20. Ish hududiga yoki atrof muhitga zararli moddalarni bug‘, gaz, chang
ko‘rinishida ajratishi mumkin bo‘lgan texnologiyalardan
foydalanishda ularning
kimyoviy va mikrobiologik tarkibi va GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi.
Umumiy sanitariya-gigiyenik talablar” (mazkur Qoidalarning
1-ilovasida
keltirilgan)
bo‘yicha ruxsat etilgan eng ko‘p miqdori ko‘rsatilgan to‘liq ro‘yxati tuzilishi lozim.
21. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki
xavfli va zararli omillar
yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab
chiqarish uskunalarini joriy qilishda ro‘yxatlarga tegishli o‘zgartirishlar
kiritilishi
lozim.