|
Karyer maydonini ochish reja: Karyer maydonini ochishning mohiyati Ochiq kon lahimlari va ularning qo’Uamlishi
|
bet | 2/6 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 125,27 Kb. | | #133865 |
Bog'liq KARYER MAYDONINI OCHISHKapital transheyalar - qiya ochiq kon lahimlari va ular ishchi gorizontlami ochish uchul qo’llaniladi. Maydonning relyefidan kelib chiqqan holda kapital transheya trapetsiya ko’rinishida ko’ndalang kesimli yoki to’g’ri bo’lmagan uchburchaksimon bo’lishi mumkin (to’rtburchak). Kapital transheyalar uzoq vaqt xizmat qiladi va ularda transport aloqalarini joylashtirish uchun mo’ljallanadi. Kapital transheyaning asosiy elementlariga uning asosining kengligi Вкт , chuqurligi Нкт, bo’ylama qiyaligi iKт, bortlar qiyalik burchaklari ак т, rejadagi uzunligi LKт va qurilish hajmi Укт kiradi (9.2-rasm.).
2-rasm.. Kapital transheyaning umumiy ko’rinishi (a) va rejasi (b)
Kapital transheya asosining kengligi tanlanadigan transport vositasiga ko’ra yoki uni o’tish usuliga ko’ra aniqlanadi. Kapital transheya asosining minimal o’lchami transport vositalarining ko’ndalang kesimiga, transport vositalari orasidagi xavfsiz masofaga, maydonlarning ko’ndalang o’lchamlariga, ariqlar va boshqa transport aloqa vositalari o’lchamlariga mos bo’lishi kerak. Bu ko’rsatkich transheyani belgilangan texnologik sxema va foydalaniladigan uskunalarga mos holda o’tishni ta’minlashi kerak (6.8 -bo’lim).
Kapital transheyaning chuqurligi kapital transheyaning ust qismi (yer yuzasida transheyaning boshlanish joyi) va ochuvchi ishchi gorizont orasidagi ayirmasiga teng bo’lishi kerak. Bitta pog’onani ochishda kapital transheyaning chuqurligi ochuvchi pog’onaning balandligiga teng bo’lishi kerak.
Kapital transheyaning bo’ylama qiyaligi qo’llaniladigan karyer transportiga ko’ra tanlanadi. Bo’ylama qiyaligiga ko’ra kapital transheyalar qiya va tik qiya bo’ladi (9.1-jadv.).
Transheyalar
|
Transport
|
Kapital transheyaning bo’ylama qiyaligi, %o
|
Ko’tarilishda
|
Tushishda
|
Qiya
|
Elektr tortishli temiryo’l
Huddi o’shi motorli vagonli
|
25-40
40-60
|
25-60
80-120
|
Tik qiya
|
Avtomobil
Tortgichlar bilan
chiqarish
Konveyer
Kletli
Skipli
|
60-100
120-250
250-330
250-500
500-1000
|
80-120
| Kapital transheyalarning borti qiyalik burchagi uning ishlash davri, tog’ jinsining fizik-texnik xususiyatlariga, ularning namlanganlik darajasiga ko’ra tanlanadi. Bu ko’rsatkich uning bortlarining turg’unligini ta’minlashi kerak. Kapital transheyalarning uzoq vaqt xizmatida yumshatilgan va yarim qoyasimon tog’ jinslarida o’tilgan kapital transheyalarda uning qiyalik burchagi tog’ jinslarining tabiiy yotish burchagidan ko’p bo’lmasligi kerak. Qoyasimon tog’ jinslarida bu ko’rsatkich 50-60° bo’ladi.
|
| |