1 §. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil qilish, o‘qitish va bilimlarini
sinovdan o‘tkazish
9. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi
ishlarni tashkil qilish
“Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risidagi Namunaviy
nizom”ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Oldingi
tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi
Qonunining
12-moddasiga
muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi,
xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har
bir tashkilotda mehnatni
muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan
nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi
yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan
mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza
qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis
lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi
tomonidan mazkur tashkilot
faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari
vazirining 2019-yil 3-iyundagi 25-2019-B-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 1754-3,
24.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2019-
y., 10/19/1754-3/3325-son)
11. Korxonalarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tuziladi) va
yuritiladi:
a) mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilishni yaxshilash,
sanitariya-
sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy
shartnoma;
b) tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya
qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
v) mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
g) ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq
berish va
bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
d) mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini
yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
e) ishchi va xizmatchilar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-
texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi.
12. Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va
ish turlari bo‘yicha davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va muddatlarda o‘qishlari,
yo‘l-yo‘riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan o‘tkazishlari
hamda qayta
attestatsiyadan o‘tishlari lozim.
13. Bevosita ishlab chiqarishda ishlarni tashkillashtirish va bajarish bilan
bog‘liq ishchilar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish
bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish “Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni
tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi Namunaviy
nizom
”ga muvofiq amalga
oshirilishi lozim (1996-yil 14-avgust, ro‘yxat raqami 272 — Me’yoriy hujjatlar
axborotnomasi, 1996-yil).
14. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari
“Mehnatni
muhofaza
qilish
bo‘yicha
yo‘riqnomalarni
ishlab
chiqish
to‘g‘risidagi
nizom
”ga (2000-yil 7-yanvar, ro‘yxat raqami 870 — Me’yoriy hujjatlar
axborotnomasi, 2000-yil) muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini
shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tuzilmaviy bo‘linmalar
rahbarlari zimmasiga
yuklatiladi.
15. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq
ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni o‘rganish va
hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-
iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz
hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni o‘rganish
va hisobini yuritish
to‘g‘risidagi
nizom
”ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Oldingi
tahrirga qarang.
16. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy
ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
nizom
(ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-
avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari
vazirining 2019-yil 3-iyundagi 25-2019-B-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 1754-3,
24.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2019-
y., 10/19/1754-3/3325-son)