Karyer maydonini ochish reja: Karyer maydonini ochishning mohiyati Ochiq kon lahimlari va ularning qo’Uamlishi




Download 125,27 Kb.
bet5/6
Sana10.01.2024
Hajmi125,27 Kb.
#133865
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KARYER MAYDONINI OCHISH

Ochish usuli, sxemasi va tizimini tanlashda quyidagilar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi: yer yuzi relefi, karyerning plandagi va chuqurlik bo'yicha o'lchamlari, qazish tizimi va uning ko'rsatkichlari, karyer yuk aylanmasi va uning yuk oqimlariga bo'linishi, ma’dan tanasi va qatlamlarning yotish elementlari, foydali qazilma turli navlarini karyer maydonidagi holati va h.k.
Kon kapital ishlarining hajmi, karyer faoliyati davrida kon-tayyorlov ishlarining hajmi turli gorizontlarda uyumni qazib olish va qazib olishga tayyorlash ishlari kalendar rejasi, karyer faoliyati davrida kon texnikasi va transportdan foydalanish ko'rsatgichlari ko'p jihatdan tanlangan ochish tizimiga bog'liqdir.
Ochish usuli va tizimi qazish tizimi bilan uzviy bog'liqlikka ega. Boshqacha aytganda aniq bir qazish tizimini qo'llash, odatda chegaralangan miqdordagi yoki hatto birgina ochish usulidan foydalanish mumkinligini va chegaralangan miqdordagi texnik jihatdan mumkin bo'lgan va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo'lgan ochish tizimi variantlaridan foydalanish muiknligini taqozo etadi.
Ma’lum bir ochish usuli, sxemasi va tizimini tanlash imkoniyatiga nafaqat qazish tizimi, balki uning parametrlari bo'lgan: ishchi pog'onalar balandligi va soni, pog'onalar ish frontining uzunligi, karyer ish zonasining holati, alohida kon ishlarining talab qilingan surati va hokazolar ta’sir qiladi.
Va teskarisi, aniq bir ochish usullari, sxemasi va tizimini qo'llash umumiy holda qazish tizimini va uning parmetrlarini tanlashga ma’lum talablar qo'yadi.
Qazish ishlari olib borish juda qiyin sharoitlarda, xususan ko'p sonli gorizontlarda, uyumlarning murakkab shakli va qiyin konturlarida, qoplovchi jinslarning bir gorizontni o'zida aralash tarzda yotgan hollarda, tog' jinslarini bir karyer maydoni muhitida turli fizik texnik xususiyatlarga ega bo'lishi, qisman turli transport turlaridan foydalanishga asoslangan murakkab ochish usullari kombinatsiyasidan foydalanishni taqozo etadi. Yana bir bor shuni ta’kidlab o'tish joizki, qazish usuli, sxemasi va tizimini tanlashda va karyer kommunikatsiyalarini umumiy foydalanishdagi yo'llar bilan bog'lovchi temir yo'l va avtomobil yo'llarini yotqizishda karyerning butun faoliyati davomida karyer konturining ehtimolli yoki talab qilingan siljish yo'nalishini albatta inobatga olish kerak.


Download 125,27 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 125,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Karyer maydonini ochish reja: Karyer maydonini ochishning mohiyati Ochiq kon lahimlari va ularning qo’Uamlishi

Download 125,27 Kb.