|
Ishlab chiqarish va texnologiya
|
bet | 1/2 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 258 Kb. | | #253923 |
Bog'liq AMALIY SЕMINAR MASHG
AMALIY SЕMINAR MASHG`ULОTLARI.
AMALIY MASHG`ULOT
Korxonaning bosh rejasini loyixalashda binolarning joylashuvi
ISHLAB CHIQARISH VA TEXNOLOGIYA
Korxonani asosiy ishlab chiqarish bo`linmalari quyidagi sexlardan iborat:
Chigit xo`jaligi;
Tayyorlov sexi;
Forpress sexi;
Ekstrasiya sexi;
Rafinasiya sexi;
SJK sexi;
DJK sexi;
Sovun i/ch sexi;
Bug` sexi;
Elektr sexi;
Laboratoriya;
Qadoqlash sexi;
Transport xo`jaligi;
Yordamchi binolar.
Korxonani ishlab chiqarish ob`ektlarini joylashuvi texnik talab va me`yorlarga javob beradi.Ishlab chiqarish va texnologik bosqichlariga muvofiq asbob uskunalar eng samarali usulda joylashtirilgan.
Texnologiyaning atrof-muxitga ta`siri.
Korxona umuman olganda ekalogiya talablariga javob beradi. Atrof muxitga chiqindi tashlanishi amaldagi me`yorlardan ortmaydi.Коrxonadagi mavjud asbob-uskunalarni ishlovchanlik darajasini ta`minlash va nazorat etish bosh mexanikхиzmati tomonidan amalga oshiriladi.
Махsulot sifatini nazorati ishlab chiqarilgan maxsulotni shuningdek kelayotgan xom-ashyoni sifati ustidan nazorat qilish uchun korxonada sifat nazorati bo`yicha ikki bo`linmadan iborat maxsus xizmat mavjud; Маrkaziy laboratoriya, o`lchov asboblarini nazorati va avtomatika bo`limi.
Таlab etiladigan sifatni ta`minlash uchun texnik xujjatlar me`yorlariga mos kelishi bo`yicha texnologik va kimyoviy taxlillar o`tkaziladi.
Ishlab chiqarilayotgan maxsulotni iste`mol qilish xossalarini oshirish maqsadida korxonani texnologik asbob-uskunalarini zamonaviylashtirish zarur.
Ishlab chiqarish texnologiyasi va asbob-uskunalar tavsifnomasi.
Korxonada mavjud asbob-uskunalarni deyarli barchasi xorijda ishlab chiqarilgan, ular 85-90 yillarni boshlarida ishga tushirilgan.
Korxonani ishlab chiqarish quvvati sutkada 400 tonnani qayta ishlab chiqarishga mo`ljallangan. Biroq, xozirgi paytda korxonani ishlab chiqarish quvvatlaridan to`liq foydalanilmayapti. Buning asosiy sababi asbob uskunalarni jismonan eskirganligi hamda xom-ashyoni kam miqdordaligidadir.
Korxonada foydalanilayotgan texnologiya, xarakatdagi sifat, me`yorlari va andozalari. Talablariga javob beradigan maxsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Korxonada endilikda 700 birlikdagi asbob-uskunalardan foydalanilyapti. Umuman olganda asbob-uskunalarni xolati qoniqarli axvolda, lekin ular ishchi xolatida bo`lsada, lekin xozirda o`z me`yoriy imkonini ishlab bo`lgan. Kelgusida ulardan foydalanish ishlab chiqarish vaqtida maxsulotni ortiqcha yo`qotishga, buning oqibatda xom-ahyoni ko`p sarflashga olib keladi. Korxonada maxalliy xom-ashyodan, asosan paxta yog`i ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish jarayonini ta`minlash uchun korxona barcha zaruriy muxandislik infrastrukturasiga ega. Barcha asosiy kommunikasiya tizimi capital tamirlash yoki almashtirishni talab etmaydi.
|
| |