Uqur Karyerlarni shamollatish e r osti aerologiyasi




Download 464,91 Kb.
bet6/7
Sana26.09.2024
Hajmi464,91 Kb.
#272545
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
22-variant karer aerologiyasi

9 - rasm. Loyihada Karyerdagi havo harakatining inversion sxemasi.
Inversiya natijasida Karyerni to‘ldiruvchi sovuq havo qatlami inversiya qatlami deyiladi va uning qalinligi (balandligi) h bilan belgilanadi, uning yuqori chegarasi esa inversiya sathi deyiladi (9.9 – rasm). Bu sathdan pastdagi havo qatlamlarida harorat gradiyenti manfiy bo‘ladi.
Havo harakatining inversion sxemasida Karyer bortlari qiyalik tekisligi bo‘ylab havo harakati maksimal tezligi 1 m/s dan oshmaydi. Inversion oqimlarga yaqinlashgan sari havo harakatlanish tezligi kamayib boradi, inversion sathdan pastda esa qo‘zg‘almas holatda bo‘ladi. Karyer bortlari qiyalik tekisligi bo‘ylab harakatlanadigan havo oqimining o‘rtacha tezligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:

bunda K2 – chuqur gorizontlarda havoning siqilishi. Oqimning pog‘onalarga ishqalanishi tufayli havoning adiabatik isishi natijasida og‘irlik kuchi ta’sirining kamayishini hisobga oluvchi, eksperimental koeffitsiyent; H – yer yuzi sathidan qo‘zg‘almas havo qatlamigacha yoki Karyer tubigacha bo‘lgan masofa, m; T – Karyer atrofidagi havoning o‘rtacha absolut harorati, gradus; Tk – Karyerga kirib keladigan havoning o‘rtacha absolut harorati, gradus.
Xulosa
Konvektiv sxemada Karyerni shamollatishda havo harakatining aerodinamik rejimi turg‘un bo‘lmaydi. Havo harakati tezligi kichik bo‘lganda rejim laminar, katta bo‘lganda esa oqimda kamgina turbulentlik hosil bo‘ladi.
Zararli moddalarni Karyerdan chiqarib tashlashni uning bortlari bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilayotgan havo oqimi amalga oshiradi. Bunda oqim yer yuziga yaqinlashib borgan sari uning tarkibidagi zararli moddalar ham ko‘payib boradi. Chunki Karyer yuqori pog‘onalarida olib borilayotgan kon qazish ishlari havo tarkibiga qo‘shimcha zararli moddalar kiritadi.
Konvektiv sxemada shamollatilganda Karyer atmosferasini ifloslantirishga asosan ichki manbalar ta’siri kuchli bo‘ladi (burg‘ilash ishlari, ekskavatorlar ishi, transport harakati va h. k.). Bu manbalarda zararli moddalar konsentratsiyasi shamolga teskari bortga, ayniqsa, havo harakati tezligi kichik bo‘lganda yuqori bo‘ladi. Karyer atmosferasi ifloslanishiga tashqi manbalar ta’sir ko‘rsatmaydi.
Karyer bortlarining sovishi va yer yuzidagi shamol oqimi energiyasining kichik bo‘lishi natijasida Karyerda inversion havo oqimi sxemasi hosil bo‘ladi.
Bunday sxema hosil bo‘lishi uchun yer yuzidagi shamol tezligi 0,7÷0,8 m/s dan oshmasligi kerak. Chunki shamol oqimining ana shu tezligida uning solishtirma kinetik energiyasi 0,4 J/m3 dan ko‘proq bo‘ladi.
Shamol oqimi energiyasining ko‘payishi atmosferaning termodinamik holatiga ta’sir etadi. Karyerda havoning turbulent almashuvi ko‘payib, havoni sovituvchi manbalar hosil bo‘ladi.
Natijada harorat gradiyenti adiabatik gradiyentga yaqinlashadi. Shunday qilib, Karyerda sovuq va ancha og‘ir havo massasining yuqoridan pastga harakatlanishi uchun sharoit yaratiladi. Karyerda havoning inversion harakati faqat uning bortlari havoni sovitishi tufayli emas, ayrim hollarda, Karyer ustidan sovuq havo oqib o‘tishi ta’sirida ham hosil bo‘lishi mumkin.

Download 464,91 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 464,91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uqur Karyerlarni shamollatish e r osti aerologiyasi

Download 464,91 Kb.