• Karyer maydoni tashqarisiga (a), ichiga (b)joylashgan umumiy kapital transheyalar tizimi.
  • Pog’onalar kon ishlar fronti tiplar: a,d
  • 5-amaliy ish. Gorizontal kon lahimlarining ko'ndalang kesim yuzasini hisoblash




    Download 257.58 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana24.04.2024
    Hajmi257.58 Kb.
    #206769
    Bog'liq
    5-amaliy ish (2)
    Kon mashina va uskunalarining texnologik parametrlari, KARerrr, Документ Microsoft Word (2), 1-amaliy ish, 2021-aprel-iyun, bolt, 12.09.2022, рамка узб, Nasriddinov D, rele тест уз (2), Suhrob.1, 5 lab, ХОЛИДА, Raxmonov Akram kon mashina, Rahimov Ortiqali misollar


    5-amaliy ish. 
    Gorizontal kon lahimlarining ko'ndalang kesim yuzasini hisoblash 
    Kapital transheya bortining qiyalik burchagi tog‘ jinsining turg‘unlik darajasiga 
    bog‘liq. Mustahkam qoyali tog‘ jinslarda 65—75°ga, yoriqdor qoyali tog‘ jinslarda 
    55—60°ga va cho‘kindi jinslarda (qumtosh, oxaktosh, argillitlar)—35 dan 55°gacha 
    hamda zaif bog‘langan gillarda — 25 dan 40° gacha qabul qilinadi.
    Transheya pastki qismi kengligi ikkita shart bo‘yicha amalga oshiriladi: transport 
    yo‘lining konstruksiyasi va o‘lchami hamda transheya o‘tkazishda jixozlarni xavfsiz 
    joylashtirish.
    Temir yo‘l transportida transheya pastki qismi kengligi quyidagi elementlar 
    kengliklaridan tashkil topadi: A — cheti, K — kyuvet, O—tayanchni joylashtirish 
    uchun maydoncha, P — o‘tish qismi, 3 — yer qazish tasmasi (zemlyanoe polotno), 
    L—lotok. Lotok cheti kengligi A yumshoq tog‘ jinslarda 1 m, qoyali tog‘ jinslarda-
    — 0,5 m tashkil etadi; kyuvet yuza qismi kenligi K yumshoq tog‘ jinslarda 1,65 m, 
    qoyali tog‘ jinslarda 1 m; kontaktli tayanch egallagan maydon kengligi O 0,4 m. 
    Yo‘l o‘qlari orasidagi masofa S
    p
    ular soniga va dumpkarlar yuk ko‘tarish 
    qobiliyatiga bog‘liq xolda 4,1 dan 5,3 m gacha o‘zgaradi. Ikki yo‘lli temir yo’l 
    transportlari xarakatlanadigan transheyalari osti minimal kengligi 14—15 metrni 
    tashkil
    _
    etadi.
    Avtomobil transportida kyuvet va yo‘lning o‘tish qismi orasida asosan kengligi 
    0,5—1 metrli yo‘l cheti qoldiriladi. O‘tish qismi kengligi harakatlanish polosasi 
    soniga bog‘liq va avtosamosvalni yuk ko‘tarish qobiliyatiga bog’liq holda 4,5m dan 
    20 metrgacha o‘zgaradi. Yuk ko‘tarish qobiliyati 40—45, 65—75, 100—120 va 
    160—180 tonna bo‘lgan avtosamosvallar uchun mos ravishda 12,5; 15,5; 17 va 20 
    metrni tashkil etadi. Juda ko‘p qor yog‘adigan iqlimli zonalarda transheya kengligini 
    7—10 metrga kengaytirish lozim chunki qorni vaqtinchalik yig‘ish uchun va 
    zaxiradagi harakatlanish polosalarni qordan tozalash transporti harakatlanishi uchun 
    zarur
    _
    bo‘ladi.
    Transheyani kesim yuzasi undagi transheya o‘tishda qo‘llaniladigan va 


