Reja: I. Bob. Kirish




Download 105.09 Kb.
Sana24.05.2023
Hajmi105.09 Kb.
#64125
Bog'liq
kalta
Yuqori abaro\'tli elktro dvigatellar, 17-bob, Bedbud0898 1998, Javohir Teri kasaliklari., \'”Αsimliklarning mineral oziqlanishi Mineral elementlarning fiziologik, 93254, sherzod test, Erkli sinash, ilyosbek, mat statistika, O\'GILOY AKT, 1-босқич элэктр лабаратория, Kadirov Odiljon Salomjonovich, N. mahmudov, A. Rafiyev, Elektr va texnika xavfsizligi


Mavzu:Kalta mo`ylovli to`g`ri qanotlilar kenja turkum vakillari.
Reja:
I.BOB. Kirish.
II.BOB .Adabiyotlar sharxi.
III.BOB. Asosiy qisim.
3.1. Tog`ri qanotlilar (Ortxoptera) , kalta mo`ylovlilar kenja turkumi.
3.2. Marokash, Osiyo, Voha, Turon chigirtkalari tashqi ko`rinishi va hayot kechirishi.
3.3. Chigirtkalar zarari va ularga qarshi kurashish choralari.
IV. BOB. Xulosalar.
V. BOB. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.

Kirish
Entomologiya-hashorotlar to`g`risidagi fan. Hashorotlarnining tuzilishi, hayot kechirishi, ularning individual va tarixiy rivojlanishi, xilma xilligi, yer yuzida tarqalishi, yashash muhiti bilan munosabatlarini o`rganadi. Vazifasiga binoan , nazariy yani umumiy entomologiya va amaliy entomologiyaga bo`linadi. Umumiy entomologiya hashoratlar morfologiyasi, embriologiyasi, fiziologiyasi, biokimyosi, etologiyasi, entomogeografiyasi, paleontologiyasi, sistematikasi va boshqalarni o`rganadi.


