• 2022/2023-o‘quv yilida professor-o‘qituvchilar faoliyatini 110 ballik tizim asosida baholash MEXАNIZMI
  • Loyiha O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 50,75 Kb.
    bet9/11
    Sana15.12.2023
    Hajmi50,75 Kb.
    #119995
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Mavzu Bemorlarni fiziologik chaqiruvlarini hamshiralik parvaris, Shohrux kte 2, 2621, Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi, Internet sayt malumot, 1701161080 (1), Habit tracker Rev U02 (orange), Щзбекистон Республикаси Олий ва щрта махсус таoлим-fayllar.org, HISOBOT yuzi., shoh montaj, бетлик
    JАMI (eng ko‘p ball – 110)

    110









    Institut rektorining
    2023-yil ___ fevraldagi
    ____ raqamli buyrug‘iga 2-ilova
    O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti
    2022/2023-o‘quv yilida professor-o‘qituvchilar faoliyatini
    110 ballik tizim asosida baholash
    MEXАNIZMI



    1. Professor-o‘qituvchilar faoliyatini 110 ballik tizim asosida baholash onlayn elektron platforma (https://kpi.uzfi.uz) orqali quyidagi tartib va muddatlarda amalga oshiriladi:

    2. Professor-o‘qituvchilar tomonidan materiallarini elektron ko‘rinishda shaxsiy kabinetiga kiritish va o‘z-o‘zini baholab borish (muddat: 2023-yil 1-iyun);

    3. Soha prorektorlari tomonidan qo‘yilgan baholarning asosli ekanligini nazorat qilishi va baholashi (muddat: 2023-yil 10-iyun);

    4. Taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan yakuniy natijalarni tahlil qilish (muddat: 2023-yil 15-iyun);

    5. Yakuniy baholash natijalari qaydnomalarini muhokama qilish uchun kafedra mudirlariga taqdim etish (muddat: 2023-yil 20-iyun);

    6. Istisno tariqasida professor-o‘qituvchilar 1-iyunga qadar alohida olingan natijalarni Institut komissiyasiga taqdim etish (muddat: 2023-yil 22-iyunga qadar);

    7. Professor-o‘qituvchilar faoliyatini 110 ballik tizim asosida baholash bo‘yicha yakuniy natijalarni umumlashtirgan holda Institut Kengashiga taqdim etish (muddat: 2022-yil 25-iyun).

    8. Fakultet dekanlari va kafedra mudirlari asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar tomonidan elektron platforma (https://kpi.uzfi.uz)ga resurslarning o‘z vaqtida to‘liq joylanishini nazoratga oladi, elektron platformaga joylangan resurslarni fakultet komissiyalari tomonidan baholash ishlarini amalga oshiradi, baholash natijalarini o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib, professor-o‘qituvchilar faoliyatini 110 ballik tizim asosida baholashning yakuniy natijalariga ko‘ra 40 balldan (ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, lavozimi va shtat birligidan qatʼiy nazar), keyinchalik ishga qabul qilingan professor-o‘qituvchilarning real ishlagan davri uchun tegishli nisbatdan kamaytirib hisoblash natijasiga ko‘ra past ball to‘plagan professor-o‘qituvchilarni egallab turgan lavozimiga nomuvofiqligi to‘g‘risidagi tavsiyani kafedra yig‘ilishi va fakultet Kengashlarida muhokama qilib 2023 yil 20 iyun sanasiga qadar yig‘ilish bayonnomalarini Institut komissiyasiga taqdim etadi;

    9. Soha prorektorlari professor-o‘qituvchilar faoliyatini o‘z sohasi bo‘yicha 110 ballik tizim asosida baholash natijalarini obʼektiv monitoring qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘zlariga biriktirilgan fakultetlar Kengashi qarori asosida 110 ballik tizim asosida baholashning yakuniy natijalariga ko‘ra 40 balldan (ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, lavozimi va shtat birligidan qatʼiy nazar), keyinchalik ishga qabul qilingan professor-o‘qituvchilarning real ishlagan davri uchun tegishli nisbatdan kamaytirib hisoblash natijasiga ko‘ra past ball to‘plagan professor-o‘qituvchilarni egallab turgan lavozimiga nomuvofiqligi to‘g‘risidagi tavsiyani asosli o‘rgangan holda maʼlumotlarni Taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limiga 2023-yil 20-iyunda taqdim etadi;

    10. Institut professor-o‘qituvchilari faoliyatini 110 ballik tizim asosida baholash ishlari 2023-yil 1-iyunda (istisno tariqasida professor-o‘qituvchilar 20 iyunga qadar alohida olingan natijalarni Institut komissiyasiga taqdim etishlari mumkin) yakunlanadi hamda Institut komissiyasi professor-o‘qituvchilarni egallab turgan lavozimiga nomuvofiqligi to‘g‘risidagi xulosani Institut Kengashiga qaror qabul qilish uchun tavsiya etadi;

    11. 2023-yil 20-iyundan keyingi olingan natijalar yangi (2023/2024-o‘quv yili) o‘quv yili uchun qabul qilinadi.

    12. Taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i 2022/2023-o‘quv yilida Institut professor-o‘qituvchilari faoliyatini 110 ballik tizim asosida baholash bo‘yicha yakuniy natijalarni umumlashtirgan holda 2023-yil 25-iyungacha Institut Kengashiga taqdim etadi;

    13. Professor-o‘qituvchilar faoliyatini 110 ballik tizim asosida baholash onlayn elektron platforma (https://kpi.uzfi.uz) orqali amalga oshiriladi;



    Download 50,75 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 50,75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Loyiha O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 50,75 Kb.