VI. Er osti inshootlarilagi ishlar.
Xavfli gazlar paydo bo‘lish ehtimolidan xoli er osti inshootlarini
ko‘zdan kechirish va u erlardagi tozalash, kabellarni bo‘yash, qurilish,
ta’mirlash va boshqa shunga o‘xshash ishlar kamida ikki kishidan iborat
ishchilar bilan bajarilishi shart. Elektrostansiya va podstansiyalardagi er
osti kollektor va tunellarini III gruppali bir xodim ko‘zdan kechirishi
mumkin.
Zararli gazlar paydo bo‘lish ehtimoli bor er osti inshootlaridagi ishlar
naryad bilan kamida 3 ishchi, ulardan ikkitasi—xavfsizlikni ta’minlovchi,
ishtirokida bajarilishi kerak. Ishboshchi IV gruppaga ega bo‘lishi shart.
Har bir sexda (rayonda, uchastkada) xavfli gaz paydo bo‘lishi ehtimoli
bo‘lgan er osti inshootlarini ro‘yxati bo‘lishi va ushbu ro‘yxat bilan er osti
inshootlariga xizmat qiluvchi xodimlar tanishtirilishi shart.
Xavfli gaz paydo bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan barcha er osti inshootlari
chizmada belgilangan bo‘lishi zarur.
Er osti inshootlarida ishlarni boshlashdan oldin va ish bajarish
mobaynida tabiiy yoki majburiy shamollatish uskunasi ishlashini ta’minlash
shart.
Tabiiy shamollatish kamida ikkita tushish lyuklarini ochib ularni oldiga
shamol oqimini yo‘naltiruvchi maxsus soyabonlar orqali amalga oshirilishi
zarur.
Majburiy shamollatish 10-15 minut mobaynida ventilyator yoki
kompressor orqali inshoot tubidan 0,25 m balandlikka tushirilgan yo‘g‘on
shlang yordamida er osti inshootlaridagi havo to‘la almashguncha amalga
oshirilishi zarur.
SHamollatish uchun qisilgan gazli ballonlardan foydalanish man
qilinadi.
Er osti inshootlari ichidagi havoni xavfli gazlar bilan ifloslanganlik
darajasini tekshirmasdan turib u erda ish boshlash man qilinadi.
Tekshirishni havodagi xavfli gazlar borligini tekshiruvchi asbobni
ishlatishga o‘rgatilgan maxsus xodim amalga oshirishi zarur. Ushbu
xodimlar ro‘yxati korxona rahbariyati ko‘rsatmasi bilan tasdiqlanishi shart.
Gazlarning bor-yo‘qligini ochiq olov yordamida tekshirish man qilinadi.
Uzluksiz shamollatish uskunasi bilan jihozlangan kollektor va
tunnellarda ish boshlashdan oldin mahalliy sharoitga qarab ushbu
uskunalar ma’lum muddatgacha ishlatilishi kerak. Bunda xavfli gaz bor-
yo‘qligini tekshirmaslik mumkin.
Kollektor va tunnellar ichida ishlaganda, ishchilar hamma vaqt ochiq
turishi kerak bo‘lgan ikki lyuk yoki eshik o‘rtasida bo‘lishlari shart. Ochiq
lyuk oldida to‘siqlar o‘rnatilgan yoki ogohlantiruvchi belgilar qo‘yilgan
bo‘lishi kerak.
Quduqlarni ochayotganda uchqun chiqarmaydigan asboblardan foydalanish va
quduq qalpoqlarini lyuk chetlariga urilib ketmaslik choralarini ko‘rish zarur.
Ochilgan
quduqlar
atrofiga
to‘siqlar qo‘yilishi yoki yon berisiga
ogohlantiruvchi belgilar qo‘yish shart.
III gruppali bir xodimni sug‘urta arqoni bo‘lgan himoya kamarini taqib quduq
ichida turishiga va ishlashiga ruxsat beriladi.
Himoya kamariga qo‘shimcha elka kamari bog‘langan bo‘lib, uni orqa belidagi
kesishgan joyiga o‘rnatilgan metall halqaga sug‘urta arqoni bog‘langan bo‘lishi
kerak.
Arqonni boshqa uchini sug‘urta qiluvchi ishchidan biri ushlab turishi shart.
Quduqlar ichida kavsharlash lampalarini yoqish, propan-butan ballonlarini
o‘rnatish, mufta ichiga qo‘yilishi kerak bo‘lgan birikma va qotishmalarni eritish
man qilinadi. Muftaga qo‘yish uchun eritilgan birikma va qotishma quduqda
metall troscga karabin yordamida osilgan maxsus qopqoqli idishlarda
tushirilishi kerak.
Olovli ishlarni bajarishda olovga chidamli, alanga tarqalishini chegaralovchi
to‘siqlar qo‘llanilishi va yong‘in chiqishiga qarshi choralar ko‘rilishi shart.
Kabel yotqizilgan kollektor, tunnel, kabel yarim etajlari va boshqa xonalarda
propan-butandan foydalaniladigan ishlarni bajarishda xonada ishlatilayotgan
ballonlarning umumiy hajmi 5 l dan oshmasligi kerak.
Ish tamom bo‘lgandan so‘ng gazli ballonlar olib chiqilishi va xonalar
shamollatilishi shart.
Kabellarni
shikastlangan
joylarini
kuydirish
jarayonida
ishchilarni
quduqlarda turishi man qilinadi.
Kollektor va tunellarda esa faqat ikki ochiq turgan, tashqariga chiqish
quduqlari o‘rtasida turish mumkin.
Kabelni shikastlangan joyini kuydirish jarayonida kabellarda ishlash man
etiladi. Kabelni shikastlangan joyini kuydirib bo‘lgandan so‘ng, yong‘in
chiqishini oldini olish maqsadida kabellarni albatta ko‘zdan kechirish shart.
Ishlashga ijozat berishdan va tunellarni ko‘zdan kechirishdan avval
uni ichini kuzatish ishlarini ulardagi yong‘inga qarshi himoya
uskunalari avtomatik ishlash rejimidan uzoqdan boshqariladigan
rejimga o‘tkazilishi va boshqaruv kalitiga
|