|
Uqur Karyerlarni shamollatish e r osti aerologiyasi
|
bet | 4/7 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 464,91 Kb. | | #272545 |
Bog'liq 22-variant karer aerologiyasi4 – rasm. Shamol oqimining Karyer tepasida kengayish sxemasi.
Shamol tezligi 0,8÷1,0 m/s dan ko‘p, Karyer shamolga teskari bortining qiyalik burchagi α1 >15° bo‘lganda resirkulatsion shamollatish sxemasi hosil bo‘ladi (9.5-rasm).
5 – rasm. Karyerda havoning resirkulatsion harakatlanish sxemasi.
Karyerni resirkulatsion oqim sxemasida shamollatilganda havo tarkibidagi zararli moddalar doimiy massa yadrosi orqali Karyerdan chiqarib tashalanadi. Bu yadroga zararli moddalar, uning boshlang‘ich uchastkasi P2OP1 zonasidan (9.5rasmga qarang) kirib keladi. Havo va zararli moddalar aralashmasiga kirib kelgan doimiy massa yadrosi P2P1B chegarasidan pastga resirkulatsiyasi harakatda bo‘ladi.
Massaning saqlanish qonuniga ko‘ra resirkulatsiya zonasiga kirib kelgan va ma’lum vaqt davomida undan chiqarib tashlangan zararli moddalar o‘rtasidagi tafovut shu vaqt mobaynida resirkulatsiya zonasidagi zararli moddalar miqdori o‘zgarishiga teng bo‘ladi, ya’ni
GP–Gy=ΔG,
bunda GP – ma’lum vaqt oralig‘ida resirkulatsiya zonasiga kiribkelgan zararli moddalar miqdori; Gy– shu vaqt oralig‘ida resirkulatsiya zonasidan chiqarib tashlangan zararli moddalar miqdori;ΔG – shu vaqt oralig‘ida resirkulatsiya zonasidagi zararli moddalar miqdorining o‘zgarishi.
6 – rasm. Karyerni resirkulatsion – to‘g‘ri oqim sxemada shamollatish.
7 – rasm. Karyerni to‘g‘ri oqim – resirkulatsion sxemada shamollatish.
Karyerning amaldagi geometrik shakllarining ayrim hollarida Karyer maydonining bir qismi to‘g‘ri oqimli, ikkinchi qismi esa resirkulatsion oqimli sxemalarda, ya’ni har ikkala sxemaning kombinatsiyasi yordamida shamollatilishi mumkin. Masalan, shamol yo‘nalishi bo‘yicha Karyer o‘lchamlari katta bo‘lsa, Karyerni resirkulatsion – to‘g‘ri oqimli sxemalar kombinatsiyasi bilan shamollatish amalga oshiriladi (9.6-rasm). Bu sxemada I tip oqimining pastki chegarasi Karyer tubini qandaydir B nuqtasida kesib o‘tadi. Nuqtaning o‘ng tomoni (BCD uchastkasi) to‘g‘ri oqimli sxemada shamollatiladi. Karyerning A–B kesimidan chap tomoni resirkulatsion sxemada shamollatiladi. Karyerning shamolga teskari borti burchagi o‘zgaruvchan bo‘lsa, Karyer maydoni to‘g‘ri – resirkulatsion oqimli sxemalar kombinatsiyasida shamollatiladi (9.7- rasm).
|
| |