• Ochish usullari va ularning klassifikatsiyasi. Ochish usullari togrisida tushuncha.
  • Ochish usullari klassifikatsiyasi.
  • Karyer ishchi gorizontlarini ochish sxemalari togrisidagi asosiy tushunchalar.
  • Karyer maydonini ochish reja: Karyer maydonini ochishning mohiyati Ochiq kon lahimlari va ularning qo’Uamlishi




    Download 125,27 Kb.
    bet4/6
    Sana10.01.2024
    Hajmi125,27 Kb.
    #133865
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    KARYER MAYDONINI OCHISH

    Bpm - qirqim transheya asosining kengligi, m;
    ap m^p, ap m H - mos ravishda ishchi va ishchi bo’lmagan qirqim transheya bortining qiyalik burchagi, gradus.
    Ikkita bortni qazib olishda (transheya karyer konturi ichida joylashgan):
    Sp. т = Нр. т [Вр. т + Нр. mCtgaр. т. p ] ,
    Ochish usullari va ularning klassifikatsiyasi.
    Ochish usullari to'g'risida tushuncha.
    Ishchi gorizontlarni ochish maxsus kon laximlarini o'tish yordamida amalga oshiriladi. Ularni ochishdan ko'zda tutilgan asosiy maqsad, bu - pog'onalarda yo'lga qo'yilgan yuk oqimlarini transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlash va buning natijasida kon massasini ishchi gorizontlardan yer yuzasiga yoki o'rta gorizontlarga tashish imkoniyatini yuzaga keltirishdir. Ochuvchi kon laximlari yer yuzasidan boshlanib yoki avval ochilgan ish gorizontidan boshlanib, ochilishi nazarda tutilayotgan gorizont ish maydoni belgisida tugaydi.
    Ochish usullari qator belgilariga qarab aniqlanadi. Bunday belgilardan eng asosiysi bu - ochuvchi laximlar turidir.
    Alohida hollarda butun foydali qazilma konini qazish ishlari va karyer yuklarini tashish ishlari ochuvchi laximlarni o'tmasdan turib ham olib boriladi. Bu quyidagi hollarda kuzatiladi: bashnyali kran - kran va shunga o'xshashlarni qo'llagan hollarda. Ko'p hollarda karyerning alohida ishchi gorizontlariga transport vositalarining yetib borish imkoniyati ochish laximlarisiz ham mavjud bo'ladi. Bu quyidagi hollarda kuzatiladi: tog'li va tog'li-chuqurlik sharoitida joylashgan konlarda qoplovchi jinslarni gorizont yon bag'ridagi ag'darmalargatashishda, kichik qiyalikka ega bo'lgan joy relefida ishchi gorizontga yer yuzasidan bevosita yetib borish imkoniyati bo'lganda va shunga o'xshash hollarda. Ochishning bunday usuli transheyasiz ochish usuli deb ataladi.
    Ko'pgina hollarda karyerning ishchi gorizontlarini kapital transheyalar yoki yarim transheyalar yordamida ochishadi. Kapital transheya - ishchi gorizontni ochish uchun xizmat qiluvchi ochiq qiya kon laximi bo'lib, transport vositasini yer yuzasidan kongacha yetib borishini ta’minlaydi. Yer osti laximlari (qiya va vertikal stvollar, shtolnyalar, tonellar bilan birgalikda) yordamida ochish kamdan kam hollarda amalga oshiriladi. Bulardan tashqari yuqorida keltirilgan ikki turdagi kon laximlarining (yer osti va er usti) kombinatsiyasidan foydalanib ham konlarni ochishadi. Bunday usul kombinastiyalashgan usul deb aytiladi.
    Kapital va yarim transheyalar quyidagicha farqlanadi: к karyerni tugal chizig'iga nisbatan joylashishiga qarab; к kon laximlari qiyaliklari kattaliklariga qarab;
    к umumiy yo'lga (trassaga) ega bo'lgan transheyalar xizmat ko'rsatadigan pog'onalar soni bilan;
    к transheyaning asosiy vazifasiga ko'ra; o
    к chuvchi kon laximlarining xizmat qilish muddati bilan (stastionar va yarimstatsionar va boshqalar).
    G'ildirakli transport vositalari (temir yo'l va avtomobil transporti) harakati uchun mo'ljallangan transheyalar qiya transheyalar deb, ko'targichlar bilan jihozlangani esa tik-qiya transheyalar deb yuritiladi.
    Umumiy yo'lga (trassaga) ega bo'lgan transheyalar xizmat ko'rsatayotgan pog 'onalar soniga qarab, alohida (bitta pog'ona), guruh (bir necha pog'onaga) va umumiy (karyerning oxirgi chuqurligigacha bo'lgan barcha pog'onalar) transheyalarga bo'linishi mumkin.
    Tashqi transheyalar statsionar yoki yarim statsionar holatida bo'ladi. Ichki transheyalar statsionar (karyerning ish olib borilmayotgan bortida joylashgan), yarim statsionar va vaqtincha bo'lishi mumkin. Karyerning ishchi bortlarida
    vaqtincha va yarimstatsionar holatida joylashtirishga, kon kapital ishlari hajmini kamaytirish maqsadida va ochish ishlari hajmini vaqt bo'yicha qayta taqsimlash uchun harakat qilinadi.
    Bir (yagona) kapital transheya bilan ochilgan ishchi gorizontda ko'p hollarda transport vositalarining mayatniksimon (qaytma) harakati yo'lga qo'yiladi. Agar ishchi gorizont ikkita transheya (yukli va yuksiz) bilan ochilgan bo'lsa, bunday holda transport vositalarining ikki yoqlama harakati ta'minlanadi va ko'p hollarda kon texnikasidan foydalanish darajasi oshadi, bu esa o'z navbatida ochuvchi laximlarni o'tishda sarflangan xarajatlarni oshishini qisman qoplaydi. Bunday transheyalar juft transheyalar atalib, tashqi yoki ichki qo'yilishga ega bo'lishi va ular alohida, guruh yoki umumiy transheyalar juftligidan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Trassalar ham o'z navbatida mos ravishda yagona (birlamchi) va juft trassalarga bo'linadi.
    Juft transheya va trassalar (yo'l) asosan chuqur bo'lmagan, yuk aylanmasi sur'ati yuqori karyerlarda qo'llaniladi.
    Yuqorida keltirilgan kapital transheyalarni bir-biridan farqlash belgilaridan kelib chiqqan holda asosiy ochish usullari klassifikastiyasi 18.1- jadvalda keltirilgan. Jadval professor E.F. Sheshko klassifikatsiyasi asosida tuzilgan.
    Ochish usullari klassifikatsiyasi.
    - jadval.

