27. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan
holda ishlovchilar ularning
qo‘llanilishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega
bo‘lishi hamda ulardan foydalanishga o‘rgatilishi lozim.
28. Korxona ma’muriyati yoki ish beruvchi quyidagilarni ta’minlashi shart:
a) amaldagi me’yorlar bo‘yicha mazkur ishlab
chiqarish uchun talab
qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
b) himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni
amalga oshirish;
v) qo‘llanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirish;
g) shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va
zaharli moddalar muhitida
foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilish (bir marta qo‘llaniladigan
himoya vositalari bundan mustasno).