|
Uqur Karyerlarni shamollatish e r osti aerologiyasi
|
bet | 3/7 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 464,91 Kb. | | #272545 |
Bog'liq 22-variant karer aerologiyasiKonveksion sxema. Havo harakatining bu sxemasi asosan kunduz kunlarida sodir bo‘ladi. Bunda Karyer ichidagi havo tashqaridagi havoga nisbatan tezroq isishi natijasida Karyer bortlari bo‘ylab yuqoriga, ya’ni sovuq havo massasiga ko‘tariladi va havo almashishini ta’minlaydi.
Inversion sxema. Bu sxemadan kechasi foydalaniladi, chunki kechasi Karyer tashqarisidagi havo Karyer ichidagi havoga nisbatan tezroq soviydi va bortlar bo‘ylab Karyer ichiga oqib tushishi natijasida u yerdagi ishlatilgan issiq havoni Karyerdan siqib chiqaradi
Issiq havo Karyer o‘rtasidan yuqoriga ko‘tarilishi tufayli havo harorati oshib boradi va havo inversiyasini hosil qiladi. Inversiya rejimida shamollatilganda Karyer tubida yuqoridan oqib tushgan havo tarkibidagi gazlar to‘planib qolishi mumkin.
2-rasm. Tabiiy tortish hisobiga Karyerni shamollatishning inversion sxemasi.
Agar Karyerda tabiiy havo almashishi yetarli bo‘lmasa, u holda ish joylarini sun’iy shamollatish uchun ventilatorlardan foydalaniladi. Mahalliy shamollatuvchi ventilatorlar (MSHV) kuchli bosimga ega bo‘lishi kerak. Havoni kavjoyga uzatish erkin oqimlar orqali amalga oshiriladi (3-rasm).
3-rasm. Karyerning ishlamaydigan bortida MSHVning joylashishi: 1 – ventilator; 2 – erkin struya.
Bu usulda shamollatish samaradorligi havoni haydash usuliga nisbatan 10–12 marta, havoni so‘rish usuliga nisbatan 20÷25 marta yuqori bo‘lishini ta’minlaydi.
2.2. Karyerni shamol energiyasi bilan shamollatish
Yuqorida ta’kidlanganidek, Karyer havosining ko‘p ko‘rinishli harakatlanish qonunlari va ushbu harakatlanishlarni shakllantiruvchi tabiiy kuchlar bir necha asosiy sxemalarda, ya’ni Karyerni shamollatish sxemalarida namoyon bo‘ladi.
Karyerlarni shamol energiyasi yordamida shamollatishda to‘rtta asosiy shamollatish sxemalaridan foydalanish mumkin: to‘g‘ri oqimli, resirkulatsion, konveksion va inversion shamollatish sxemalari. Bulardan birinchisi va ikkinchisi shamol energiyasi hisobiga, uchinchi va to‘rtinchisi esa termik kuchlar energiyasi hisobiga shakllanadi.
Shamolning energiyasi (tezligi) yuqori bo‘lganda to‘g‘ri yoki resirkulatsion oqimli Karyerni shamollatish sxemalarining hosil bo‘lishi, asosan, Karyerning geometriyasi (bortlarning qiyalik burchagi)ga bog‘liq bo‘ladi.
Yer yuzidagi shamol tezligi 0,8÷1,0 m/s dan katta bo‘lib, Karyerning shamolga teskari borti qiyaligi α1 ≤ 15° bo‘lsa, Karyerni shamollatishning to‘g‘ri oqimli sxemasi hosil bo‘ladi. Bu sxemada havo oqimi yer yuzidagi a–a tekisligi bo‘ylab harakatlanib, O nuqtasiga yetib keladi (4-rasm) va Karyer tubi yo‘nalishida kengayadi. Natijada havo harakati tezligi pasayishi hisobiga Karyer tepasida OAO‘ «qalpog‘i » hosil bo‘ladi.
To‘g‘ri oqimli shamollatish sxemasida Karyerda zararli moddalar to‘planib qoladigan, katta o‘lchamga ega bo‘lgan harakatsiz zonalar hosil bo‘lmaydi. Zararli moddalarni chiqarib tashlashda Karyerni to‘g‘ri oqimli shamollatish sxemasida shamollatish samaradorligi boshqa sxemalarga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Bu sxemada zararli moddalar faqat ularni chiqaruvchi manbalar oldidagi atmosferani ifloslantirishi mumkin. Manbalar hududida atmosferaning umumiy ifloslanishi sodir bo‘lmaydi. Karyer borti qiyalik burchagi qancha kichik bo‘lsa, zararli moddalarni Karyerdan chiqarib tashlash sharoitlari ham shuncha yaxshi bo‘ladi, chunki qiyalik burchagining oshishi bilan havo oqimining kengayish darajasi ko‘payib, havo tezligi kamayadi.
Biroq ushbu shamollatish sxemasida Karyerning shamol yo‘nalishiga teskari va unga to‘g‘ri bortlarni shamollatish bir xil bo‘lmaydi.
To‘g‘ri oqimli shamollatish sxemasida Karyerning shamolga teskari borti doimo yer yuzidan kirib keladigan toza havo bilan shamollatiladi, shamolga to‘g‘ri borti esa shamolga teskari bort va Karyer tubini yuvib o‘tgan havo bilan shamollatiladi.
|
| |