|
Uqur Karyerlarni shamollatish e r osti aerologiyasi
|
bet | 1/7 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 464,91 Kb. | | #272545 |
Bog'liq 22-variant karer aerologiyasi
Mavzu: Chuqur Karyerlarni shamollatish er osti aerologiyasi inshootlari va ularning sinflari
Reja:
Kirish
Asosiy qism
2.3 Karyerni termik kuchlar energiyasi bilan shamollatish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Ta’sir etish davomiyligi bo‘yicha inversiya qisqa muddatli va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin.
Qisqa muddatli inversiya bir necha soat davom etadi va bu inversiya, odatda, kechasi bortlarning radiatsion sovishi natijasida hosil bo‘ladi. Shu sababli inversiya bulutsiz kechalarda rivojlanadi va quyosh chiqishi bilan barham topadi.
Uzoq muddatli inversiyalar bir necha kun davom etishi mumkin. Ular, asosan, yilning sovuq davrlarida hosil bo‘ladi. Bortlarning radiatsion sovishi quyoshdan olinadigan issiqdan katta bo‘lgan hollarda havo inversiyasi kunduz kunlari ham hosil bo‘lishi mumkin. Yuqorida aytilganidek, havo inversiyalari Karyer tepasidan sovuq havo fronti oqib o‘tishi tufayli ham sodir bo‘lishi mumkin.
Karyerni inversion sxemada shamollatilganda havo oqimi harakati laminar yoki unga yaqin bo‘lganligi sababli Karyerda havo almashuvi qiyinlashib, katta masofalarda havo tarkibida chang va gaz konsentratsiyasi ko‘payishiga sharoit yaratadi. Chunki Karyer bortlari yuqori qirrasi bo‘ylab harakatlanayotgan havo oqimi yer yuzidagi manbalardan ajralib chiqadigan zararli moddalarni Karyer atmosferasiga olib kiradi. Natijada inversiya yuzasidan pastda juda noqulay sanitar-gigiyenik sharoit shakllanadi va bu joyda chang hamda gaz konsentratsiyasi miqdori ruxsat etilgan miqdordan ancha ko‘p bo‘ladi. Inversion sxemada Karyerni shamollatilganda oqim rejimi laminar bo‘lganligi uchun havo tarkibidagi zararli moddalar Karyer atmosferasidan chiqarilishi juda sust bo‘ladi yoki umuman chiqarib tashlanmaydi.
|
| |