Amaliy entomologiyaning o`rganish ob`yekti-qishloq xo`jaligi o`simliklari va mahsulotlari zararkunandalari, odam, hayvonlar va o`simliklarning parazitlari hamda xalq xo`jaligida va tabiatda foydali ahamiyatiga ega bo`lgaan hashorotlar. Amamliy entomologiya ham o`z vazifasiga binoan, o`rmon zararkunandalari(o`rmon entomologiyasi), qishloq xo`jaligi zararkunandalari(qishloq xo`jalik entomologiyasi) xonaki va yovvoyi hayvonlarda parazitlik qiluvchi hashorotlar(veterinariya entomologiyasi), odamda parazitlik qiluvchi(tibbiyot entomologiyasi), hamda odam foydalanadigan, mahsulot beradigan tut va dub ipak qurti(ipakchilik), asalarini(asalarichilik) o`rganadigan fanlarga ajratiladi
Entomologiya fani faqat 17-asrda Gollondiya olimi Ya.Svammerdamning asalari anatomiyasi va rivojlanishi(1669), Italiya olimlari M.Malpigining ipak qurti anatomiyasi va rivojlanishi(1686) va F.Buonaning hashoratlar og`iz organlarini ng tuzilishi, Nemis olimi I.Gedartning hashoratlar metamorfozi to`g`risidagi ishlari asosida shakllandi. Shved olimi K.Linney hashorotlarning zamonaviy sistematikasiga asos soldi. U hashoratlarning 1936 turiga tavsif berib, qanotlarning tuzilishi asosida ularni 9 turkimga ajratadi va binar nomenklaturani asoslab beradi. 19-asrda Ingiliz entomologlari U.Kyorbi, J.Uestvud va J.Lebbok yana bir necha turkumlarini tavsiflab berishdi. Fransiya entomologi P.Laterl hashorotlarning sinf hajmidagi sistematikasini taklif etdi. Ch.Darvinni “Turlarning kelib chiqishi(1859) asarining yuzaga kelishi bilan hashorotlar sistematikasi filogenetik asosida tuzila boshladi
19-asrning 2-yarimida hashorotlar anatomiyasi va metomorfozi to`g`risda yirik ishlar paydo bo`ldi. Rus olomlari N.P.Vagner pedogenezni A.A.Tixomirov ipak qurtida sun`iy partonogenezni(1886), A.O.Kovoloveskiy hashorotlarda murtak varaqdarini(1869-1871), P.Marshal poliembrionni(1898)kashf qildi. 20-asr davomida dunyo entomofaunasi bo`yicha juda kata material to`plandi, nazariy va amaliy entomologiya sohasida ko`plab kashfiyotlar qilindi. 20-asr oxirlariga kelib hashorotlarning 1 mln dan ortiq turi aniqlandi, turkumlar soni 40 ga yaqinlashdi, hashorotlar sistematikasi qayta ko`rib chiqildi va takomillashtirildi. Entomologiyada yangi va nozik metodlar(elektron mikroskopiya kariosistematika ) va kompyuter texnologiyasi , sistematikada sonli taksonomiya va taksonomik tahlil qo`llanila boshladi. Hashorotlar fiziologiyasi, nafas olishi(daniyalik olim A.Krog), ayirish (ingiliz olimi V.B.Unglsuort), sezgi organlari, qutblashgan nurni qabul qilish va undan mo`ljal olish(nemis olimi K.Frish) va boshqalar masalalar keng miqyosda o`rganila boshladi. Hashorotlar markaziy nerv sistemasining gormon ajratishi(polyak olimi S.Kopets,1917), tullash gormonlari- ekdizonlar (A.Butenand,1954), hashorotlar rivojlanishini boshqaruvchi yuvenil gormon(K.Uilyams,1956)kashf qilindi. 20-asrning 2- yarimiga kelib hashoratlar ajratadigan va xatti-harakatini boshqaradigan fermentlarning kashf etilishi, hashorotlarni xatti- harakatini o`rganishga qiziqishni kuchaytirdi. 20-asr o`rtalarida asalarilar tilining kashf etilishi bilan etologiya entomologiyaning yetakchi tarmoqlaridan biriga aylandi.
