“UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY
ANJUMANI, MAY 15-16, 2023
195
MAKTAB BOSHQARUVI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA
STRATEGIYA ZARURIY OMIL SIFAFIDA
Xudoyberdiyev Eldor Uktamjonovich
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti maqsadli tayanch doktoranti
xudoyberdiyeveldor1234@gmail.com
(+99899) 526-09-09)
https://doi.org/10.5281/zenodo.7927466
Annotatsiya.
Mazkur maqolada strategiyaning maktab boshqaruvi samaradorligini
oshirishdagi o‘rni, boshqaruv samaradorligining ta’lim sifatiga ta’siri haqida fikr yuritilgan.
Shuningdek, maktabning boshqaruv strategiyasini ishlab chiqishda rahbar tomonidan aniq
maqsadlar qo‘ya olish, tog‘ri qarorlar qabul qilish muhim ahamiyatga ega ekanligi xususida
mulohazlar bildirilgan.
Kalit so‘zlar:
Maktab, ta’lim sifati, samaradorlik, strategiya, rahbar, maqsad, qaror.
Maktab ta’limi sifatini ta’minlashda boshqaruvning ahamiyati muhim ekanligiga xalqaro
hamjamiyat va ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan doim e’tibor qaratiladi. Ta’limi rivojlangan
mamlakatlarda maktab direktorlari davlatning umumiy ta’lim strategiyasidan kelib chiqib,
mustaqil holda jamoa bilan birgalikda sifat samaradorligini oshirishga va maktabning imidjini
ko‘tarishga xizmat qiladigan strategiyani belgilab olishini hamda shu asosida boshqaruvni
amalga oshirishini kuzatish mumkin. Bu boshqaruvning samarali bo‘lishida strategiyaning
muhim ahamiyat kasb etishini bildiradi.
Bugungi kunda maktab ta’limning innovatsion sharoitlarini ishlab chiqadigan joyga
aylanishi zarur. O‘tmishda biz ta’lim sifatini nazorat qilish bilan cheklanardik, kelgusida ta’lim
sifatini ta’minlashimiz kerak [18;42]. Bu esa maktablarda ta’limni strategiya asosida
boshqarishning dolzarbligini ko‘rsatmoqda.
Sifatli, jozibali, raqobatbardosh, mehnat bozori talablariga javob beradigan ta’lim tizimi
uchun ta’limni boshqarish strategiyalarini qo‘llash maktablardagi boshqaruv usularini
rejalashtirish, o‘zgarishlarni bashorat qilishga ta’sir etadi [7;726].
Strategiya “qanday qilib” bu yerdan u yerga borishdir [10]. Strategiya, shuningdek,
“tashkilot intilayotgan maqsadlar va u o‘z maqsadiga erishish uchun boshqaradigan
siyosatlarning kombinatsiyasi” [11] sifatida qaraladi va strategik menejment bu strategiyani
amalga oshirish mexanizmidir [13].
Strategiyani “tashkilotning asosiy uzoq muddatli maqsadlari va vazifalarini belgilash va
harakat yo‘nalishlarini qabul qilish, shuningdek, ushbu maqsadlarga erishish uchun zarur
resurslarni taqsimlash” deb ta’riflash ham mumkin [7;727].
Strategiya “strategos” grekcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “general san’ati” degan ma’noni
anglatadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida ham mazkur atama urish olib borish san’ati, ijtimoiy-
siyosiy kurashga rahbarlik qilish san’ati va ilmi ma’nolarida talqin etilgan. Strategiya so‘zi
bugungi kunda biron-bir faoliyatga rahbarlik qilish, korxona yoki muassasalar faoliyatini
boshqarishda istiqbolni oldindan aniqlash, shuningdek, maqsadga erishish natijalarini avvaldan
bilish va nazorat qilish yo‘nalishida keng qo‘llanilmoqda. Strategiya haqida gap ketganda,
boshqaruv strategiyasi, maxsus strategiya, funksional strategiya, mujassamlashtirilgan strategiya
va diversifikatsiyalashgan strategiya tushunchalariga aniqlik kiritish lozim.
Boshqaruv strategiyasi – ko‘zlangan maqsadlarga erishishda ta’lim muassasasi faoliyatini
takomillashtirish, pedagogik xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish, strategik reja asosida
|