• To‘g‘ri oqim sxemasi
  • Resirkulatsion sxema.
  • Кaryerda havo harakatini shakllantiruvchi kuchlar




    Download 464,91 Kb.
    bet2/7
    Sana26.09.2024
    Hajmi464,91 Kb.
    #272545
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    22-variant karer aerologiyasi

    2.1. Кaryerda havo harakatini shakllantiruvchi kuchlar


    Karyerlarda havoning harakatlanishi shamol energiyasi, termik kuchlar energiyasi, statik bosim o‘zgarishi va ayrim texnologik omillar ta’sirida vujudga kelishi mumkin.
    Karyerlarda tabiiy havo almashishi yil davomida tinch, shamolsiz (sokin–shtil) kunlar kam bo‘ladi (10–15 %) va ta’sirchan shamol oqimi mavjudligi tufayli sodir bo‘ladi. Shamolning yillik o‘rtacha tezligi 3–4 m/s ga teng. Shamollatish samaradorligi Karyer chuqurligi, bortlarining qiyalik burchagi, texnologik omillar va shamolning yo‘nalishiga bog‘liq bo‘lib, Karyerni shamol yordamida shamollatish quyidagi sxemalarda amalga oshiriladi.
    To‘g‘ri oqim sxemasi. Bu sxema bort qiyaligi 15° dan kichik bo‘lgan Karyerlarni shamollatishda qo‘llanadi. Bu sxemada Karyer yer yuzidagi shamol oqimi to‘g‘ridan to‘g‘ri Karyer pog‘onalariga (kichik turbuzatsiyalangan holda) oqib keladi. To‘g‘ri oqim sxemasi samaradorligi resirkulatsion sxemaga nisbatan 2–3 marta katta.
    Resirkulatsion sxema. Bu sxema bort qiyalik burchagi 15° dan katta bo‘lgan Karyerlarni shamollatishda qo‘llanadi (1­rasm). Bu sxemada to‘g‘ri chiziqli shamol oqimlari Karyer atmosferasining yuqori qatlamlarida bo‘ladi, pastki qatlamlarda esa teskari yo‘nalishli yoki resirkulatsion oqimlar pog‘onalar usti bo‘ylab harakatlanadi.

    1–rasm. Shamol energiyasi yordamida Karyerni shamollatishning resirkulatsiyalanishi: 1 – kavjoyda havo oqimining resirkulatsiyalanishi; 2 – shamollatilmaydigan zona
    Pog‘onalarda resirkulatsion oqimlar ta’sirida havoning turbulent harakati hosil bo‘ladi. Bu sxemada Karyerdan gazni chiqarib tashlash jarayoni to‘g‘ri oqimli sxemadagiga nisbatan sezilarli darajada sekinlashadi. Chunki atmosfera yuqori qatlamlaridagi resirkulatsiya zonalaridan chiqib keladigan shamol oqimi tezligi gazlarning chiqib ketish yo‘liga teskari ta’sir ko‘rsatadi.
    Ko‘pchilik Karyerlarning bort qiyalik burchagi 15° dan katta bo‘lishi tufayli chuqur Karyerlar tubida shamollatish mumkin bo‘lmagan zonalar hosil bo‘ladi. Bunday zonalarning hajmi Karyer hajmining 50 % ini tashkil qilishi mumkin.
    Karyerlarni tabiiy tortish kuchi hisobiga shamollatishda quyidagi sxemalardan foydalaniladi.

    Download 464,91 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 464,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Кaryerda havo harakatini shakllantiruvchi kuchlar

    Download 464,91 Kb.