    Ochish usuli belgisi.

    Ochish usuli

    Ochiq kon laximlari yordamida.

    Yer osti laximlari yordamida.

    Yer osti va ochiq kon laximlari qo'shilmasi yordamida.

    Ochuvchi kon laximlarining karyerning tugal chizig'iga nisbatan holatiga ko'ra.

    Tashqi, ichki yoki ikkalasi qo'shil-masidan hosil bo'lgan transheyalar va yarim- transheyalar yordamida.

    Tashqi, ichki yoki ikkalasi kombi- nastiyasi.

    Tashqi, ichki yoki ikkalasi kombina-stiyasi.

    Laximning
    turg'unligi

    Turg'un, yarimturg'un va vaqtincha transheyalar yoki yarimtransheyalar

    Turg'un bo'lgan laximlar.

    Turg'un yoki turg'un va yarim turg'un (vaqtincha) laximlarning kombi- natsiyasi.







    yordamida.







    Laximlarning
    qiyaligi.

    Tik, qiya yoki yarim qiya transheyalar va yarim-transheyalar yordamida.

    Vertikal, tik qiya, qiya yoki gorizontal.

    Vertikal, tik qiya, qiya yoki gorizontalning kombinatsiyasi.

    Xizmat
    ko'rsatilayotgan gorizontlar soni.

    Alohida, guruh yoki umumiy transheyalar va yarimtransheyalar.

    Alohida, guruh yoki umumiy.

    Alohida, guruh yoki umumiy.

    Transport vosi- talarining pog'o- nadagi harakati xarakteriga ko'ra (uzluksiz yoki mayatniksimon).

    Birlamchi yoki juft transheyalar va yarimtransheyalar.

    Birlamchi yoki juft transheyalar.

    Birlamchi yoki juft transheyalar.





    Ma'lum qaralayotgan joyning umumiy tekisligi (shunday tekislik haqida gap ketayaptiki, ma'lum qaralayotgan joyning eng ko'p nuqtasi shu tekislikda yotgan bo'lishi shart) belgisidan pastda joylashgan ishchi gorizontlarni ochishda kapital transheyaning bo'ylama profili transport vositalarini harakat yo'nalishi yukli holatda ko'tarilishi bilan xarakterlanadi, qaralayotgan gorizontlarni ochishda esa, harakat yo'nalishi yuksiz transport idishlarini ko'tarilishi bilan xarakterlidir.
    Ochuvchi kon laximlarining karyer maydoni va foydali qazilma uyumiga nisbatan joylashishiga ko'ra ochishni yon qanotli va markaziy transheyalar yordamida (yoki yer osti kon laximlari yordamida); foydali qazilma uyumi yotib turgan tomonlaridan ochish, shuningdek karyerni ko'ndalang aylanmasidan ochish kabi turlarga ajratish mumkin.


