• IV. Muftaga qo‘yiladigan birikma bilan ishlash.
  • Kabelning shikastlaniiga natijasida hamma tok o‘tkazuvchi




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/6
    Sana14.08.2024
    Hajmi1,45 Mb.
    #269516
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    kabel

    Kabelning shikastlaniiga natijasida hamma tok o‘tkazuvchi 
    fazalar ochilib qolgan bo‘lsa, unda kuchlanish yo‘qligini kabelni 
    teshmasdan kuchlanishni ko‘rsatuvchi asbobning o‘zi bilan 
    tekshirish mumkin. 

    Agar xodim izolyasion tayoqchaga o‘rnatilgan igna va kesuvchi 
    pichoqdan foydalansa, u maxsus himoya ekranini qo‘llashi lozim. 

    Kabelni 
    teshayotganda 
    dielektrik 
    qo‘lqop va himoya 
    ko‘zoynaklarini kiyib, handaq tepasida izolyasion rezinkali 
    gilamcha yoki panjara ustida turib teshilayotgan kabeldan iloji 
    boricha uzoqda turish lozim. Kabelni teshish ishlarini ikki ishchi 
    bajarishi kerak: 

    - ishlashga ijozat beruvchi va ishboshi; 

    - ulardan biri kabelni teshadi, ikkinchisi esa kuzatib turadi; 



    Elektrostansiya va podstansiyalardagi ichki kabel tarmoqlarida, 
    kabellarning uzunligi va joylashish tartibi chizmalardan, yorliqlardan, 
    kabel qidiruvchi apparatlar yordamida ta’mirlanishi kerak bo‘lgan 
    kabelni aniq topish imkonini bersa, naryad beruvchi xohishiga qarab 
    kesishni yoki shikastlangan muftani ochishni kabelni teshmasdan 
    bajarishga ruxsat etiladi. 

    Oldindan teshmasdan turib bajariladigan kabel muftalarini ochish 
    va kesish ishlarini dielektrik qo‘lqop va himoya ko‘zoynagi kiygan 
    holda izolyasion rezinkali gilamcha yoki panjarada turib erga ulangan 
    asbob bilan bajarish zarur. 

    Maxsus teshuvchi asbob bilan oldindan teshilgan kabeldagi 
    operatsiyalar yuqorida sanab o‘tilgan qo‘shimcha xavfsizlik 
    choralarisiz bajarilishi mumkin.


    IV. Muftaga qo‘yiladigan birikma bilan ishlash.

    Muftaga qo‘yiladigan birikma qopqoqli va burni bo‘lgan maxsus metall idishda 
    eritilishi zarur. Qopqog‘i ochilmagan bankadagi birikmani eritish man etiladi. 
    Muftaga qo‘yiladigan qaynoq birikma, kavsharlash qotishmasi bilan ishlaganda 
    brezent qo‘lqop va himoya ko‘zoynaklaridan foydalanish zarur. 

    Kiyimning engi qo‘lqop ustiga chiqarilib eng ichidan boylangan bo‘lishi yoki 
    tirsakkacha kiyiladigan qo‘lqopdan foydalanish kerak. 

    Qaynoq birikma va erigan qotishmali idishni qo‘ldan-qo‘lga uzatish man qilinadi. 
    Uni qo‘ldan-qo‘lga uzatishda erga yoki mustahkam taglikka quyib uzatish zarur. 

    Muftaga quyish uchun eritilgan birikma va qotishmani oldindan qizdirilgan metall 
    tayoq yoki qoshiq yordamida aralashtirish zarur. Qizigan birikma va qotishma 
    ichiga suv tomishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 

    Yilning sovuq vaqtlarida qizitilgan birikmani muftaga quyishdan oldin, uni isitish 
    zarur. 



    Download 1,45 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kabelning shikastlaniiga natijasida hamma tok o‘tkazuvchi

    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish