• Rektor v.v.b. A.Safarov
  • Loyiha O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 50.75 Kb.
    bet1/11
    Sana15.12.2023
    Hajmi50.75 Kb.
    #119995
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Mavzu Bemorlarni fiziologik chaqiruvlarini hamshiralik parvaris, Shohrux kte 2, 2621, Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi, Internet sayt malumot, 1701161080 (1), Habit tracker Rev U02 (orange), Щзбекистон Республикаси Олий ва щрта махсус таoлим-fayllar.org, HISOBOT yuzi., shoh montaj, бетлик

    Loyiha


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    O‘ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI


    2023-yil “__” -fevral -ij Samarqand sh.
    Institutda professor-o‘qituvchilar faoliyatini 110 ballik baholash tizimini joriy etish to‘g‘risidagi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi “Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 20-son Qarori, institutning 2023-yilda taʼlim sifatini oshirish hamda ijtimoiy-maʼnaviy muhitini yaxshilash bo‘yicha “YO‘L XАRITАSI”dagi vazifalar ijrosini taʼminlash hamda institut Kengashining 2023-yil 27-yanvardagi 4-sonli yig‘ilishi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida




    BUYURAMAN:

    1. Institutda ta’lim sifatini, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilar faoliyatini 110 ballik baholash tizimi (KPI) joriy etilsin.


    2. 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab professor-o‘qituvchilar faoliyatini 110 ballik baholash mezonlari 1-ilovaga muvofiq, professor-o‘qituvchilar faoliyatini 110 ballik tizim asosida baholash mexanizmi 2-ilovaga muvofiq, ochiq mashg‘ulotlar tahlili varaqasi 3-ilovaga muvofiq, professor-o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha Institut Komissiyasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    3. Institutda 2022/2023-o‘quv yilida asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilarning faoliyatini 110 ballik tizimda baholashda eng kam (minimal) ball ko‘rsatkichi 40 ball (ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, lavozimi va shtat birligidan qatʼiy nazar) qilib belgilansin. Ushbu ko‘rsatkichdan past ball to‘plagan va keyinchalik ishga qabul qilingan professor-o‘qituvchilarning real ishlagan davri uchun tegishli nisbatdan kamaytirib hisoblash natijasiga ko‘ra past ball to‘plagan professor-o‘qituvchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o‘rnatilgan tartibda bekor qilinishi hamda 55-70 ballgacha to‘plagan professor-o‘qituvchilarni oylik ish haqi miqdorining yarim (0,5) barobari, 70 balldan yuqori to‘plagan professor-o‘qituvchilarni oylik ish haqi miqdorining bir (1,0) barobari, 75 balldan yuqori to‘plagan professor-o‘qituvchilarni kafedra mudirlari tomonidan Institut Kengashida taqdimot qilish sharti bilan kengash aʼzolari xulosasiga ko‘ra oylik ish haqi miqdorining bir yarim (1,5) barobari miqdorida bir martalik, professor-o‘qituvchilari faoliyatini 110 ballik baholash natijalariga ko‘ra o‘rtacha ball (50 balldan ortiq)ning eng yuqori natijasini qayd etgan bir nafar kafedra mudiri va bir nafar fakultet dekanini oylik ish haqi miqdorining yarim (0,5) barobari miqdorida bir martalik rag‘batlantirish belgilab qo‘yilsin.
    4. 110 ballik tizim asosida baholash jarayonida soxta, chalg‘ituvchi, plagiat va asossiz maʼlumotlarni taqdim etgan professor-o‘qituvchilarning umumiy ballidan taqdim etilgan maʼlumot uchun belgilangan miqdorga tenglashtirilgan ball olib tashlanishi hamda qonunchilikda ko‘rsatilgan jazo choralari ko‘rilishi belgilab qo‘yilsin.
    5. Institut professor-o‘qituvchilarning faoliyatini baholashda eng kam (minimal) ball ko‘rsatkichi o‘quv yili davomida 10 kalendar oyi uchun 100 % nisbatdan kelib chiqib, keyinchalik ishga qabul qilingan professor-o‘qituvchilarning real ishlagan davri uchun tegishli nisbatdan kamaytirib hisoblanishi belgilab qo‘yilsin.
    6. Raqamli taʼlim texnologiyalari markazi rahbari, Taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘iga:
    6.1. Professor-o‘qituvchilar faoliyatini 110 ballik tizim asosida baholashni xolis, shaffof hamda maʼlumotlarni tezkor ravishda almashish va tayyorlash maqsadida ishlab chiqilgan “Professor-o‘qituvchilar faoliyatini 110 ballik tizim asosida baholashni onlayn tarzda amalga oshiruvchi elektron platforma”si https://kpi.uzfi.uz internet adresida yaratilsin (muddat: 2023-yil, 30-yanvar);
    7. Raqamli taʼlim texnologiyalari markazi boshlig’iga:
    7.1. “Professor-o‘qituvchilar faoliyatini 110 ballik tizim asosida baholashni onlayn tarzda amalga oshiruvchi elektron platforma” ni takliflar asosida takomillashgan versiyasini fevral oyi Institut Kengashida taqdimot qilish vazifasi yuklatilsin;
    8. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (K.Kuliyev), soha prorektorlari (Z.Mo‘minova, I.Rahmonov), Taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, fakultet dekanlari, kafedra mudirlariga:
    8.1. Professor-o‘qituvchilar faoliyatini amaldagi pedagog xodimlar faoliyatini o‘rganish mezonlariga va hisoblash uslubiyoti asosida o‘z vaqtida hamda sifatli baholanishini, ushbu jarayon uzluksiz monitoringi yuritilishini taʼminlash vazifasi yuklatilsin (Muddat: o‘quv yili davomida);
    9. Ushbu buyruqni barcha mas’ullar va fakultetlarga o‘rnatilgan tartibda yetkazish devonxona mudiri O.Mamatqulov zimmasiga yuklatilsin.
    5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

    Rektor v.v.b. A.Safarov





    Download 50.75 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 50.75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Loyiha O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 50.75 Kb.