Hashorotlar ekologiyasi sohasidagi dastlabki yirik tadqiqotlar amerika olimlari V.Shelford(1913) va R.Chempen(1913) nomi bilan bog`liq. Nemis olimi G.Blunk(1922) hashorotlani yashash muhiti bilan o`zaro munosabatlarini o`rganadi va ularning rivojlanishi harorat bilan bog`liqni ko`rsatadi. Norvegiya biologi K.Fegri(1975) hashorotlar bilan entomofil o`simliklar o`rtasidagi murakkab munosabatlarni umumlashtiradi.Amaliy entomologiya sohasida tadqiqotlar 19 va 20-asr chegarasida rivojlana boshladi. Dastlabki yirik ishlar o`rmon, dala va poliz ekinlarining zararkunandalarini o`rganisgga bag`ishlagan edi. Tibbiyot entomologiyaning rivojlanishi bezgak kasalligini tarqatuvchi chivnning o`rganilishidan boshlandi. Tibbiyot va veterinariya entomologiyani rivojlanishida rus olimlari V.N.Beklemishevning transmissiv(hashorotlar va boshqa bo`g`imoyoqlilar orqali tarqaladigan) kassaliklarning tibbiy manbaligi to`g`risidagi ta`limoti katta ahamiyatiga ega bo`ldi. O`rta Osiyo hududida, jumladan, O`zbekistonda Entomologiya sohasida tadqiqotlarni rus tabiatshunos olimi A.B.Fedchenko boshlab bergan. U Olay va Zarafshon bo`ylab o`tkazadigan ekspeditsiyalarida hashorotlarning 200 ga yaqin kolleksiyasini to`plagan. Hozirgi davrda entomologiya sohasida asosiy e`tibor hashorotlarning xilma xilligi, ularning noyob va yo`qolib borayotgan turlarini o`rganish, zararkunanda hashorotlarga qarshi kurashning atrof muhitga kam ziyon yetkazadigan ilmiy tadqiqit ishlari olib borilmoqda. Bu maqsadda har xil biologik faol pereparatlar, jumladan, attraktantlar, feramonlar, jinsiy garmonlarda foydalanish metodlari ishlab chiqilmoqda.
Adabiyotlar sharxi
XX asrda fan va madaniyatning rivojlanishi natijasida entomologiyaning fan sifatida shakllanishiga sharoit yaratildi. O`sha davrda bir qancha mamlakatlarda entomologik ilmiy jamiyatlar tashkil etildi. Masalan, 1832 yili Fransiyada, 1833 yili Angiliyada shunday jamiyat tuzildi. Bizning mamlakatimizda 1859 yili Rus entomologik ilmiy jamiyati tashkil qilindi. Rossiyada entomologiya fanini rivojlantirish, G.I.Fisher-Valdgeym(1771-1853) ning “Entomografiy Rossiskiy Imperiy”, professor E.K.Brand(1839-1891) ning “Hashorotlarning nerv sistemasi”, F.P.Keppen(1833-1908) ning 3 jildli “Zararkunanda hasharotlar” kitoblari, I.I.Mechnikov(1843-1916) lar asarlari katta hissa qo`shdi. XIX va XX asrlarda amaliy entomologiya sohalari, birinchi navbatda qishloq xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi entomologiyalari vujudga keldi. Bizning mamlakatimizda 1894 yili entomologiya byurosi tashkil qilindi. 1904 yili B.P.Pospelov(1872-1949) Kiyev shaxrida entomologik stansiya tashkil qilindi. Stansiyaning asosiy vazifasi qand lavlagi zararkunandalariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish edi. Keyingi yillarda huddi shunday stansiyalar boshqa markaziy shaharlarda ham tashkil etildi. Ayniqsa V.I.Plotnikov(1877-1959) tomonidan 1911 yili Toshkentda Turkiston entomologik stansiyasining tashkil qilinishi O`rta Osiyo va Qozog`iston o`lkalarida o`simliklarni zararkunanda hashorotlardan himoya qilishda , O`rta Osiyo O`simliklarni himoya qilish instituti va boshqa shunga o`xshash tashkilotlarni vujudga kelishida katta ro`l o`ynaydi. Rus entomologi N.V.Kurdyumov(1885-1917) qishloq xo`jaligi entomologiysiga nazariy asos soldi. Professor A.P. Semenov Tyan-Shaniskiy(1866-1942) bizning o`lkamiz faunasidagihashorotlar sistematikasi va zoogeografiyasini, G.G.Yakobsov(1871-1916) to`g`ri qanotlilar va Rossiya va G`arbiy yevropa qo`ng`izlarini o`rgandilar. A.K.Morodvilko(1867-1938) o`simlik bitlari sistematikasini va biologiyasini o`rganish soxasidagi ishlari bilan dunyoga mashhur bo`ldi. Avstraliyalik olim A.Gadlirshem(1865-1935), A.V.Martinov(1878-1938) va B.N.Shvanivich(1889-1957) lar yuqori gruppa hashorotlarining klassifikatsiya asoschilari edi.
Bizning mamlakatimizda entomologiya fani Ulug` Oktabr sotsialistik evolutsiyasidan keyin ravnaq topdi. Bir qancha qishloq xo`jaligi institutlarida va universitetlarda mustaqil kafedralari tashkil qilindi. 1920 yili Toshkent davlat universitetida, keyinchalik Toshkent Davlat qshloq xo`jaligi institutida(1930) yili entomologiya kafedralari tashkil qilindi. Bugungi kunda entomologiyaya fani va unung tarmoqlari oldiga partiyamizning XXVII sezdida qarorlari hamda KPSS Markaziy Komitetining aprelda(1986) plenumiga asosan aholini oziq ovqatga, sanoatni bo`lsa xom-ashyoga bo`lgan ehtiyojlarini yanada to`liqroq qondirishga o`z xissalarini qo`shish, tabiatni zararlashdan saqlash, hasharotlarning foydali turlarini saqlab qolish va ulardan yanada kengroq foydalanish kabi muhim masalalarni nazariy va amaliy jihatidan xal qilib berishdek ulug`vir vazifalar bor. Qishloq xo`jalik entomologiyasi fanining yutuqlariga O`rta Osiyo olimlari ham salmoqli hissa qo`shishgan. Mintaqalarda zararli va foydali bo`g`imoyoqli jonivorlarni o`rganish va hasharotlar ekologiyasi fanini rivojlantirish bo`yicha V.V.Yaxontov(1899-1970), R.O.Olimjonov(1913-1985), va A.G.Davletshina, o`simlilarni uyg`unlashtirilgan usulda himoya qilish bo`yicha-F.M.Uspeniskiy(1902-1984), M.N.Nazirqulov(1914-1985), hashorotlar bashorati bo`yicha K.I.Larchenko(1905-1999), S.B.Zapevolova, ombor zararkunandalariga qarshi kurashish bo`yicha I.G.Noskov va S.N.Alimuhammedov, X.R.Mirzaaliyeva va boshqalar, kimyoviy usulda kurashish bo`yicha A.M.Prugalov, Sh.Y.Xo`jayevning ishlari bunga yorqin misol. Bundan tashqari zararli sikadalarni o`rganishda G.K.Duboviskiy, chigirtkalarni o`rganishda E.N.Ivanov(1907-1984), o`simlik gelmitlarini o`rganishda esa A.T.To`lganovning tadqiqotlari diqqatga sazovordir. Ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqarishga joriy etish bo`yicha esa O`zbekistona o`simliklarni himoya qilish tizimi tashkil qilingan.
Hozirgi davrda O`zbekistonda Oliy Majlis tomonidan O`simliklarni himoya qilish qonuni tasdiqlangan bo`lib unga asosan bashorat va karantin xizmatining samarali strukturasi vujudga keltirilgan. Respublikamizda o`simlilarni himoya qilish strukturasi tuman-viloyat-respublika tashkilotlaridan iboratdur. Yani qishloq xo`jaligi va suv xo`jaligidan tashkil topgan o`simliklarni himoya qilish agrokimyo markaziga har bir viloyatning shunday tashkilotlari, ularga esa o`z navbatida xar bir tuman tashkilotlari biriktirilgan.
O`simliklarni himoya qilish , bashorat va karantin xizmati o`z ishida mavjud tayanch ma`lumotlar bilan bir qatorda Fan va texnikaning yangi yutuqlaridan foydalaniladi. Bunda O`simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot institute, Toshkent Davlat Agrar Universtiteti va boshqa muassasalarida o`tkaziladigan tadqiqotlar va ularning natijalarida keng ko`lamda amaliyotga tadbiq etiladi. Takidlash joizki, O`rta Osiyo mintaqasi uchun yuqori malakali olim agranom-entomologlarni yetishtirishda Toshkent Davlat agrar univertitetining o`ni yuqoridir.

Asosiy qism


3.1. Tog`ri qanotlilar turkimiga qishoq xo`jaligi zararkunandalari o`rtsida muhim o`rinda turuvchi chigirtkalar va ularga yaqin gruppa hasharotlar kiradi.Tog`ri qanotlilar – yirik hasharotlar bo`lib, tanasi cho`ziq, ikki yonboshi bir oz yassilashgan; og`iz apparati kemiruvchi tipda tuzilgan. Oldingi ust qanotlari terisimon, orqa qanotlari esa pardasimon va yelpig`ich formada tuzilgan.
Bosh qismi tanaga erkin o`rnashgan bir juft mukammal ko`zlaridan tashqari 1-3 oddiy ko`zlari xam bor.Burtlari ko`p bog`imli,turli formada, ular ingichka hatto tanasidan uzun ( temirchaksimonlar, chirildoqsimonlar ) yoki ularning yarim uzunligiga yetmas ( chigirtkalar ). Qanotlari odatda yaxsh taraqqiy etgan ( bazan, yo`q yoki temirqanot ) va aniq tomirlangan; oyoqlari to`la taraqqiy etgan; orqa oyoqlari soni va boldiri yaxshi rivojlangan baqquvat, tkan va pixlari bor; ular sakrash uchun moslashgan. Ko`pchilik turlarida oldingi va o`rta oyoqlari yurush, yugurish, tirmashish uchun hizmat qiladi; kovlagich tipda tuzilganlari xam bor.
Ko`pchilik to`g`ri qanotlilar qorinchasining birinchi tergitida (chigirtkalar) yoki oldingi boldirida ( temirchaklar, chirildoqlar ) tovush eshitish organi bor. Ko`pchiligi ( asosan, erkak zotlari ) odatda orqa sonlari va ust qanotlarida ( temirchaklar, chirildoqlar) joylashgan maxsus moslamalar yordamida tovush chiqaradi. To`g`ri qanotlilar tuxumlarini asosan yerga, qisman turlari o`simliklarga qo`yadi. Ko`pchilik turlari tuxum va qismanlari lichinka va yetuk davrlarida qishlaydi.Ikkita asosiy formada uchraydi. Birinchisi fitofillar yoki o`simliklar oralig`ida, ikkinchisi geofillar yoki tuproq usti va ichida uchraydi. Birinchilarini tanasi silliq, yonboshi siqiq – tekis, yashil yoki sarg`ish; geofillarning tanasi esa, aksincha yasillashgan, usti silliq emas va rangi tuproq rangi tuproq rangiga o`xshab ketadi.
Juda ko`pchilik tur to`g`ri qanotlilar o`simlikxo`r, lekin qisman yitqich, shuningdek, aralshxo`rlari xam bor.Tog`ri qanotlilarning 20 mingdan ortiq turi bor, jumladan CCCR dan 700 tacha turi uchraydi. Bular 10 dan ortiq oilaga to`rt bosh oila va ikkita kenja turkumg birlashgan.

  1. Kalta mo`ylovlilar kenja turkumi – Brachycera

  2. Uzun mo`ylovlilar kenja turkumi – Dolichocera

Kalta mo`ylovlilar kenja turkumiga chigirtkasimonlar bosh oilasi kiradi. Uzun moylovlilar asosan 3 oiladan iborat bular temirchaklar oilasi, chirildoqlar oilasi, buzoqboshilar oilasi.

Kalta mo`ylovlilar turkumi – Brachycera.


