• V. Kabellarni yotqizish. Kabel va muftalarni boshqa erga ko‘chirish. VI. Er osti inshootlaridagi ishlar. VII. Sinov savollari.
  • 11-ma’ruza. Kabel tarmoqlari. Er qazish ishlari. Kabellar bilan bajariladigan ishlar. Er osti inshootlardagi ishlar




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana14.08.2024
    Hajmi1,45 Mb.
    #269516
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    kabel



    10-Ma’ruza.
    Kabel tarmoqlarida ish bajarishda elektr 
    xavfsizlik qoidalari. 
    Reja: 
    I. Kabel tarmoqlari. Er qazish ishlari. 
    II. Kabel va muftalarni inshootlarga osish va mahkamlash. 
    III. Muftani ochish va kabelni kesish. 
    IV. Muftaga qo‘yiladigan birikma bilan ishlash. 
    V. Kabellarni yotqizish. Kabel va muftalarni boshqa erga ko‘chirish. 
    VI. Er osti inshootlaridagi ishlar. 
    VII. Sinov savollari. 


    I. Kabel tarmoqlari. Er qazish ishlari.

    Er osti inshootlari va yo‘llarida joylashgan kabellarni ta’mirlash yoki 
    kabellarni yotqizish bilan bog‘liq er qazish ishlari, ushbu er osti 
    inshootlari va yo‘llarini ekspluatatsiya qiladigan javobgar korxona 
    yoki sex rahbarining yozma ruxsati bilan ish rahbari tayinlanganida 
    olib boriladi. Ruxsatnomada er osti inshootlari va yo‘llarini 
    joylashishi hamda yottan chuqurligi ko‘rsatilgan chizmasi ilova 
    qilingan bo‘lishi kerak. 

    Agar chizmada belgilanmagan kabel, quvur, er osti inshooti va 
    shuningdek qurol-yarog‘lar topilsa, ularni qaysi tashkilotga 
    tegishligini aniqlamaguncha va tegishli tashkilotlardan ishni davom 
    ettirishga ruxsatnoma olmaguncha er qazish ishlari to‘xtatilishi zarur. 















    Kabel trassasidan 5 m gacha yaqin joylarda kuch bilan uradigan 
    mashina va mexanizmlardan, kabel tarmoqlarini qo‘riq maydonida esa 
    er qazish mashinalaridan foydalanish man etiladi. 

    Kabel tarmoqlarini himoya zonalarida er qazish mashinalaridan 
    foydalanish, faqat qazish uchun ushbu tarmoqni ekspluatatsiya 
    qiluvchi korxona xodimlarigagina ruxsat etiladi. Qazish ishlarini er 
    qazish mashinalari va pnevmatik mashinalar, hamda lo‘m va kirkalar 
    yordamida, bevosita kabel ustida uni himoya qatlamigacha 0,3 m 
    qolgunga qadar amalga oshirish mumkin. Erni qolgan qatlamidagi 
    tuproq belkurak yordamida olib tashlanishi kerak. 

    Qish faslida belkurak bilan tuproq qazishga faqat tuproqni isitgandan 
    keyingina kirishish mumkin. Bunda issiqlik manbaini kabelgacha 15 
    sm ga yaqinlashtirish mumkin. 



    O‘ra, xandaq va transheya qaziladigan joylar talabini e’tiborga olgan holda 
    to‘silgan bo‘lishi kerak. To‘siqda ogohlantiruvchi belgi va yozuvlar, tunda 
    esa ogohlantiruvchi yorug‘lik signali bo‘lishi kerak. 

    O‘pirilish xavfi bor bo‘lgan bo‘sh yoki nam tuproqli erlarda transheyalar 
    qazilayotganda ularning devorlari mustahkam mahkamlanishi kerak. 

    To‘kilib 
    ketadigan 
    tuproqli 
    erlardagi 
    ishlarni 
    devorlarini 
    mustahkamlamasdan, uning chetidagi tabiiy qiyalik burchagini saqlagan 
    holda bajarish shart. 

    Er osti suvlari yo‘q tabiiy nam tuproq erlarda va er osti inshootlari yaqin 
    joylashgan erlarda transheya va handaqlarni, mustahkamlanmagan tik 
    devorlarining chuqurligini: 

    - o‘yilgan, qumli va katta bo‘lakli erlarda 1 m dan; 

    - qumloq erlarda 1,25 m dan; 

    - qumoq va soz tuproqli erlarda 1,5 m dan oshirmasdan qazishga ruxsat 
    etiladi; 



    Zich yopishqoq erlarda tik devorlari transheyalarni rotorli yoki oddiy 
    ekskavatorlarda mahkamlash uskunalarini qo‘ymasdan 3 m gacha 
    chuqurlikda kovlashga ruxsat etiladi. Bunday hollarda transheyalarga 
    odamlarning tushishi man etiladi. Odamlarni tushishi zarur bo‘lgan 
    transheya qismlari tirgovichlar bilan mustahkamlanishi yoki yon 
    tomonlari tabiiy qiyalik holida bajarilishi shart. 

    Qish faslida erni muzlagan qismida (erni quruq tuproq qismidan 
    tashqari) er qazilganda uni tirgovichlarsiz bajarishga ruxsat etiladi. 

    Er qazish sharoiti 11.8-bandda ko‘rsatilgandan farq qiladigan 
    holatlarda o‘ra va xandaqlar qazishni tik devorlarini tirgovich bilan 
    mustahkamlab yoki tabiiy qiyalikni saqlagan holda boshlash zarur. 

    CHuqurligi 3 m gacha bo‘lgan o‘ra va xandaqlarni namunaviy loyiha 
    asosida maxsus mahkamlovchi yasamalar bilan mustahkamlash shart.



    Download 1,45 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11-ma’ruza. Kabel tarmoqlari. Er qazish ishlari. Kabellar bilan bajariladigan ishlar. Er osti inshootlardagi ishlar

    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish