“naryad-ruxsatnoma”siz amalga oshirish man etiladi (mazkur
Qoidalarning
2-
ilovasida
ko‘rsatilgan). Elektr uskunalarda bajariladigan ishlar xavfsizligini
ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar Iste’molchilarning
elektr qurilmalaridan
foydalanishda xavfsizlik texnikasi
qoidalarining
(2004-yil 20-avgust, ro‘yxat
raqami
1400 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 33-son, 379-
modda) 2-paragrafiga muvofiq bajariladi.
32. Korxona ma’muriyati yoki ish beruvchi xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan
ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va ularga nisbatan belgilangan talablarga qat’iy
muvofiqlikda amalga oshirish uchun to‘liq javobgar hisoblanadi.