III. Muftani ochish va kabelni kesish.
Muftani ochish yoki kabelni kesishdan oldin, ta’mirlanishi kerak bo‘lgan kabel
haqiqatdan
ham shu ekanligiga, ish bajarish uchun u energetika tarmog‘idan uzib
quyilganligiga va unda ishlashga ijozat berish uchun kerakli barcha texnik tadbirlar
bajarilganligiga ishonch hosil qilish kerak.
Ta’mirlanishi kerak bo‘lgan kabelni ish joyida quyidagilarga qarab aniqlash
kerak:
- kabel er osti yo‘llari
va kollektorlari, maxsus kanallar va boshqa kabel
inshootlari ichiga tashlangan yoki imorat devorlaridan o‘tgan bo‘lsa, u holda kabel
trassa bo‘ylab
kuzatish orqali, sxema va chizmalar bo‘yicha kabellarni joylashish
tartibini solishtirish va kabellardagi yorliqlarga qarab aniqlanishi kerak;
- kabel erga yotqizilgan bo‘lsa, uni erdagi joylashishini chizmada ko‘rsatilgan
holatlari bilan solishtirib aniqlanadi.
Buning uchun, oldindan kabel to‘plamidagi
hamma kabel ko‘zga ko‘rinadigan qilib kundalangiga tekshirish xandagi qaziladi;
Kabelni shikastlangan joyi ko‘rinmaydigan barcha holatlarda,
yasama
ramkasi bo‘lgan kabel qidiruvchi apparatni qo‘llash kerak.
Kabelni kesishdan yoki ulovchi muftani ochishdan oldin maxsus moslama
yordamida unda kuchlanish yo‘qligini tekshirish kerak. Er osti yo‘llari,
kollektorlar, quduqlar va boshqa kabel inshootlarida moslamani qo‘llash uni
uzoqdan boshqarilishi imkoni bo‘lgandagina ruxsat etiladi.
Moslama kabelni
zirhi va qobig‘ini tok o‘tkazishi fazalarigacha teshib yoki kesib bir-biriga qisqa
tutashtirib, uni erga ulanishini ta’minlashi zarur.
Kabel teshuvchi moslamani erga ulash uchun 0,5 m chuqurlikda erga
qoqilgan erga ulagichdan yoki kabel zirhidan foydalanish mumkin. Erga
ulagichni kabel zirhiga halqasimon qisqich ostidagi zirh tozalangan bo‘lishi
kerak.
Agar kabel zirhi zanglagan bo‘lsa, u holda erga
ulagichni kabelning metall
qobig‘iga ulashga ruxsat etiladi.