suv havzalarining roli ham katta. Sanoat korxonalaridan ajralib chiqaѐtgan zaharli chiqindilar o‘simliklar olamiga asoratli ta’sir ko‘rsatadi. Sanoat korxonalaridan atmosfera havosiga chiqadigan chiqindilarni kamaytirish ustida ko‘plab tadbirlar amalgam oshirilmoqda.Hozirgi kunda atmosfera havosini muhofaza qilish uchun uchta tadbirni amalgam oshirish ko‘zda tutilgan. Bular texnologik, loyihalash, sanitariya-texnika tadbirlaridir. Mazkur tadbirlar amalga oshirilsa, atmosfera havosining ifloslanishini ruxsat etiladigan darajada ta’minlash mumkin bo‘ladi.

Download 37,82 Kb.
1   2   3   4




Download 37,82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atmosferaga chiqadigan chiqindilarni tozalash muammolari

Download 37,82 Kb.