Kabelni elektr toki bilan istitish uchun kuchlanishi 380 V dan yuqori bo‘lgan
transformatorlardan foydalanish man qilinadi.
Kabelni va muftalarni boshqa erga ko‘chirishni kabel tarmog‘i
o‘chirilganidan so‘nggina bajarilishi zarur.
Kuchlanish ostida bo‘lgan kabellarni boshqa erga ko‘chirish,
quyidagi
shartlar bajarilgandan keyingina ruxsat etilishi mumkin:
- ko‘chirilishi kerak bo‘lgan kabelni harorati 5°S dan kam bo‘lmasligi;
- ko‘chirilishi kerak bo‘lgan kabel bo‘lagidagi mufta yog‘och taxtaga
xomutlar bilan qattiq mahkamlangan bo‘lishi;
- ish mobaynida dielektrik qo‘lqop kiyib, ustidan
mexanik shikastlanishdan
himoya qilish maqsadida brezent qulqop kiyib ishlanishi;
- ishlar kabel yotqizish tajribasiga ega bo‘lgan ishchilar tomonidan V
gruppaga ega bo‘lgan xodim nazoratida bajarilishi shart;