texnologiyalar joriy qilinganda amal qilish muddati tugashidan oldin qayta ko‘rib
chiqilishi mumkin. Qoidalarga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazkur
Qoidalar kelishilgan vazirliklar hamda idoralar bilan majburiy
tartibda kelishilishi
shart.
Keyingi
tahrirga qarang.
6. Mazkur Qoidalar joriy qilinishi bilan avvalgi qoidalar o‘z kuchini yo‘qotadi.
7. Mazkur Qoidalarning bajarilishini nazorat qilish korxona (tashkilot)ning
xavfsizlik texnikasi bo‘yicha xizmati (muhandisi) zimmasiga yuklatiladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish
to‘g‘risidagi
Namunaviy
nizom
”ga (1996-yil 14-avgust, ro‘yxat raqami 273 —
Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1996-yil) muvofiq ichki nazoratning asosiy turlari
quyidagilar hisoblanadi:
a) ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor
nazorati;
b) ma’muriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat);
v) bosh mutaxassislar xizmati tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
Quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
a) ish joylarining ahvoli;
b) mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
v) mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir
ishlarni bajarish;
g) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘rganib
chiqilishi;
d) mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
e) mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi.