Kirish
Mustaqillik yillarida barcha sohalar qatorida qishloq xo’jaligi
sohasini
rivojlantirishga xam aloxida g’amxo’rlik ko’rsatilmoqda. Bu borada ayniqsa, fermerlik
harakatini qo’llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor tufayli qishloq mulkdorlari
mahsulot yetishtirish
bilan chegaralanib qolmay, uni qayta ishlash, ichki iste’mol
bozorini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’ldirish, aholini bandligini ta’minlashga
xam munosib hissa qo’shishmoqda. Mamlakatimizda qishloq xo’jaligida
amalga
oshirilayotgan tub isloxot va o’zgarishlar natijasida, qishloq xo’jaligi
mahsulotlari
ishlab chiqarish xajmi 2 barobardan ziyod oshdi, aholi jon boshtga to’g’ri keladigan
go’sht iste’moli 1,3 barovar, sut va sut mahsulotlari 1,6 barobar, kartoshka 1,7 barobar,
sabzavotlami 2 martadan ziyod, mevalar iste’moli qariyb 4 barobarga oshdi.
Respublikamizda xar yili 16 million tonnaga yaqin meva va sabzavot yetishtirilraoqda.
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 27-dekabrda
1754-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil “Mehnatni
muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib
chiqish va ishlab chiqish
to‘g‘risida”gi 267-sonli
qarori
bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilish qoidalari
va normalarini qayta ko‘rib chiqish va joriy etish dasturi” ijrosi va O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligining 2007-yil 6-iyundagi 20-15-142/22-sonli xati ijrosini
ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. “Vino ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnat muhofazasi
qoidalari
”
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
3. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2007-yil 28-
maydagi “Vino ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnat muhofazasi qoidalari”ni
tasdiqlash haqidagi 14-27-sonli buyrug‘i bekor qilinsin.