    ekskavatsiyalash vaqtida yirik o‘lchamli tog‘ jinslarni sig‘dirish imkonini beradigan 
    ekskavator va boshqa turdagi transportlarni xavfsiz joylashishini ta’minlashi zarur.
    Ish unumdorligi yuqori bo‘lgan ekskavatorlar uchun xavfsizlikni ta’minlash 
    maqsadida kuzovi va transheya borti orasida 1 — 1,5 m oraliq qoldiriladi.
    Avtotransportga tog‘ jinsi yuklash bilan transheya o‘tkazishda uning kenligini 25—
    30 metrgacha uzaytiriladi, bunda avtosamosvallarni aylanma harakatini va 
    ekskavatorni ish unumdorligini 25—40 % ga ta’minlab berish tadbirlari ishlab 
    chiqiladi.
    Kapital tyransheyalar tizimi 
    Zamonaviy karyerlarda pog’onalar soni 15 va unda ham ko’p bo’lishi 
    mumkin. Karyerning barcha gorizontlarini ochishni ta’minlaydigan kapital 
    transheyalar majmui kapital transheyalar tizimi deb ataladi. 
    1-rasm. Karyer maydoni tashqarisiga (a),ichiga (b) joylashgan alohida kapital 
    transheyalar tizimi. 

    Karyer maydonida joylashishi va o’zaro texnalogik bog’lanishi bo’yicha  


    kapital transheyalar tizimiga kiruvchi transheyalar alohida yakka, umumiy hamda 
    guruh transheyalar ko’rinishida bo’lishi mumkin. 
    2-rasm. Karyer maydoni tashqarisiga (a), ichiga (b)joylashgan umumiy 
    kapital transheyalar tizimi. 
     
    3-rasm. Karyer maydoni tashqarisiga (a), ichida (b)joylashgan guruh kapital 
    transheyalar tizimi. 
    Agar karyer maydoni alohida kapital transheyalar tizimi bilan ochilsa, har bir 
    ishchi garizont alohida kapiatal transheya bilan ochiladi va o’zaro texnalogik 
    bog’lamaydi. Bunda yuk patoklari ham o’z yo’nalishlariga ega bo’ladi.Karyer 
    maydoni umumiy kapital transheyalar tizimi bilan ochilganda esa, yuk potoklari 
    yo’nalishi bo’yicha markazlashgan bo’ladi (2-rasmga qarang). 


    Karyer maydoni kapital transheyalar guruhi tizimi orqali ochilganda barcha 
    pog’onalar sifat yoki boshqa belgilar asosida (masalan, qoplama jins pog’onalar 
    guruhi va foydali qazilma pog’onalari guruhi ) bir necha guruhlarga ajratiladi. Har 
    bir pog’onalar guruhi o’zining umumiy kapital transheyalar guruhi bilan ochiladi (3-
    rasm). 
    Karyer maydonini kapital transheyalar guruhi bilan ochish karyer 
    maydonining alohida va umumiy kapital transheyalar bilan ochishning belgilarini 
    o’zaro birlashtirib, ular o’rtasidagi oraliq holat hisoblanadi.
    Zarurat tug’ilganda karyer maydonini umumiy juft kapital transheyalar tizimi 
    orqali ochiladi. Bunda pog’onalar ish fronti bir yo’nalishga ega bo’lishi taminlanadi 
    va bitta transheya ochilgan garizontga bo’sh transport vositalarining kirib 
    kelishiga,ikkinchisi esa massasini transport qilishga xizmat qiladi (4-e rasm ga 
    qarang). 
    4-rasm.  Pog’onalar kon ishlar fronti tiplar: 
     a,d - ochuvchi lahimlarni flanglarga joylashgan va transport harakati qaytma 
    bo’lgan tupikli kon ishlari fronti; b-ochuvchi lahimlar markazga joylashgan va 
    transport harakati qaytma bo’lgan tupikli kon ishlari fronti; e- ochuvchi lahimlar 
    flanglarga joylashgan va transport harakatini bir yo’nalishjda (skvoznoy) bo’lgan 
    kon ishlari fronti. 

    Download 257.58 Kb.




    Download 257.58 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-amaliy ish. Gorizontal kon lahimlarining ko'ndalang kesim yuzasini hisoblash

    Download 257.58 Kb.
    Pdf ko'rish