Reja: Yuqori kuchlanishli o`chirgichlarning qo`llanilishi




Download 108.75 Kb.
Sana11.03.2024
Hajmi108.75 Kb.
#170204
Bog'liq
shoh montaj
Mavzu Bemorlarni fiziologik chaqiruvlarini hamshiralik parvaris, Shohrux kte 2, 2621, Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi, Internet sayt malumot, 1701161080 (1), 1702150439, Habit tracker Rev U02 (orange), Щзбекистон Республикаси Олий ва щрта махсус таoлим-fayllar.org, HISOBOT yuzi., бетлик

Mavzu: Yuqori kuchlanishli o`chirgichlar.
Reja:
1.Yuqori kuchlanishli o`chirgichlarning qo`llanilishi.
2. Yuqori kuchlanishli o`chirgichlarning yoy so`ndirish usullari.
3.Yuqori kuchlanishli o`chirgichlar turlari.
Yuqori kuchlanishli o‘zgaruvchan tok uzgichlari Yuqori kuchlanishli uzgichlar ishchi va shikastlanish hamda avariya toklarini tezkorlik bilan uzish va ulash uchun xizmat qiladi. Elektr stansiya va podstansiyalarda qo‘llanadigan elektr jihozlari va qurilmalari orasida qo‘llanadigan eng zaruriy jihoz — bu uzgich (включатель) bo‘lib, uning samarali ishidan elektr ta’minotining uzluksizligi va puxtaligi to‘la bog‘liq bo‘lib qoladi. Yuqori kuchlanishli uzgichlar o‘zgaruvchan tok zanjirlarining ekspluatatsiya sharoitidagi har xil rejimlarda kommutatsiyalash uchun, ya’ni nominal qisqa tutashish, salt ishlash toklarini, shuningdek, kondensator batareyalari, uzun elektr uzatish yo‘li toklarini ulash, o‘chirish kabi vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan. Uzgich ishlarining eng og‘ir sharoitlari qisqa tutashuv toklarini ulash va uzish davriga to‘g‘ri keladi. Uzgichlarga qo‘yiIadigan talablar. Yuqori kuchlanishli uzgichlar uchun quyidagi talablar qo‘yiladi: har qanday toklarni ishonchli uzish va ulash; uzish vaqtining kichikligi; tez ishlovchi avtomatik qayta ulash (АПВ — автоматическое повторное включенье) tizimida ishlashni ta’minlay olishi; ishlash puxtaligi; atrof-muhit uchun xavfsizlik; harakat-ishlash tezligi; kichik o'lchamlar va vaznga ega bo‘lishi; nazoratining yengilligi va montaj ishlarining soddaligi; foydalanishda shovqin-suron bo‘lmasligi; portlash va yong‘in xavfsizligi; 110 kV va undan yuqori kuchlanish uzgichlarini faza bo‘yicha boshqarish imkoniyati; transportda tashish qulayligi; nisbatan yuqori bo‘lmagan narxi. 0 ‘rnatilish joyiga ko‘ra, uzgichlar ichkariga va tashqariga o‘rnatiladigan hamda komplekt taqsimlash qurilmalari uchun ishlab chiqariladi. Hozirda mavjud bo‘lgan uzgichlar bu talablarga to‘la yoki chala javob beradi. Bu sohada ilmiy-texnologik va loyiha ishlari olib borish davom etmoqda. Uzgichlar tasnifi. Uzgichlar tasnifi quyidagi belgilar orqali tuziladi: o ‘rnatiladigan joyga qarab: ochiq havoda o‘rnatilganda (1- kategoriya, ya’ni tashqi o‘rnatuv); ichki binolarda (3- va 4-kategoriyalar); KRU metall qobiqda imorat ichida (3- va 4-kategoriyalar); ochiq havo-palatka, ayvon, kuzov, pritsep va boshqalarda ( 2- kategoriya). Uzgichlar tuzilishi va tsiri. Yuqori kuchlanishli uzgichlar quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi: korpus yoki g‘ilof-bak; kirma izolator chiqishlar; kontaktlar tizimi; yoy so‘ndirish qurilmasi; yoy so‘ndirish muhiti (havo, moy, siqilgan gaz-elegaz, vakuum); uzgichning yuritmasi (qo‘lda, havoli, solenoidli). Uzgichlar elektr yoyining uzgich muhitga qarab: moyli, havoli, elegazli, elektromagnitli va vakuumli bo‘ladi. Uzgichlarning qutblar orasidagi aloqa konstruksiyasiga qarab: bir qutbli; uch qutbli; uchta qutb umumiy g‘ilofda; uchta qutb uchta alohida-alohida g‘iloflarda joylashadi. Uzgichlarning yuritmasiga qarab: alohida yuritmali, ya’ni uzgich mexanik qismi bilan uzviy bog'langan va o‘rnatilgan yuritmali, bunda yuritma uzgichning ajralmas qismi qilib yasalgan. Har bir turdagi uzgich bajaradigan ishi bo‘yicha generatorli, tarmoqli va podstansiyali bo'lishi mumkin. Generatorli uzgichlar katta qiymatdagi nominal toklar va kichik kuchlanishlarda katta tok uzilishi bilan tavsiflanadi. Tarmoqlari kichik qiymatli nominal tok nisbatan yuqori kuchlanishlar bilan aniqlansa, podstansiyalari — eng yuqori kuchlanishlari, uzgich uzish qobiliyatining tezkorligi va avtomatik rostlash qurilmasi (АРУ) borligi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, uzgichlar fazalar soni, yuritma turi, rezistor va kondensator bor-yo‘qligi va boshqalar bilan farqlanadi. Uzgich ulangan holatda uning kontaktlari qisqa tutashuv toklariga chidamli bo‘lishi shart. Issiqlikka chidash (термическая стойкость) toki (IT) nominal kuchlanish t/nOm /nom. Elektrodinamik ta’sirga chidash toki Ла= 1,8 /„от ga teng. Bu toklar pnevmatik yuritgichlarda bosim 0,85+l,05-PnOm 86 hamda elektromagnit yuritgichlarda kuchlanish 0,85+1,1-t/nom bo‘lgandagina ta’minlanadi. Uzgichning to‘Ia o ‘chirish vaqti (время полного отключения) to deganda uzishga buyruq berilgan vaqtdan boshlab, uchala fazalarda elektr yoyining to‘la o ‘chirilishiga ketgan vaqt oralig‘i tushuniladi. Katta 80+100 kA tokli uzgichlar ikki bosqichda o ‘chiriladi. Birinchi bosqichda o ‘chiriluvchi tok shuntlangan rezistrlardan o‘tuvchi tok miqdorigacha kamaytirilsa, ikkinchi bosqichda to‘la o'chiriladi. To‘la o‘chirish vaqti to — toi+to2 (3.1) ga tengdir. Nominal kuchlanish Unom = 110+220 kV bo‘lganda to= 0,04+0,08 s ga teng bo‘lsa, Unom 35 kV da esa to — 0,1+0,2 s ga teng qilinadi. Uzgichning ulash vaqti (время включения) /vid ulashga buyruq berilgan vaqtdan boshlab, uchala fazalar zanjirini tutashtirishga ketgan vaqt hisoblanadi. 0 ‘chirish vaqti pnevmatik yuritkichli uzgich uchun 0,25 s va elektromagnit yuritkichli uzgich uchun 1 s. Uzgichning ishonchliiigi bilan butun enegetika tizimning ishonchliligi ta’minlanadi. Uzgichning ishonchliiigi (отказ отключателя) deganda uning asosiy vazifasini bajarolmay qolishi, jum ladan, o‘chirish va ulash vazifalarini bajarmay qolish, uning izolatsiyasining ishdan chiqishi, tok o ‘tuvchi zanjirning nosozligi, ishchi tokning o‘cha olmasligi, elektr yoyining o‘chirilmasligi tushuniladi. Bunday uzgich foydalanishdan chetlashtiriladi. Uzgichning kichik nosozligi aniqlansa, u hali ishlashini davom ettirishi mumkin va keyinroq, birinchi imkoniyatdayoq nosozlik tuzattiriladi. Uzgich ishonchliligining mezoni buzilmay ishlash ehtimoli yoki uni ishdan chiqishi bilan belgilanadi hamda foydalanishdan olingan statistik ma’lumotlar asosida umumlashtiriladi. Uzgich jihozlarining mexanizmlarini sinishi sababli 70% va izolatsiya ishdan chiqishidan 10% va boshqa sabablardan 20% uzgich ishdan chiqadi. Uzgich Unom 35 kV va I = 8 kA da 2000 marta hamda Unom = 110 220 kV bo'Iganda 1000 marta ishlashga chidaydi. Uzgich tanlash. Uzgichlar tanlashda quyidagi shartlar bajarilishi kerak: elektr zanjiriga o‘rnatish kuchlanishi t/U uzgichning nominal 87 kuchlanishi Uu.nom dan kichikroq bo‘lishi kerak hamda o‘rnatilayotgan elektr zanjirining maksimal ishlash toki Tish.mak uzgichning nominal elektr toki /„on, dan kichikroq bo‘lishi kerak: £(i:n — ^/l.nom1 £4h.mak~ ^Xuiom" (3.2) 0 ‘zgaruvchan tokli yuqori kuchlanish uzgichlar quyidagi guruhlarga bolinadi: havo uzgichlari; moyli uzgichlar; elegazli uzgichlar va vakuumli uzgichlar. 3.3. Havo uzgichlari Havo uzgichlarda elektr yoyi siqilgan havo oqimi yordamida so‘ndiriladi. Tok o'kazuvchi qismlarning izolatsiyasi esa chinni, shisha, polimer yoki boshqa qattiq izolatsiyalovchi materiallar qo‘llab bajariladi. Havo uzgichlarining afzalliklari: yong‘in va portlashga xavfsiz, tez ishlashi, yuqori uzish qobiliyatiga egaligi, tez ishlovchi avtomatik qayta ulash (АПВ) ni amalga oshira olishi, yoy so‘ndiruvchi kontaktlarning kam yeyilishi, tashqariga va ichkariga o‘rnatishga yaroqliligi, tannarxining nisbatan arzonligi, ta’mirlash qulayligidadir. Havo uzgichlarning kamchiliklari: kompressor qurilmasi bo‘lishining zarurligi, qator detal va qismlar konstruksiyasining murakkabligi, qimmatliligi. Havo uzgichlarida elektr yoyi maxsus yoy o‘chiruvchi qurilma (ДУ — дугогасительные устройства)larda o‘chiriladi. ДУ1аг ichida yoy ustuniga katta tezlik bilan harakatlanuvchi havo oqimi bilan purkab, yoy o‘chiriladi.
Ushbu rasmda 110 kV kuchlashga mo‘ljallangan ajratkichli havo uzgichining umumiy ko‘rinishi keltirilgan. Jihozning tagida boshqaruv qutisi (6), siqilgan havo to‘ldirilgan g‘ilof-bak (7) o‘rnatilgan. Uzgich tashqi ochiq rezistiv bo‘lgich (5) ga ega. Uzgichda ikkita yoy o‘chirish qurilmasi (1) va ajratkich pichoq (3) bo‘lib, ular chinni izolator (4) ga o‘rnatilgan va izolator (2) yordamida yerdan izolatsiyalangan. Izolator (2) ning ichida yoy o‘chirish qurilmasini siqilgan havo bilan ta’minlovchi asosiy havo uzatkichi va ajratkich pichoq (3) ning harakatini ta’minlovchi yordamchi havo uzatkichi joylashtirilgan. Yoy o‘chirishni sifatli bajarish uchun yoy o'chirish qurilmasida o‘rnatilgan kontakt (4) lar oralig‘ining uzunligi optimal miqdorda olinadi. Bu oralm tiklanuvchi kuchlanishni ushlab qolishga ojiz bo‘lib, kontakt (4) zanjiri uzilgach, ajratkich pichoq (3) ham zarur elektr mustahkamlikni ta’minlovchi masofaga ko‘tariladi. Shundan so‘ng kontakt (4) qayta ulanadi. Uzgichning ulanishi ajratkich pichoq (3) yordamida bajariladi. Uzgichga kuchlanish kontakt (8) orqali kirib, kontakt (9) orqali chiqib ketadi. Tashqi ochiq havoda ishlovchi uzgichlar yomg‘ir, qor va muzlash kabi tabiat sharoitlarida ishonchsiz ishlashi sababli zarur boMganda yopiq jihozlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.


ushbu rasmda kuchlanishi 110 kV bo‘lgan yopiq havo uzgichining umumiy ko‘rinishi keltirilgan. Jihozning nominal toki 2000 A, o‘chirish toki 31,5 kA, to‘la o‘chirish vaqti 0,06 soniya, to‘la ulash vaqti 0,2 soniya, nominal bosim 2,0 MPa. Jihozning tagida boshqaruv qutisi (1) va siqilgan havo to‘ldirilgan yordamchi g‘ilof-bak o‘rnatilgan. Asosiy po‘lat g‘ilof-bak (3) tayanch izolatori (2) ning ustiga joylashtirilgan. Asosiy g‘ilof-bak (3) ning ichida ikki juft uzish kontaktlari va ikkita shuntlovchi rezistorlar o‘rnatilgan. Jihozning kirish va chiqish polynslari chinni pokrishkalar (4) yordamida o'rnatib qo‘yilgan. Pokrishkalar (4) ichida epoksiddan yasalgan kirma izolatorlar joylashtirilgan. Juft kontaktlar orasida kuchlanishni teng taqsimlash uchun kondensatorlar (5) dan foydalanilgan. A2-b rasmda jihozning elektr sxemasi keltirilgan. Uzgichda nominal tok va qisqa tutashuv toklari asosiy kontaktlar (6) dan o‘tadi. Asosiy kontaktlar (6) ga parallel ravishda yordamchi kontaktlar (7) o‘rnatilgan. Yordamchi kontaktlar (7) shuntlovchi rezistorlar (8) bilan ta’minlangan. Shuntlovchi rezistor (8) qarshiligi 2x200 Om dan tuzilgan. Oradan 0,03+0,035 soniya o‘tgach, kontaktlar (7) ham uziladi. Bunda uzish tokining qiymati rezistor (8) ning qarshiligi bilan belgilanadi va kichikroq tok o‘chiriladi. Tokning bunday ikki bosqichli o‘chirilishi jihoz ishini o‘chiriluvchi zanjirda kuchlanish tiklanishi bilan bogManishdan holi qiladi. 0 ‘chirishga o‘chirish buyrug‘i berilgach, awalo, kontaktlar (6) uziladi va hosil bo‘lgan elektr yoyi havo oqimi bilan puflab o‘chiriladi. Moyli uzgichlar Moy to ‘ldirilgan g‘ilof-bakli uzgichlarda moy elektr yoyini so‘ndirish va tok o‘tkazuvchi qismlarni izolatsiya qilish uchun xizmat qiladi. 10 kV kuchlanishgacha va 35 kV gacha bo‘lgan uzgichlarning ba’zi turlarida uzgichlarning barcha fazalari bitta g‘ilof-bakka joylashtiriladi, kattaroq kuchlanishlarda har bir faza uchun alohida g‘ilof-bak ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Moy to‘ldirilgan g‘ilof-bakli uzgichlar yoy so‘ndirish qurilmalarining ishlash prinsipi bo‘yicha 3 ta guruhga bo‘linadi: — avtopuflashli, bunda gazning yuqori bosimi va katta harakat tezligi yoyning energiyasi yordamida hosil qilinadi; — majburiy moyli puflashli, bunda kontaktlarning ajralish joyiga gidravlik mexanizm yordamida moy haydab beriladi; — moyda magnitli so‘ndirish, bunda elektr yoyi magnit maydon ta’sirida tor tirqishlarga tortilib so‘ndiriladi. Moyli uzgichlarning afzalliklari: konstruksiyasi sodda, yuqori uzish qobiliyatiga ega, tashqariga o'rnatishga yaroqli. Moyli uzgichlarning kamchiliklari: yong‘in va portlashga xavfli, moy darajasini doimiy nazorat qilib turish kerakligi, katta moy zaxirasining zarurligi, metall sarfining kattaligi, katta og‘irlikka egaligi hamda tashish, montaj qilish, ta’mirlash va sozlashning noqulayligi. Kuchlanishi 6 kV dan 220 kV gacha bo‘lgan energetika tizimlarida, asosan, moyli uzgichlardan foydalaniladi. Ular ikki asosiy guruhga bo‘linadi: transformator moyi elektr yoyini o ‘chirish hamda zarur izolatsiyani ta ’minlovchi omil; transformator moyi faqat elektr yoyining o ‘chirishni ta’minlovchi omil, ya’ni kam moyli uzgich. Moy uzgichlari tuzilishi bo‘yicha katta va kichik turiga bo‘linadi. Katta hajmli yoki yon tomonli moy uzgichlarida moy gaz generatsiya qiluvchi muhit xizmatini qilib, shu bilan birga o'chirilgan holatida turg‘un va harakatchan kontaktlami yerlangan metall g‘ilofkorpusdan izolatsiyalovchi muhit xizmatini qiladi. Bunday uzgichlar 110 kV va 220 kV tashqi taqsimlovchi qurilmalari RU larda q o‘llaniladi. Jumladan , U- 110-2000 - 4 0 uzgichi nom inal kuchlanishi £/nom =110 kV, nominal o ‘tish toki Inom=2000A. Kam moyli uzgichlarda moy faqat gaz generatsiya qiluvchi muhit xizmatini bajaradi. Turg‘un va harakatchan kontaktlarni bir-biridan hamda yerlangan metall g‘ilof-korpusdan izolatsiyalash uchun qattiq izolatsiyalovchi materiallar: stekloplastik, tekstolit, chinni, shisha va boshqalardan foydalaniladi. Kam moyli uzgichlar yopiq va ochiq taqsimlash qurilmalarida keng tarqalgan. Moy bu uzgichlarda, asosan, yoy so‘ndirish muhiti sifatida xizmat qilib, ajratilgan kontaktlarni qisman izolatsiyalash uchun ham ishlatiladi. Kam moyli uzgichlarning afzalliklari: moy hajmining kamligi, nisbatan kichik og‘irlikka egaligi, turli xil kuchlanishlarga ishlab chiqarish imkoniyati borligi. Kam moyli uzgichlar kamchliklari: yong‘in va portlashga xavfliligi, tez ishlovchi avtomatik qayta ulash (АПВ) tashkil etib bo‘lmasligi, moyni tez-tez nazorat qilib, uni almashtirib turish zarurligi, nisbatan kichik tokni uzish qobiliyatiga egaligi. Vakuumli uzgichlar Vakiramli uzgichlarning afzalliklari quyidagilardir: nominal toklar va qisqa tutashuv toklarini komutatsiya qilishda kontaktlarning yuqori ishqalanib yemirilishiga chidamliligi; elektr yoyidan keyingi elektr chidamliligining katta tezlikda tiklanishi; katta agressiv muhitda ishlaganda ham portlab ketish va o‘t olib ketishga xavfsizligi; atrof muhit harorati katta oraliqda o‘zgarishiga chidamliligi (—70°C dan +200°C gacha); elektr apparatlarda vakuumli uzgichni xohlagan holatda, ya’ni tik-vertikal, yotiq-gorizontal, og‘ma burchakli, o'rnatish mumkinlik imkoni; juda katta tezlikda ishlashi, chunki harakatdagi kontaktning yurish masofasi kichik, ya’ni bir necha mm ekanligi va harakat qiluvchi qismlar massasining kichikligi yoki harakat massa inersiyasining kichikligi; ekspluatatsiyada kapital xizmat ko‘rsatish va ekspluatatsiya xarajatlarining kamayishi; atrof muhitni ifloslashning umuman yo‘qligi hamda shovqinsiz ishlashi. 0‘rtacha kuchlanishda ishlaydigan vakuum uzgichlarini ishlab chiqarish miqdori uzgichlarning umumiy soniga nisbatan Yaponiyada 50+60% ni, Buyuk Britaniyada 30+40% ni, AQSHda 20+30% ni tashkil qilib, tezda o‘sib borish ehtimoli katta.Vakuumli kommutatsion jihozning boshqalaridan farqi shundaki, vakuumda yoy kichik toklarda um um an yonmaydi. Bu kichiklik m a’lum bir chegaraviy qiymatgacha bo‘ladi. U, asosan, kontakt materialiga bog‘liqdir. Vakuumli uzgich yuritgichiga quyidagi shartlar qo‘yiladi: ulash jarayonida harakatlanuvchi kontaktning o‘rtacha tezligi v = 0,5+1,5 m/s bo'lishi; o‘chirish jarayonida v = 0,8+3,8 m /s bo‘lishi; o‘tuvchi tok miqdori 40—100 kA bo‘lganda elektrodlardagi kontakt bosimi 1000+4000 N bo‘lishi talab qilinadi. ВВ/T E L turiga tegishli vakuumli uzgich qutbning kesimi o'chirilgan holatda tasvirlangan. rasmda ВВ/TEL turiga tegishli vakuumli uzgichining tashqi ko'rinishi keltirilgan . Vakuumli uzgich KV-1,14 (kontaktor)ning tok himoyasida mikroprotsessor boshqaruvli bloki mavjud bo‘lib, o‘zgaruvchan tok zanjirini o‘chirib-yoqishga, ya’ni kommutatsiyalashga mo‘ljalalangan. Zanjirning nominal kuchlanish miqdori 140 V bo‘lishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar.


1.Аллаев K.P. Энергетика Узбекистана и мира.
2.АллаевK.P. Режим электрических систем с асинхронными турбо генераторами.
3. Аллаев К.Р. Энергетика мира и Узбекистана.
4.РожковаЛ.Д.Карнеева Л.К.Чиркова Т.В. Электрооборудование электрических станций и подстанций.
5. Правила устройства электроустановок.
Download 108.75 Kb.




Download 108.75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Yuqori kuchlanishli o`chirgichlarning qo`llanilishi

Download 108.75 Kb.