    a

    b

    5. Rasm. Guruhlashgan tashqi (a) va ichki (b) transheyalar bilan ochish sxemasi.




    Karyer ishchi gorizontlarini ochish sxemalari to'g'risidagi asosiy
    tushunchalar.
    Ochish sxemasi - bu ma'lum qaralayotgan davrda karyerning ishchi gorizontlarini va kon massasini karyer ichida yoki yer yuzida mos ravishda qayta yuklash va qabul qilish punktlarini (joylarini) o'zaro bog'liqligini yuktransport harakatini ta’minlovchi barcha ochuvchi kon laximlari majmuidir.
    Ochish sxemasi, ochuvchi kon laximlarining ma’lum holatida yoki boshqacha aytganda karyer qurilish va ekspluatatsiyasi rivojlaninshining har qanday kalendar davrida o'zining turi, soni va ayni muhitdagi holatiga ko'ra xarakterlanadi.
    Umumiy holda, bir ochish sxemasi karyer ishlash muddatining ma’lum davrida (ochish vaqtida) amal qiladi va ayni davrda ma’lum kon-geologik va kon- texnik sharoitlarda karyer ishchi gorizontlarini ochishning aniq bir usulini yoki usullar kombinatsiyasini amalga oshiradi.
    Gorizontal holda joylashgan konlarda yalpi qazish tizimlarida ochish sxemalarini yaratish (qurish) karyerni ekspluatatsiyasi boshlanishi bilan yoki ko'p hollarda karyerning foydali qazilma bo'yicha to'liq ishlab chiqarish quvvatiga erishishi bilan tugaydi. Shundan so'ng bu ochish sxemasi barqaror yuk oqimlarida karyer maydonida qazuv ishlari tugagunicha yoki karyerni rekonstruktsiya qilish davrigacha faoliyat ko'rsatadi.
    Tobora chuqurlashib boruvchi qazish tizimlaridan foydalanib qazib olinadigan nishab, qiya va tik qiya foydali qazilma konlarida nisbatan qisqa muddatda, bir necha yil yoki hatto oylar bilan o'rganadigan muddatda karyer ish zonasining plandagi va balandlik bo'yicha o'lchamlari o'zgaradi.
    Bu ish jarayoniga yangi qazish qatlamlarini kiritish asosiy qazuvchi- yuklovchi mexanizmlarni joylashgan o'rinlarini o'zgarishining ta’siri bilan bog'liq bo'lib, keyingisi o'z navbatida yangi yoki mavjud elementar va pog'ona yuk oqimlarini yangilarini shakllantirishni texnik jihatdan shart ekanligini yoki maqsadga muvofiq ekanligini taqozo etadi. O'z navbatida bularning barchasi ochish sxemalarining o'zgarishi va shakllanishiga olib keladi.
    Ochish sxemasini o'zgarishi yangi qiya transheyani pastki gorizontga o'tishda, gorizontlarda ochuvchi laximlarni soni oshganda yoki kamayganda, eski transheyalar (s'ezdlar) o'rniga yangilarini qurganda, bir transport turining boshqasi bilan almashtirganda boshqa turdagi ochuvchi kon laximi o'tilganda va h.k.
    Karyer faoliyatining butun davrida uning chegaraviy chuqurligidagi ish gorizontlarini ochishni ta’minlovchi, ochish sxemasini yaratilishini va o'zgarishining (rivojlanishining) tartibi va ketma-ketligi ochish tizimi deb ataladi. Ochish tizimi, ma’lum konni butun qazib olinishi davrida karyer maydoni muhitida ishchi gorizontlarni ochishda qo'llanilgan aniq ochish usullari yoki usullar kombinatsiyalari majmuini yoki yig'indisini xarakterlaydi.
    Ochish usullari, sxemalari va tizimlari variantlari umumiy holda ochuvchi laximlar hajmi va turi, ularni o'tish va jihozlashga ketgan sarf-xarajatlar, karyerni qurish va alohida gorizontni tayyorlash davomiyligi, tashish masofasi, transport
    bilan bog'liq sarf xarajatlar, laximlardan suv qochirish, quritish va karyerni shamollatish maqsadlarida foydalanish, ba’zi hollarda esa, konni o'rganish yoki karyerni yer osti qazuv ishlariga tayyorlash kabi omillar bilan baholanadi.

    Download 125,27 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 125,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Karyer maydonini ochish reja: Karyer maydonini ochishning mohiyati Ochiq kon lahimlari va ularning qo’Uamlishi

    Download 125,27 Kb.