Bularga chigirtkasimonlar,tetrigidrosimonlar, tiriperstosimonlar bosh oilalari kiradi.Shulardan eng ko`pchiligi chigirtkalari - Acrididae oilasiga mansub turlar tashkil etadi.
Ko`pchiligi yirik hasharot – kattaligi 60 -70 mm va undan ortiq keladi. Bular temirchaklar va chirildoqlardan mo`ylovlarining ipsimonligi, ba’zan to`g`nachiqsimonligi va tuxum qo`yishining kaltaligi bilan farq qiladi. Ko`krak qimi hajimdor, garshidek ko`tarilgan.Oldingi ko`kragining oyoqlari ornashgan yerlarining oralig`i tekis yoki kichkina o`simtalaridir. Oldingi ko`krak o`rta ko`krakga qimirlay oladigan, o`rta ko`krak esa orqa ko`krakga yopishib, harakatchan bo`lib o`rnashgan. Qanotlari yaxshi taraqqiy etgan (qanotsizlari xam bor ) anniq tomirlangan Chigrirtkalarning ovozi orqa oyog`ining ust qanot “ tola “ lariga ishqalanishi natijasida hosil bo`ladi.Timponal organi bularning oldingi qorincha bo`g`imi yon tomonidan joylashib xitin bilan o`ralgan maxsus parda shaklida tuzilgan.Ular asosan tuxumlik,bir necha turlari esa voyaga yetgan yoki lichinka davrida qishlaydi. Ko`pchilik tur chigirtkalari tuxum qoyuvchi o`simta vositasida yerni kovlab, maxsus bezdan ajratilgan ko`piksimon suyuqlik chiqarib, u yerda tuxum qo`yuvchi “ ko`zacha” ichiga 150 tagacha tuxum qoyadi ( ayrim hollarda 1m yerda 180 tagacha shunday “ ko`zacha “ bo`lib ularning xar biridan 100 – 120 tagacha lichinka chiqadi ).Tuxum qo`yish davri biro y va undan ortiq muddatga cho`ziladi.Tuxum qo`yib bo`lgach urg`ochi zot, undan ilgariroq esa erkagi o`ladi. Lichinkalar tuxumdan kelasi yil baxorda ochib chiqadi.Tuproq yuzasiga chiqqan lichinka tezda tullaydi va navbatdagi yoshga o`tadi. Lichinkalar tuproq sharoitiga qarab oldinma – ketin chiqadi. Tuxumdan chiqgan lichinka 12 – 24 soatdan so`ng o`ziqlanadi. Butun rivojlanish davrida lichinka 4 – 5 marta tullab, shuncha yoshni o`taydi. Turli yoshdagi lichinkalar tanasining va qanot murtagining kattaligi, mo`ylovlarning uzunligi va bo`g`imlar soni bilan bir – biridan farq qiladi.Oxirgi tullashdan so`ng yetuk davrida juda xo`ra bo`lib, ko`paygan joylarida dala o`simliklariga kata ofat keltiradi.
Chigirtkalar oilasiga juda ko`p turlar kirib, bularga zararkunda poda turlaridan to`qay ko`chmanchi – Locusta migatori L turi Ukrainaning janubida, Qozog`istonda O`rta Osiyoda keng tarqalgan. Ular g`allazorlarga, bedapoyalarga kata zarar keltiradi. Lichinkalari tuxumlarida aprel va may oyining oxirida chiqadi. Marokash chigirtkasi Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, janubiy Qozog`istonda uchrab, paxta va boshqa qishloq xo`jaligi o`simliklariga katta zarar yetkazadi. Lichinkalari mart oyining oxirlarida chiqadi.
Tetrigidosimonlar bosh oilasi – tanasining ustki tomoni uzun, oldingi yelkasi bilan qoplangan, eshitish organi yo`q. Ust qanotlari qisqrgan, orqa qanotiga nisbatan kalta. Panjalari 2 – 2 – 3 shaklda.O`rta Osiyoda asosan zararakunanda turlari uchraydi. Lichinkalari baxorda tuxumdan chiqib, 5 – 7 marta tullaydi. Rivojlanish davri 50 – 70 kun, o`simlik va oziqalar bilan ovqatlanadi. Kichik yoshdagi o`simlik nihollari bilan, katta yoshdagi o`simlik qisimlari, hasharotlar va chuvalchanglar bilan oziqlanadi.
Triperstosimonlar bosh oilasi – tanasi kichik, oldingi juft oyoqlari kovlovchi tipda, panjalari 1- 3 bog`imli. Ba’zi turlari suv- havzalari qirg`oqlaridagi nam joylarda yashab, sholiga zarar yetkazadi.

3.2 Marokash chigirtkasi – Dociostarus maroccanus keng tarqalgan hasharot hisoblanadi. Yetuk chigirtka sarg`ish kulrang, yelkasi orqasining o`rtasigcha cho`ilgan, yon chizig`i yo`q, ust tomonida “ X “ simon oqish, yon tomonida esa qora dog` ko`rinib turadi. Qanotlari qorin qismining keying tomoniga ancha kirgan, sakiraydigan orqa oyoq sonlarida uchtadan qora dog`lar bor, boldirlari qizil, urgochisining bo`yi 30 – 42 mm, erkaginiki 25 – 35 mm keladi. Tuxum ko`zchasining devorlari tuproqdan mustaxkam ishlangan, yuqori tomoni qoppoqcha bilan berkitlgan. Ko`zchaning uzunligi 24 -50 mm, qalinligi 4 – 6 mm keladi. Ko`zchaning pastki yarmida 18 tadan 42 tagacha tuxum bilan to`ldirilgan. Chigirtkaning lichinkasi beshta yoshni kechiradi. Birinchi yoshda lichinka qo`ng`ir – qora tusli bo`lib, bo`yi 5 – 8 mm keladi. Yoshi katta bo`lgan sari rangi oqara boshlaydi “ X “ simon shakl esa aniq ko`rinadigan bo`lib qoladi.


Marakosh chigirtksi ko`zachasini o`simliklar siyrak o`sadigan quruq yerlarga zich qilib qo`yadi. Tuxum qo`yishi may oylari oxirida boshlanib, iyun oyining
Download 105.09 Kb.




Download 105.09 Kb.