• Ochiq kon lahimlari va ularning qo’Uamlishi
  • Karyer maydonini ochish reja: Karyer maydonini ochishning mohiyati Ochiq kon lahimlari va ularning qo’Uamlishi




    Download 125,27 Kb.
    bet1/6
    Sana10.01.2024
    Hajmi125,27 Kb.
    #133865
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    KARYER MAYDONINI OCHISH


    KARYER MAYDONINI OCHISH


    Reja:

    1.Karyer maydonini ochishning mohiyati


    2. Ochiq kon lahimlari va ularning qo’Uamlishi
    3. Ochish usullari va ularning klassifikatsiyasi.

    Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olishda kon massasi karyerning ishchi gorizontlarida joylashgan zaboylardan, ularni karyerda yoki yuqori qismdagi qabul qilish nuqtalarigacha tashiladi (ko’chiriladi).


    Bo’sh tog’ jinslarini qabul qilish nuqtalari bu ichki va tashqi ag’darmalar va foydali qazilmalar uchun omborxonalar va boyitish fabrikalaridir. Karyerdagi ishchi gorizontlar va kon massasini qabul qilish nuqtalari karyer yuqori qismida asosan turli balandlik nuqtalariga ega bo’ladi. Shunday qilib, karyerda karyer transportining unumli va iqtisodiy jihatdan samarali ishlashini ta’minlovchi transport aloqalarini qurishda, ularni ham rejada ham profilda optimal joylashtirish vazifasi turadi. Bu vazifa karyerni ochishni loyihalashda yechiladi. Karyer maydonini ochish karyer transportlarini karyer bo’ylab ishchi gorizontlarga harakatlanish va undan qoplovchi tog’ jinsini ag’darmalarga, foydali qazilmani esa boyitish fabrikalariga tashish imkoniyatini beruvchi kon lahimlari bilan amalga oshiriladi. Ochuvchi kon lahimlari yuzadan yoki allaqachon ochilgan oraliq ishchi gorizontdan boshlanadi va ochuvchi gorizont ishchi maydonida yakunlanadi.
    Ochishning usuli, sxemasi va tizimi mavjud.
    Ochish usuli ochuvchi kon lahimlari bilan xarakterlanadi. Karyer ishchi gorizontlarini ochish uchun ko’p hollarda ochiq kon lahimlaridan foydalaniladi. Kam hollarda karyerlarni ochish yer osti va mujassamlashgan kon lahimlari bilan amalga oshiriladi. Ba’zi hollarda karyer gorizontlarini ochish kon lahimlarisiz ham amalga oshirilishi mumkin.
    Ochish sxemasi - bu hozirgi vaqtda karyerning kon massasini qazib olish gorizontlari va kon massasini tashish gorizontlari orasidagi aloqani taminlovchi barcha ochuvchi kon lahimlarining yig’indisi. Ochish sxemasi kon ishlarining aniq holatida ochuvchi kon lahimlarining turi, soni va joylashuvini ko’rsatadi.
    Ochish tizimi - bu karyerni ochish sxemasining karyerning ishlash davri ichidagi o’zgarishi. Ochish tizimi qo’llaniladigan ishchi gorizontlarni ochish usuli va sxemalarini ko’rsatadi.
    Asosiy karyer transportlaridan foydalangan holda karyerning ishchi gorizontlarini ochish (temir yo’l, avtomobil va konveyer) maxsus qiya kon lahimlarini ochishni talab qiladi. Bu kon lahimlarining o’lchamlari karyer transportining o’lchamlariga mos kelishi kerak, uning harakatlanish tezligini va bo’sh tog’ jinslarining fizik-texnik xususiyatlarini inobatga olishi kerak.
    Pog’onalar ish frontiga ko’ra ochuvchi kon lahimlari qanotli va markaziy joylashgan bo’lishi mumkin (9.1-rasm.).
    G’ildirakli karyer transportida va unga xizmat ko’rsatadigan bitta ochish kon lahimi mavjudaligida ish fronti ichida transport qaytish harakatiga (to’g’ri va qaytma) ega bo’lishi mumkin. Ochuvchi kon lahimlari bunday holatda unga bo’sh transport vositalarini qabul qilish va ulardan tog’ jinslarini olib chiqishga qo’llanilishi mumkin. Bunday ish fronti pog’onada oxiri berk deb ataladi. Bu usul asosan temiryo’l transportida keng qo’llaniladi. Gorizontga ikki va undan ortiq ochuvchi kon lahimi xizmat ko’rsatsa ish fronti ichida ham borib qaytadigan, ham bir tomonli harakatni qo’llash mumkin. Bunday holda bitta ochuvchi kon lahimi transportlami qabul qilishga, ikkinchisi chiqarishga xizmat qiladi. Ishl frontidagi bunday ishlash usuli ochiq deb ataladi. Ochiq usul oqimli harakatlanishda transportlarning tez harakat qilishi imkonini beradi, lekin ikkinchi kon lahimidan foydalanish uchun qo’shimcha vositalar va qurilish ishlarini talab qiladi.
    Kon uyumining yotish burchagiga ko’ra ishchi gorizontlarni ochish turli bo’lishi mumkin. Gorizontal konni qazib olishda karyerning ishlash vaqtida

    tugaydi.

    1-rasm.. Pog’onalarning kon ishlari fronti turlari:
    a, v - transportning ortga qaytishiga mo’ljallangan oxiri berk va ochuvchi kon lahimlarining qanotda joylashuvli; b - transportning ortga qaytishiga mo’ljallangan oxiri berk va ochuvchi kon lahimlarining markazda joylashuvli; g - transportning oqimli harakat qiluvchi ochiq va ochuvchi kon lahimlarining qanotda joylashuvli.

    ochuvchi kon lahimlarini o’tish usuli o’zgarmaydi va karyerning qurilish davrida
    Qiya va tik qiya karyerlarni foydalanishga topshirishda ular bir nechta yelpig’ichsimon gorizontlar bilan ochiladi. Keyinchalik qazib olishga bundan
    chuqurroq gorizontlarga kelganda ularning ochilishi ham amalga oshiriladi.
    Shunday qilib gorizontlarni ochish karyerning butun foydalanish davrida amalga oshiriladi.
    Ochiq kon lahimlari va ularning qo’Uamlishi
    Ochiq kon ishlarini amalga oshirishda ikki turdagi kon lahimlari qo’llaniladi - kapital va qirqim transheyalar.

    Download 125,27 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 125,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Karyer maydonini ochish reja: Karyer maydonini ochishning mohiyati Ochiq kon lahimlari va ularning qo’Uamlishi

    Download 125,27 Kb.